Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318
2 5213200508969289537

Nervli-gumoralli boshqarilish
Hayvonot dunyosi rivojlanishining ma’lum bosqichlarida asab 
tizimining yuzaga kelishi bilan yangi bog‘lanish va boshqarishning asabli 
(nervli) shakli hosil bo‘ldi. o‘zining rivojlanishi bilan hayvon organizmi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, asab tizimi orqali a’zolaming o‘zaro aloqasini 
ta’minlashda reflektor boshqarilishini roli shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqori 
darajada rivojlangan hayvonlar organizmidagi gumoral boshqarilishni ham 
asab tizimi boshqarib turadi. Asab boshqarilish gumoral boshqarilishdan 
quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: birinchidan aniq organga yoki 
hatto hujayralar guruhiga aniq yo‘nalgan bo‘ladi, ikkinchidan, asab tizimi 
orqali bog‘lanish solishtirib bo‘lmaydigan katta tezlikda, kimyoviy 
moddalar tarqalish tezligidan yuz martagacha yuqori tezlikda bajariladi. 
Yuqori darajada rivojlangan mavjudotlardagi gumoral bog‘liqlikdan asabli 
bog‘liqlikga o‘tishi, gavda hujayralari orasidagi gumoral bog‘liqlik 
yo'qotildi va u nerv bog‘liqlik bilan almashtirildi degani emas, balki 
gumoral bog‘liqliklar asab bilan nazorat qilinishi va nerv-gumoral o‘zaro 
birgalikda ta’sir ko‘rsatuvchi bog‘liqlik yuzaga kelganligidir. A ’zolami 
hujayralari bilan yoki boshqa nerv hujayralari bilan tutashuvchi uchlaridan 
bog‘lanishni ta’minlovchi maxsus moddalar (mediatorlar, elektrolitlar)ning
29


ajratishi aniqlangan va bu mediatorlar gavda suyuqliklariga tushib, 
bevosita asab tizimiga va ixtisoslashgan nerv uchlariga ta’sir ko'rsatadi.
Tirik jonzotlar rivojlanishining keyingi bosqichida maxsus a’zolar -
ya’ni gumoral yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatuvchi - va o‘z navbatida organizmga 
tushgan oziq moddalar hisobiga hosil bo‘luvchi gormonlar ajratuvchi 
bezlar paydo bo‘ldilar. Masalan, adrenalin gormoni buyrakusti bezlarida 
tirozin aminokislotasidan hosil bo'ladi. Bu gumoral boshqarilishdir.
Asab tizimining asosiy funksiyasi — yaxlit holdagi organizmning uni 
o‘rab turuvchi tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini boshqarish va alohida 
organ faoliyatini hamda a’zolar orasidagi bog‘lanishni boshqarish 
hisoblanadi.
Asab tizimi barcha a’zolar faoliyatini faqatgina qo‘zg‘alish to‘lq in lari 
yoki nerv impulslari bilan tezlashtirmay yoki tormozlamay, balki qon, 
limfa, orqa miya va to‘qimalararo suyuqliklarga tushuvchi mediator, 
gormonlar va metabolitlar yoki moddalar almashinuvi mahsulotlari 
yordamida organizmdagi barcha hayotiy jarayonlami nazorat qiladi. Bu 
kimyoviy moddalar a’zolarga va asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday 
qilib, tabiiy sharoitda a’zolar faoliyatini faqatgina nervli boshqarilishidan 
iborat bo‘lmay, balki yana nerv-gumoral boshqarilishi ham mavjuddir.
Asab tizimining qo‘zg‘alishi biokimyoviy tabiatga ega. Asab tizimi 
bo‘ylab, moddalar almashinuvi o‘zgarishining to‘lqinsimon tarqalishi 
kuzatiladi, tarqalish paytida ionlar membranalar orqali tanlab o'tkaziladi, 
natijada nisbatan tinchlik va qo‘zg‘algan holatdagi qismlar orasida 
potensiallar farqi (ayirmasi) hosil bo‘ladi va elektr toki yuzaga keladi. Bu 
toklar biotoklar yoki biopotensiallar deb yuritiladi va asab tizimi bo‘ylab 
tarqaladi.
Asab tizimining tuzilishi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda 
asab tizimi ayrim elementlardan - nerv hujayralari yoki neyronlardan 
tashkil topgan bo‘lib bir-biri bilan tutashgan bo‘ladi. (1-rasm). Qo‘shni 
neyronlaming bir-biri bilan tutashgan joyi sinapslar deb ataladi. Neyronlar 
joylashgan joyi va funksiyasiga qarab turli tuzilishga ega. Ulaming 
o‘xshashligi har bir neyron yadro va tipik oiganoidlami saqlovchi neyron 
tanasidan tashkil topganligi bilan namoyon bo'ladi.
Neyronlar tanasining o‘lchami 4-130 mkm. bitta neyron tanasidagi 
sinapslar soni 100 va undan ham ko‘p, dendritlarda esa ko‘p minggacha 
etadi. Neyronning tanasida bitta yoki bir necha denritlar (uzun o‘simtalar) 
yoki akseklar va ko‘plab tarmoqlanib ketuvchi kalta o‘simtalar - dendritlar 
mavjud. Voyaga yetgan odamda aksekning uzunligi 1-1,5 mkm. gacha 
yetadi, uning yo‘g‘onligi esa 0,025 mm. dan kam. NeyronlaT neyrogliya
30


hujayralarining biriktiruvchi to‘qimalari bilan xuddi qin (futlyar) singari, 
aksekni o‘rab ushlab turadi. Ayrim akseklami neyrogliya hujayralari 
tagida Shvann hujayralari joylashgan, ularda miyelin saqlanib, uning 
laxmli po‘stlog‘ining tashkiliy qismlarini hosil qiladi. Har bir Shvann 
hujayra laxmli po‘stloqda Ranve kesmalar hosil qiladi va qo‘shni Shvann 
hujayrasidan akseklardan tashqari laxmsiz akseklar ham mavjud. 
Neyronning tanasi uning o‘simtalaridagi moddalar almashinuvini 
ta’minlydi. Ya’ni moddalar almashinuvi tufayli biotoklar yordamida 
sinapslarga nerv impulslari o ‘tkaziladi. Sinapslardan qo‘zg‘alish navbat- 
dagi neyronga mediatorlar yordamida o‘tkaziladi. Tana yuzasida va ichki 
a’zolarda akseklar retseptorlar ya’ni ta’sirotchilar ta’sirini qabul qiluvchi 
maxsus hosilalar bilan tutashgan bo‘ladi. Ta’sirlash natijasida yuzaga 
kelgan nerv impulslari markazga intiluvchi akseklar yoki afferent 
neyronlar bilan markaziy tizimga, asab tizimidan markazdan qochuvchi 
akseklar yoki efferent neyronlar orqali nerv impulslari ishchi organga 
o ‘tkaziladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin