Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


FIZIOLOGIK JARAYONLARNING SIFAT JIHATIDAN



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   318
2 5213200508969289537

FIZIOLOGIK JARAYONLARNING SIFAT JIHATIDAN
0 ‘ZIGA XOSLIGI
Fimksiyalaming bajarilishida moddalar almashinuvining o‘zgarishi 
natijasida organizmda fizik, ximik va morfologik o‘zgarishlar yuz beradi. 
Tirik organizmdagi fizik-ximik jarayonlar xuddi oTik organizmdagi 
qonuniyatlar 
asosida bajariladi. Shu sababli fiziologiya faqatgina -
biologik fan bo‘lmasdan, balki ma’lum darajada organizmning fizikasi va 
kimyosi hamdir. Lekin, tirik organizmlarda bajarilayotgan jarayonlaming 
sifatiy farqi shundan iboratkim, tirik materiyaning yuqori molekulyar 
organik birikmalarida faqatgina tirik organizmlarga xos bo‘lgan 
favqulodda maxsus qonunlar faoliyat ko‘rsatadi va bular 
fiziologik 
qonunlar deb ataladi. O'lik tabiatdagi fizik va ximik jarayonlardan farqli 
o‘laroq organizmdagi moddalar almashinuvining o‘zgarishini o‘z holiga 
qaytarish mumkin.
Fiziologik funksiyalar bajarilganidan keyin, dastlabki modda o‘lik 
tabiatdagi singari qaytmas darajada parchalanib ketmaydi, balki dastlabki 
va hatto ancha yuqori darajagacha tiklanishi mumkin. Fiziologik 
jarayonlar odatda energiya ajratishi mumkin bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar 
energiyasidan jiddiy darajada katta energiya ajratishi bilan xarakterlanadi. 
Fiziologik jarayonlar qo‘zg‘atish kuchi, joyi va xarakteriga mos kelmaydi. 
Shu bilan birga hujayralaming faol funksiyasi, uning membrana va boshqa 
sitoplazmatik hosilalari, bir tomonlama o‘tkazuvchanlik va parchalanish 
jarayonida yuqori va past molekulali birikmalami sintezlanishida 
kimyoviy moddalardan foydalanuvchi aynan shu organizmga xos bo‘lgan 
oziq-ovqatlar bilan tushishi kerak bo‘lgan katta miqdordagi energiya talab 
qilinadi.
ORGANIZMNING BIR BUTUNLIGI - YAXLITLIGI
Organizm - bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar, a’zolar va 
a’zolar tizimining tuzilishi va funksiyalari jihatidan o‘zaro bog‘langan. 
Har qanday hujayra, to‘qima, a’zolar va a’zolar tizimlari funksiyasi 
moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘z 
navbatida boshqa hujayralar, to‘qimalar, a’zolar va a’zolar tizimida 
moddalar almashinuvi o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu sababli 
organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va a’zolaming funksiyasi 
hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq
26


qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan 
olingan ma’lumotlami - qonuniyatlami bevosita butun organizmga 
o‘tkazish va so‘z yuritish mumkin emas.
Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlami hosil 
bo‘lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va fikrlash kabi funksiyalar 
izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir.
Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan 
odam va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga 
tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga ta’min etiladi. Bu 
moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish 
va ovqat hazm qilish a’zolari orqali tushadi, ulardan qonga o‘tadi, so‘ngra 
ulardan foydalanuvchi a’zolar va to‘qimalarga yetkaziladi.
Organizm va undagi a’zolar mahsulotlar iste’molisiz faoliyat ko‘rsata 
olmaydilar.
Moddalar almashinuvi, a’zolar funksiyasi va organizm xulq-atvoriga 
jiddiy ravishda bog‘liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini, 
shaklinr va uning a’zolari namoyon qiladi. Organizmnig funksiyasi va 
tuzilishi chambarchas bog‘liqdir va ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Lekin 
funksiyalaming birligi va shaklida, funksiya asosiy-boshlovchi rolni 
o‘ynaydi, ya’ni bevosita moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi. 
Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi 
natijasidir. Organizmning, a’zolaming fuknsiyasi nisbatan juda tez 
o‘zgaradi, uning tuzilishi esa aksincha jiddiy darajada sekin o‘zgaradi.
Ayrim a’zolar va funksional tizimlar fiziologiyasi. Turli a’zolardagi 
moddalar almashinuvi o‘xshashlik tomonlaridan tashqari, ulaming 
funksiyalarini xarakterli xususiyatlarini aniqlovchi jiddiy farqlari ham 
mavjud. Bundan tashqari a’zolami tashkil qiluvchi turli to‘qimalaming 
moddalar almashinuvida ham jiddiy farqlar bor.
Har bir organ ma’lum funksiyani bajaradi. Lekin a’zolaming 
mustaqilligi nisbiy, chunki u a’zolar tizimiga kiradi va uning faoliyati 
organizm tomonidan to iig ‘icha boshqariladi. A ’zolar butun hayot 
davomida faoliyat ko‘rsatuvchi doimiy va xususiy rivojlanishni ma’lum 
bosqichida hosil bo‘lib, so‘ngra ma’lum muddatdan keyin yo‘qolib 
ketiradi. A ’zolar ma’lum funksiyalami bajaruvchi tizimlarga birikishadi
masalan, asab, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazmi ajratuvchi va hokazo.
Hayvonlar organizmining tarixiy rivojlanish jarayonida asab tizimi 
muhim ahamiyatga ega, ya’ni bu tizim barcha tizimlar faoliyatini 
birlashtiradi va atrof muhitdagi organizmni xulq-atvorini, uning tashqi 
muhit ta’siriga qarshi kurashini ta’minlab beradi.
27


Organizmning yaxlitligi va uning hayot sharoitlarini ta’minlanish 
jarayonlarida bir necha a’zolar tizimining faoliyati tanlanib birikadilar. 
Bunday vaqtinchalik a’zolar tizimining birikishi - funksional birikish deb 
ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi, harakat apparatlari, 
yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional tizimlar 
a’zolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab o‘zgaruvchan 
turli-tuman funksiyalami bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi.
Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz 
o‘zgamvchan atrof muhitdagi hayotining rivojlanishini ta’minlashda, 
yagona funksiyani bajamvchi yaxlit jonzot bu organizmdir. Bu funksiya 
tashqi sharoitni jiddiy o'zgarishiga qaramasdan, asosan asab tizimi 
ta’sirida ma’lum chegarada o‘zgamvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha 
darajaga qaytuvchi barcha a’zolar, a’zolar tizimi va funksional tizimning 
nisbatan mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki a’zolar funksiyalarini 
nisbatan dinamik doimiyligini va ichki muhitni tashkil qiluvchi 
suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda saqlanishini ta’minlab 
turadi, bu gomeostaz deb ataladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin