Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


I BOB. QON VA LIMFA TIZIMI FIZIOLOGIYASI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   318
2 5213200508969289537

35


I BOB. QON VA LIMFA TIZIMI FIZIOLOGIYASI
Qon organizmning eng muhim to‘qimalaridan biridir. Qon, limfa va 
to‘qimaliar aro suyuqlik organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. 
Organizmning barcha to‘qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va 
tarkibi nisbatan doimiy bo‘ladigan ana shu suyuqliklaming muhitidagina 
normal yashay oladi.
Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan 
evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo‘q. Ular 
hayoti uchun zarur moddalami hujayra po‘sti orqali oladi, chiqindi 
keraksiz moddalami ham ana shu yo‘l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik 
silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlaming tomirlari ichida 
suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa 
azotli moddalar kam bo‘ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan 
hayvonlarda gemolimfa paydo bo‘ladi. Gemolimfaning tarkibi organik va 
anorganik moddalarga boy bo‘lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib 
tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizg‘ich rang 
beradi. Issiq qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim 
vazifalami bajara oladigan, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan 
suyuq to‘qima - qon paydo bo‘lgan. Qonning organizmdagi ahamiyati u 
bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi vazifalami bajaradi:
1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning bu vazifasi uning turli 
parchalanib so‘rilgan moddalami - oqsillar, aminokislotalar, yog‘lar 
(lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar, suvni organizmning barcha 
hujayra to‘qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va 
to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalami 
(metabolitlami) tegishli chiqaruv ayiruv organlariga tashib keladi.
2. Termoregulyatsiya funksiyasi - ya’ni issiqlik almashinuvida va 
uning boshqarilishida ishtirok etadi. Ma’lumki organizmning turli organ va 
to‘qimalarida moddalar almashinuvining darajasi bir xil emas. Modomiki 
shunday ekan, turli organlarda issiqlik hosil bo‘lushi ham bir xil 
boTmaydi. Qon organizm bo‘ylab doimo harakatda boTib, tegishli 
organlardagi ortiqcha issiqlikni olib boshqalariga beradi. Ortiqchasini esa 
issiqlik uzatadigan organlarga - teri, o‘pka, buyraklar va boshqalarga 
yetkazadi. Shunday qilib, qon 
organizm haroratining mo‘tadilligini, 
doimiyligini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Qon hujayra va to‘qimalar 
uchun fizik-kimyoviy muhitdir. Buning ma’noSi shundaki, qonning fizik- 
kimyoviy ko‘rsatkichlari doimiy bo‘lib juda kam darajada o‘zgaradi. 
Barcha hujayra va to‘qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo‘lgan 
muhitdagina yashay oladilar. Qon muhitning me’yoridan tashqari
36


o‘zgarishi hujayra va to‘qimalardagi jarayonlaming buzilishiga olib keladi. 
Demak gomeostazni, ya’ni hujayra va to‘qimalardagi suv va elektrolitlar 
miqdorini o‘zgarmas holda saqlab turishida qon katta ahamiyatga ega.
3. Qonning himoya funksiyasi. Qondagi leykotsitlar - oq qon 
tanachalari organizmga tushgan turli xil yot jismlar, zararli agentlami 
(mikroorganizmlami) 
o‘rab 
olib po‘stidan 
ajraluvchi 
fermentlari 
yordamida parchalab hazm qilib yuboradilar, bu hodisa fogocitoz deb 
ataladi (1883 yil I.I.Mechnikov kashf etgan). Bundan tashqari qon 
zardobida oqsil tabiatli moddalar - antitanalar mavjud bo‘lib, ular ham 
organizmni turli zararli agentlardan himoya qiladilar. Qonning yana uvish 
xossasi ham bo‘lib u ham himoya vazifasini bajaradi.
4. Qonning ayiruv funksiyasi. Moddalar almashinuvini oraliq, qoldiq 
mahsulotlarini, turli xil bo‘yoqlari, zaharlami ayiruv organlariga tashib 
yetkazib berib, ulardan organizmni tozalaydi.
5. Qonning korellyativ funksiyasi. Turli ichki endokrin bezlaridan va 
to‘qimalardan chiquvchi gormonlar va fiziologik faol moddalar 
(mediatorial) qon orqali turli funksiyalami boshqarishda ishtirok etadi.
Bu funksiyalar qon tomirlarida harakat qilib turganida ijro etiladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin