Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


TUG‘MA (SHARTSIZ) VA ORTTIRILGAN (SHARTLI)



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318
2 5213200508969289537

TUG‘MA (SHARTSIZ) VA ORTTIRILGAN (SHARTLI)
REFLEKSLAR
I.P.Pavlov taklifi bilan reflekslar ikki guruhga: shartsiz va shartli 
reflekslarga bo‘linadi.
Tug‘ilgan paytdayoq mavjud bo‘lgan reflekslar shartsiz reflekslar 
yoki instinktlar hisoblanadi. Masalan, yangi tug‘ilgan kuchuk bolalari ona 
sutini so‘ra boshlasa, hozirgina tuxumdan chiqqan jo ‘ja don cho‘qiy 
boshlaydi.
Shartli reflekslar asab tizimining oliy bo‘limlarida vaqtinchalik nerv 
bog‘larining hosil bo‘lishiga asoslangan. Ular hayot davomida ma’lum 
sharoitda o ‘rgatish yo‘li bilan orttiriladi. Shartli reflekslar shartsiz 
reflekslardan farqi shundaki ulami organizmdan tashqarida va uning ichida 
kechadigan har qanday o‘zgarish bilan paydo qilish mumkin. Ular xususiy 
bo‘lib o‘zining vaqtinchalik tabiati bilan tavsiflanadi.
Turli shartli reflekslar tufayli tashqi atrof muhitdagi o‘zgarishlar 
oldindan ma’lum masofada hayvonlarni xavf haqida, oziqa borligi haqida 
va tashqi muhitdagi hayot uchun muhim bo‘lgan omillar haqida 
ogohlantirib turadi.
OLIY VA QUYI ASAB FAOLIYATI: ULARNING BIRLIGI
Hayvonlar organizmining tashqi muhit bilan mu’tadil aloqasini asab 
tizimi faoliyati ta’min etadi, bu boshqacha qilib aytganda xulq-atvordir va 
buni A.P.Pavlov oliy asab faoliyati deb atashni taklif etdi. Organizmni va 
tashqi muhitning birligini ta’minlovchi asab tizimini asosiy birinchi 
faoliyati ikkinchi, quyi asab faoliyati bilan bog‘langan va u o‘z navbatida 
barcha ichki a’zolar ishini boshqaradi va biriktiradi. Shu narsa aniqki, 
gavdaning barcha a’zolarining kelishilgan faoliyatisiz hayot sharoitiga 
moslashmasdan organizmnig yashashini xayolga ham keltirib bo‘lmaydi.
Shartli reflekslami hayvonot dunyosini rivojlanishida muhim omil 
sifatida mustahkamlanishi va nasldan-naslga o‘tishi. Vaqtinchalik nerv 
bog‘lanishlar singari instinktlarni shakllanishi tashqi muhit va unga mos 
holda o‘zgaruvchi hayot o‘zgarishi ta’siri ostida amalga oshadi. Shartsiz
34


reflekslar yoki instinktlar - bular rivojlanuvchi va avloddan-avlodga 
beriluvchi reflekslardir, ya’ni ular uzoq o‘tmish davomida shartli reflekslar 
bo'lgan. Bitta nerv elementidagi moddalar almashinuvining o‘zgarishi 
tashqi muhit ta’siri ostida yuzaga kelgan boshqa nerv elementlaridagi 
moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan birgalikda kechadi. Bu esa 
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar hosil bo‘lishiga olib keladi, keyinchalik 
yana takrorlash natijasida ular doimiyga aylanadi. Asab tizimining 
rivojlanishi natijasida doimiy nerv bog‘lanishlar tug‘ma reflekslaming 
asosi sifatida asab tizimining quyi bo‘limlarida mustahkamlansa, 
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlarning shakllanish funksiyasi esa uning oliy 
bo‘limlariga o‘tadi. Vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar ta’siri asosida 
doimiylari murakkablashadi, va natijada ular hayotning nisbatan doimiy 
sharoitdagi tirikligini ta’min etuvchi instinktlar asosiga aylanadi. 
Evolyusiya jarayonida instinktlar bazasida ancha murakkab vaqtinchalik 
nerv bog‘lanishlar hosil bo‘ldi. Natijada hayvonlar organizmining xulq- 
atvori murakkablashgan va shakllari xilma-xillashgan, ya’ni turli xil 
turlarning o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslashishiga imkon yaratildi.
Lekin, barcha vaqtinchalik nerv bog'lanishlar shartsiz reflekslarga 
aylanmaydi. Faqatgina ko‘plab avlodlar hayot sharoitiga mos keladigan 
vaqtinchalik nerv bog‘lanishlar tabiiy tanlanishi jarayonida ko‘p martalab 
takrorlangan va jinsiy hujayralami ishlab chiqaruvchi moddalar 
almashinuvining o‘zgarishlari nasldan-naslga o‘tadi.
Shartsiz reflekslar ko‘pchilik jihatdan biologik qulaydir, ya’ni hayot 
sharoitlariga mos keladi. Masalan, asalari yuqori darajada sezuvchanlikka 
ega bo‘lgan uyalar quradi. Lekin, tashqi muhit juda tez o‘zgarishi mumkin, 
shartsiz reflekslar esa juda sekin o ‘zgaradi. Shunday bo‘lsada, juda 
ko‘plab ma’lumotlar borki, ayrim shartsiz reflekslar juda noqulay 
hisoblanadi.
Ko'plab orttirilgan reflekslar aynan bir xil hayot sharoitda qator 
avlodlardan keyin shartsiz reflekslarga o‘tadi. Shu bilan birga evolyusiya 
jarayonida ayrim instinktlamig o‘zgarishi yuz beradi, ular shartsiz 
reflektor 
xarakterini 
yo‘qotadi. 
Odamning 
aralashishi 
natijasida 
hayvonlaming instinktlari qisqa muddatda 
odamni maqsadiga qarab 
ma’lum hayot sharoitida hayvonlami tarbiyalash tufayli o‘zgartirilishi 
mumkin.
Hayvonlar aynan ana shu yo‘l bilan xonakilashtirilgan va 
moslashtirilgan.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin