ERITROTSITLARNING CHO‘KISH TEZLIGI Stabillashtirilgan, antikoagulyantlar qo‘shib, ivimaydigan holga
keltirilgan qon biror idishga solinib tik turg‘azib qo‘yilsa, bir necha
vaqtdan so‘ng eritrotsitlaming idish tubiga cho‘kib qolganligining guvohi
bo‘lamiz. Eritrotsitlaming cho'kish tezligi asosan plazmaning tarkibiga va
xossalariga bog‘liq. Buni quyidagi misolda ko‘rsak bo‘ladi: tajribalarda
bir erkak kishining eritrotsitlari ikkinchi erkak kishidan olingan
qon
plazmasiga
solib qo‘yilganida bir soatda
8
mm, o ‘sha eritrotsitlar
homilador ayol qon plazmasiga solib qo'yilganida esa 54 mm tezlikda
cho‘kkan. Homilador ayol eritrotsitlari o ‘z plazmasida 45 mm, erkak
kishining qon plazmasida esa atigi 9 mm cho‘kkan. Umuman olganda
eritrotsitlar quyidagi sabablarga ko‘ra cho‘kadi. Birinchidan, eritrotsit
laming solishtirma og‘irligi plazmanikidan balandroq. Ikkinchidan, qon
solingan probirka tik qoldirilganida uning eritrotsitlari agglyutinatsiyaga
uchrab, bir-biri bilan yopishadi. Oqibatda ular vazni oshib, cho‘ka
boshlaydi. Cho‘kayotgan eritrotsitlaming agglyutinatsiyaga uchrashiga
plazmaning globulinlari, kalsiy ionlari sababchi bo‘ladi. Gap shundaki,
odatda, tomirlarda oqayotgan qondagi eritrotsitlaming hammasi bir -
manfiy zaryad bilan zaryadlangan. Shu sababli ular bir-birini itarib harakat
qiladi, natijada, qonda mutloq holda suzib yuradi. Cho‘kayotgan
eritrotsitlar po'stiga globulin oqsillari, ayniqsa, fibrinogen va kalsiy ionlari
o‘tirib qolishi, ulardan ayrimlarining zaryadi o ‘zgarib, musbat bo‘lib
qoladi. Oqibatda qarama-qarshi zaryadlangan eritrotsitlar tezda bir-biriga
yopishib agglyutinatsiyaga uchraydi va tez cho‘kib tusha boshlaydi.
Eritrotsitlaming cho‘kish tezligiga qarab hayvonlar ikki guruhga bo‘linadi:
eritrotsitlari tez cho‘kadigan hayvonlar - bir tuyoqlilar va eritrotsitlari
sekin cho‘kadigan hayvonlar - juft tuyoqlilar. Har qaysi gumhga kiravchi
turli hayvonlarda ham eritrotsitlaming cho'kish tezligini aniqlash uchun
Panchenkov apparati (eritrotsitlari sekin cho‘kuvchilar uchun) va Nevodov
probirkasidan(eritrotsitlari tez cho‘kuvchilar uchun) foydalaniladi.
52