NERVLI VA GUMORALLI BOSHQARUVCHI MEXANIZMLAR
Gumoralli yoki suyuqliklar bilan boshqarish. Ko‘p hujayrali
organizmlar hujayralari orasidagi o‘zaro aloqani birinchi eng qadimgi
shakli - organizm suyuqliklariga tushuvchi
moddalar almashinuvining
mahsulotlari
ishtirokidagi
kimyoviy o‘zaro
aloqasidir.
Moddalar
almashinuvining bunday mahsulotlarga yoki metabolitlariga oqsillarning
parchalinishi mahsulotlari, karbonat angidrid gazi va boshqalar kiradi. Bu
ta’siming suyuqliklar orqali berilishi, korrelyatsiyaning gumoralli
mexanizmini yoki a’zolar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlydi.
Suyuqliklar
bilan
bog‘lanish
quyidagi
xususiyatlari
bilan
xarakterlanadi.
Birinchidan, gavdadagi qon yoki boshqa suyuqliklarga
tushuychi kimyoviy moddalaming harakatlanishida aniq manzilgoh yo‘q;
uning ta’siri ma’lum joy uchun chegaralanmagan, shu sababli bu kimyoviy
modda barcha organ va to‘qimalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ikkinchidan, kimyoviy moddalar nisbatan sekin tarqaladi.
Nihoyat,
uchinchidan, u juda kam miqdorda ta’sir ko‘rsatadi
va odatda tez
parchalanadi yoki organizmdan chiqariladi. Gumoral bog‘liqlik, odam,
hayvonot va o‘simliklar dtmyosi uchun umumiydir.
Dostları ilə paylaş: