QON PLAZMASINING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI
Qonning ahamiyati. Qon va limfa (to‘qima va tomirlardagi)
organizmning ichki muhiti deb yuritiladi. To‘qimalar oralig‘idagi suyuqlik
(limfa)
hujayralami
to‘g‘ridan-to‘g ‘ri
o‘rab
turganligi
sababli,
organizmning haqiqiy ichki muhitini tashkil etadi. Qon esa organizmning
oraliq muhitini tashkil etadi, u tomirlarda bo‘lib hujayralar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lmaydi. Uning ahamiyati qon-tomirlar
tizimining tashuvchilik funksiyasi bilan aniqlanadi.
Qon o‘ziga xos suyuq to'qima. Boshqa to‘qimalarga o‘xshash va
hujayra elementlarini qizil qon, oq qon tanachalami va qon plastinkalarini
saqlash bilan yana hujayradan tashqi modda (rang) lami saqlaydi.
To‘qima limfasi hujayralar tomonidan tinimsiz talab qilinadigan
kislorod va to‘yimli moddalami qondan oladi va unga hujayralar faoliyati
natijasida hosil bo‘lgan oraliq va oxirgi moddalami beradi.
Qon va to‘qima limfasi orasida kuzatiladigan bunday almashinuv,
organizmni haqiqiy ichki muhitning tarkibiy jihatdan nisbatan doimiyligini
ta’minlydi.
Qon tarkibining doimiyligini organizmdagi qator organlar ta’minlydi
va ulaming ishtiroki tufayli organizmda sarflangan kislorod va to‘yimli
moddalaming о ‘mi to‘ldiriladi va hujayralardagi almashinuv mahsu-
lotlarini ortiqcha qismini chiqarib tashlanadi. Nafas organlari faoliyati
tufayli qon kislorod oladi va karbonat angidrid gazini beradi. Boshqa
almashinuv mahsulotlari asosan buyraklar va qisman ovqat hazmi
38
organlari shilliq pardalari va teri orqali chiqariladi. To‘yimli moddalar
qancha (asosan ichaklardan) hamda qaysi organlarda depo holida (yog‘
to‘qimalari va jigardan) saqlansa o‘shalardan oladi.
Turli organlardadagi almashinuv jarayonlari bir-biri bilan uzviy
bog‘liq: bitta organ faoliyatining mahsuli qancha qonga tushsa u qon orqali
boshqa organga tushadi. Almashinuv jarayonlarida ular kerakli ishtirokchi
boMishi ayrimlari esa bu jarayonni tezlashtirishi, ayrimlari parchalanishi
yoki qayta sintezlanishi mumkin. Organlaming bunday gumoral yo‘l bilan
o‘zaro aloqasi qon orqali bajariladi va bunda ichki sekretsiya bezlaridan
ishlab chiqiladigan garmonlar muhim ahamiyatga ega. Qonning yana bir
funksiyasi - organizmni hujayra tanalarining parchalanishi natijasida hosil
bo‘ladigan mahsulotlar, hamda yog‘ moddalaming zararli ta’siridan va
ayniqsa, kasallik chaqiruvchi mikroblar va ular ajratadigan zaharlardan
himoya qilishdir.
Odam organizmida o‘rtacha 5-6 litr qon bo‘ladi, bu tana og‘irligining
1/12 qismini tashkil etadi. Sentrifiigalash yo‘li bilan hamda yangi olingan
qonni sovuq joyga qo‘yib ma’lum muddatdan keyin ikkita asosiy qatlam
olish mumkin: cho‘kmaga cho‘kkan qismi qon hujayralari yoki tanachalar
va suyuq qismi yoki plazma.
Plazmaning tarkibi. Qon plazmasi 90 % suvdan iborat. Unda turli
organik va anorganik birikmalar erigan holda bo‘ladi. Plazma organik
moddalarining asosiy qismi oqsillardan tashkil topgan, ular turli hayvonlar
plazmasining 6-8% dan iborat. Plazma oqsillari bir necha xil bo‘ladi, lekin
ular asosan albuminlar, globulinlar va fibrinogen degan uchta guruhga
bo‘linadi. Plazmadagi fibrinogen oqsili ham aslida globulinlar qatoriga
kiradi. Uning plazmadagi konsentratsiyasi 0,2-0,4% ga teng. Bu oqsil
qonning ivish jarayonida muhim vazifani bajaradi.
Agarda oqsilni plazmadan ajratsak, ivimaydigan qon zardobi qoladi.
Oqsil fraksiyalarining miqdori odam va turli hayvonlarda turlichadir.
1-jadval.
Odam va turli hayvonlar qon zardobidagi oqsillar miqdori
gramm-foiz hisobida:
№
Hayvonlar
Umumiy oqsil
miqdori
Albuminlar Globulinlar
1.
Odam
8,2
4,5
3,1
2.
Qoramol
7,4
3,3
4,1
3.
Qo‘y
6,8
2,7
4,1
4.
Ot
7,3
2,7
4,6
39
Globulin oqsilning o‘zi alfa, beta va gamma fraksiyalariga ajraladi.
Bu frakciyalaming o‘zlari ham bir qancha kichik fraksiyalarga bo‘linadi.
Turli globulin fraksiyalarining qondagi miqdori ham turli hayvonlarda bir
xil emas.
Qon oqsillari, jumladan, turli fraksiyalaming o‘ziga xos xossa va
xususiyatlari bor, ulaming bajaradigan vazifalari ham har xil. Albuminlar
organizmda asosan plastik, qurilish materiali vazifasini o‘taydi. Ular
jigarda hosil bo‘lib qonga chiqarilgandan so‘ng turli organlarga tashiladi
va har qaysi organda shu organga xos albuminlarga aylanib, hujayralaming
asosiy komponentalaridan biri bo‘lib qoladi. Bundan tashqari albumuinlar
o‘zi bilan yog1 kislotalari, organik kislotalar va boshqa birikmalami
biriktirib tashiydi. Globulinlar katta dispersli oqsillardir. Globulinlar
organizmning immunologik reaksiyalarida, immunitet hosil bo‘lishida
katta ahamiyatga ega. Qondagi immun tanachalar, antitanachalar o‘z
faoliyatiga ko‘ra globulinlar hioblanadi. Bunda gamma globulinlaming
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Alfa va betta globulinlar xolesterinni,
gormonlami, fosfatlami, yog‘ kislotalarini, og‘ir metallar va boshqa bir
qator birikmalami biriktirib oladi. Qon ivishida ishtirok etadigan bir qator
omillar ham o‘z tabiatiga ko‘ra globulinlardir.
Albuminlami globulinlarga bo‘lgan nisbatiga oqsil koefitsiyenti
deyiladi. Oqsil koeffitsiyentini aniqlash qoidasi oqsillaming nechog‘li
o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi.
2-Jadval.
Qon plazmasidagi globulinlaming miqdori, mg
%
______
№
Hayvonlar
Globulinlar
«(alfa)
/?(beta)
v(gamma)
1.
Otlar
16,0
23,0
21,0
2.
Qoramollar
17,0
13,0
30,0
3.
Qo‘ylar
18,0
9,0
31,0
4.
Itlar
13,0
22,0
12,0
Oqsillaming miqdori yuqorida aytilganidek, hayvonlaming yoshiga,
jinsiga, zotiga, organizmning holatiga, yil fasliga qarab bir muncha
o‘zgaradi. Qorako‘l qo‘zilarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida, ona
qomida rivojlanishning 3,5 oyligida homila qon zardobida oqsillaming
umumiy miqdori 2,32-2,50 grammga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Endigina
tug‘ilgan, hali onasini emmagan qo‘zichoqda esa oqsillar 3,3-3,5 gram
40
\ atrofida bo‘ladi. Bu paytda oqsillaming asosiy qismini albuminlar, kam
miqdorda alfa va betta globulinlar tashkil qiladi.
Onasini emganidan so‘ng qo‘zi qonida oqsil miqdoridagi albuminlar,
alfa va beta globulinlar hisobiga ortadi. Bir oylik qo‘zichoqlaming qon
zardobidagi oqsillar miqdori taxminan ona qo‘ylamikiga tenglashib qoladi.
Bug‘oz Qorako‘l sovliqlarda ham qon zardobidagi oqsillar miqdori
o‘zgaradi. Jumladan, qo‘ylaming bug‘ozlik davrida zardob oqsillari bir
muncha kamayadi. Oqsillaming kamayishi qo‘ylaming yoshiga bog‘liq.
Birinchi marta bug‘oz bo‘lgan yosh va 5-6 marta tuqqan keksa qo‘ylarda
zardob oqsillari, 2-3 marta tuqqan qo‘ylardagiga qaraganda ko‘proq
kamayadi.
Qorako‘l qo‘ylar zardobi oqsillarining o ‘zgarishi yilning fasiiga ham
bog‘liq. Jumladan, ulaming zardobida oqsillar qishda yozdagiga qaraganda
bir muncha ko‘proq bo'ladi. Plazmadagi fermentlar ham oqsillardir. Ular,
taxminan plazma oqsillarining 0,1 % ga yaqin qismini tashkil qiladi.
Plazma oqsillari asosan jigarda hosil bo‘ladi, jigar kasallanganida esa
plazma oqsillami tarkibi ko‘pchilik hollarda buziladi.
Oqsillardan tashqari, plazmada boshqa azotli organik birikmalar ham
bor. Bular organizmda oqsillaming parchalanishi, almashinishi natijasida
hosil bo‘ladi. Ulaming qatoriga polipeptidlar, kreatin, kreatinin,
siydik(urat) kislota, mochevina(siydikchil), ammiak va boshqa birikmalar
kiradi. Bu moddalar tarkibidagi azotga qon zardobining qoldiq azoti
deyiladi. Uning miqdori sog‘lom hayvonlarda 0,22-0,35% ni tashkil qiladi.
Qoldiq azot miqdoriga qarab organizmda oqsillar parchalanishining
jadalligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
Plazmada uglevodlar asosan glyukoza holatida bo‘ladi. Uning
miqdori 40-75mg% ni tashkil qiladi. Glyukozaning miqdori bir turdagi
hayvonlar plazmasida bir muncha muayan bo‘lib, juda kichik doirada
o‘zgaradi. Chunki glyukozaning qondagi miqdori organizmning hayotiy
muhim ko‘rsatkichlari qatoriga kiradi. Uning o‘zgarishiga organizm juda
sezuvchan bo‘adi. Shu sababli glyukozaning surunkali ravishda ko‘payib
yoki kamayib ketishi ko‘pincha kasalliklar paytida kuzatiladi. Plazmada
0,1-0,3% yog‘ va yog‘ mahsulotlari bo‘ladi. Yog‘lar plazmada yog‘
kislotalari, neytral yog'lar, fosfatidlar va xolesterin shaklida uchraydi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari plazmaning organik moddalari qatoriga
gormonlar, antitanachalar, vitaminlar immuntanachalari, piroyzum kislota
va boshqa birikmalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |