Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


boshlanib markazga intiluvchi neyronlar qora rangda, teridan boshlanib markazga



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   318
2 5213200508969289537

boshlanib markazga intiluvchi neyronlar qora rangda, teridan boshlanib markazga
intiluvchi neyronlar yashil rangda k o‘rsatilgan.
FIZIOLOGIK JARAYONLARNI 0 ‘Z - 0 ‘ZIDAN REFLEKTOR 
BOSHQARILISHINING ROLI
Organizmning hujayralari nisbatan doimiy muhitda faoliyat 
ko‘rsatadi, ya’ni ular qon, limfa 
va to‘qimalararo suyuqliklar bilan
32


tinimsiz yuvilib turadi, chunki ulaming tarkibi o‘z-o‘zidan boshqarilishi, 
almashinuvi, qon aylanishi, ovqat hazmi, nafas, ayiruv va boshqa 
fiziologik jarayonlar tufayli nisbatan doimiy (asab tizimi ishtirokida)ligi 
saqlanadi. Qon, limfa, to‘qimalararo va orqa miya suyuqliklari 
organizmning ichki muhitini tashkil etadi, ya’ni to‘qima va a’zolar 
hujayralari faoliyat ko‘rsatadi. Ichki muhitning nisbatan doimimyligini 
ta’miniab turish xususiyati (gomeostazis) hayvonot dunyosining nisbatan 
yuqori rivojlanish bosqichlarida yuzaga kelgan. «Ichki muhitning 
doimiyligi —
bu erkin yashash sharoitidir» (K.Bemar).
Odamlar va yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ichki muhitning 
nisbatan doimiyligi nerv-gumoralli fiziologik mexanizmlar, yurak-tomirlar 
va nafas tizimlarini boshqaruvchilik, buyraklar, ter bezlari va hazmlash 
kanali 
funksiyalari 
tufayli 
almashinuvning 
oxirgi 
mahsulotlari 
organizmdan chiqarilishi tufayli ta’min etiladi.
Qon aylanish jarayoni a’zolar va to‘qimalarga, xuddi moddalar 
almashinuvining qoldiq mahsulotlarini ayiruv a’zolariga yetkazib 
berganidek, to‘yimli moddalami yetkazib beradi. Organizmga gazsimon 
moddalamin tushishini va chiqarilishini nafas a’zolari ta’miniab beradi. 
Suyuq va qattik moddalaming singdirilishi va to‘yimli moddalaming suvli 
eritmalariga aylantirilishi, so‘ngra organizmning ichki muhitiga tushishi 
ovqat hazmi kanali tufayli ta’min etiladi. Ovqat hazmi kanali organizm 
tomonidan o ‘zlashtirilmagan va qoldiq moddalaming organizmdan 
chiqarilishida 
ham ishtirok etadi. Ichki muhitning nisbatan doimiy 
tarkibini ta’minlashda asosiy rolni buyraklar o ‘ynaydi, uning yordamida 
qon tarkibidagi ortiqcha suv, tuzlar, moddalar almashinuvini qoldiq 
mahsulotlami, ya’ni qon tarkibini doimiyligini buzuvchi va boshqa 
moddalami chiqarib yuboradi.
Qon aylanishi, nafas, ovqat hazmi, ayiruv va boshqa tizim a’zolari 
o‘z-o‘zini 
boshqarish 
xususiyatiga 
ega. 
Bu 
muhim 
fiziologik 
jarayonlarning o‘z-o‘zidan boshqarilish ichki a’zolaming nerv uchlarida 
joylashgan asab tizimining quyi bosqichlarining qo‘zg‘alishini qabul 
qiluvchi retseptorlar orqali markazga intiluvchi - afferent nervlar bilan 
tushuvchi nerv impulslari tufayli amalga oshadi. Afferent nerv tolalaridan 
kelayotgan nerv impulslari markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish yoki 
tormozlanishn keltrib chiqaradi. Natijada, markaziy asab tizimidan 
markazdan qochuvchi 
nerv tolasi orqali - efferentli, ish boshlovchi 
impulslar ichki a’zolar faoliyatini yoki uning tormozlanishini keltrib 
chiqaradi, hamda boshqariluvchi yoki korrelyatsilovchi impulslar ichki
33


a’zolami oziqlanishini boshqarish yo‘li bilan u yoki bu a’zonig ish 
bajarish qobiliyatini boshlaydi.
Bunday o‘z-o‘zidan boshqarilishning asabli jarayoni reflektor 
boshqarilish deb atalsa, organ faoliyatining o‘zgarishi va nerv uchlari 
bilan qabul qilingan qo‘zg‘alishga asab tizimi orqali uning ish qobiliyatini 
boshqarishga refleks deb ataladi. 
i

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin