Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


ERITROSITLARNINGCHroAMLILIGI(REZISTENTLIGI)



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318
2 5213200508969289537

ERITROSITLARNINGCHroAMLILIGI(REZISTENTLIGI)
Eritrotsitlarning oqsil-lipoid p o ‘sti m a’lum darajada chidamli bo‘ladi, 
ta’sir qilayotgan belgili bosimga, kuchga bardosh beradi. Ammo ta’sir 
qilayotgan bosim, kuch po‘stning chidamlik m e’yoridan oshib ketsa, bu 
vaqtda u yorilib, eritrotsit parchalanadi. Oqibatda ichidagi gemoglobin 
tashqariga chiqadi. Gemoliz deb shunga aytiladi. Eritrotsitlarning 
chidamligi yaxshi yetilganlarida balandroq, yosh, to‘la yetilmaganlarida 
esa pastroq bo‘ladi. Bundan tashqari, eritrotsitlarning chidamligi ulaming 
shakliga va plazmaning tarkibiga ham bog‘liq. 
Ko‘p hollarda 
eritrotsitlarning osmotik bosimga chidamligi aniqlanadi. Buning uchun 
turli konsentratsiyali gipotonik eritmalardan foydalaniladi. Gap shundaki, 
eritrotsitlarning po‘sti yarim o‘tkazgich parda bo‘lib o ‘zidan metall 
kationlarining o'tkazmaydigan bo‘lgani uchun, ular gipotonik eritmalarga 
solinganda ichiga eritmadan suv kiradi. Bu vaqtda gipotonik eritmaning 
konsentratsiyasi qancha past bo‘lsa, kirayotgan suv miqdori shuncha ko‘p 
bo'ladi. Eritrotsitga kirayotgan suv uning po‘stiga m a’lum bosim bilan 
bosadi. Oqibatda bosim belgili darajada yitgandan keyin p o ‘st yoriladi, 
gemoliz yuz beradi. Odatda turli konsentratsiyali gipotonoik eritmalar 
foydalanib, eritrotsitlarning maksimal va minimal chidamlisi aniqlanadi. 
Qon konsentratsiyasi izotonik eritma konsentratsiyasiga naqadar yaqin
51


bo‘lgan gipotonik eritmada gemolizga uchragan eritrotsitlar minimal 
chidamlikka ega bo‘lgan eritrotsitlar hisoblanadi. Konsentratsiyasi 
izotonik eritma konsentratsiyasidan naqadar past gipotonik eritmada 
gemolizga uchragan eritrotsitlar maksimal chidamlikka ega bo‘lgan 
eritrotsitlardir. Eritrotsitlar chidamliligini aniqlash tibbiiyot va veterinariya 
amaliyotida m a’lum amaliy ahamiyatga ega.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin