QONNING BUFERLILIGI
Qonda
Ph-ning bir me’yorda saqlanib turishida undagi bufer
moddalar katta ahamiyatga ega. Odatda kam dessociyalanuvchi kuchsiz
kislotalar va shu kislotalaming kuchli asoslar bilan hosil qilgan tuzlari
eritmalariga buferlik xususiyati xos bo‘ladi. Bunday eritmalarga kuchli
kislota yoki ishqor qo‘shilganda ulaming reaksiyasi
unda ko‘p
o‘zgarmaydi. Sababi shuki, qo‘shilgan kuchli kislota kuchsiz kislotani,
asos bilan qilgan tuzi va kuchsiz kislota hosil bo‘ladi va eritmaning faol
reaksiyasi ko‘p o‘zgarmaydi. Bufer eritma kuchli ishqor qo‘shilganda esa
kuchsiz kislota tuzi va suv hosil bo‘ladi va eritma faol reaksiyasining
ishqoriy tomonga o‘zgarishiga imkon yaratadigan sharoit kamayadi.
Qonda mana shu xususiyatni yuzaga chiqaradigan bir qancha moddalar
mavjud. Bular ichida eritrotsitlaming tarkibidagi gemoglobin moddasi
45
katta ahamiyatga ega. Unda Ph-6,8 ga teng bo‘ladi (kuchsiz kislotali)
qondagi ishqoriy muhitda gemoglobin o‘ziga ishqor radikalini biriktirgan
holda bo‘ladi. Qonga kislota tushsa, bu ishqor radikali gemoglobindan
ajralib, kislota bilan tuz hosil qiladi. Gemoglobinning o‘zi
esa (H)
ionlarini biriktirib kam dessotsiyalanuvchi kislotaga aylanadi. Qonning
buferlik xususiyatlarining 75% ga yaqin qismini gemoglobin ta’minlydi.
Gemoglobindan tashqari qonda karbonat va fosfat bufer sistemalari ham
mavjud. Karbonat kislota va uning ishqorli tuzi karbonat bufer tizimmi
tashkil qiladi. Fosfat bufer tizimi bir asosli va ikki asosli natriy fosfatdan
tashkil topadi.
Plazma tarkibidagi oqsillar ham buferlik xususiyatiga egadir. Chunki
oqsillar organik moddalar bo‘lib, muhitning reaksiyasiga qarab goh (H),
goh (OH) ionlarini ajratadi. Qonda fosfoming miqdori kam bo‘lganligi
sababli fosfat bufer tizimi unda katta ahmiyatga ega emas. Karbonat bufer
tizimi esa kislotalami neytrallashda yetakchi vazifalardan birini bajaradi.
Qonga ishqorli moddalar tushganda karbonat kislota ulami neytrallaydi.
Hosil bo‘lgan ortiqcha bikarbonatlar buyrak orqali chiqariladi.
1.
Karbonat buferi.
NaHCO (KHCO )ishq0rlitu z = 5 _ 10%
H CO -kislota
2.
Fosfat buferi.
N a HPO_ (asosiy fosfat)
=3_4%
N aH PO (kislotali fosfat)
3.
Oqsil buferi.
N a-proteinati(asosiy tuz)
=1Q_1S%
oqsillar(kuchsiz kislotalar)
4.
Gemoglobin buferi. K + HbQ (ishqorli tuz) = ?5%
&
H + HbO (kislota)
Masalan, qon muhitini kislota tomonga o‘zgartirish uchun unga,
suvga nisbatan 327 marta ko‘p kislota, ishqoriy tomonga o‘zgartirish
uchun esa, 60 marta ko‘p ishqor qo‘shish kerak. Bundan ko'rinadiki,
qonning faol reaksiyasi kislotali tomonga qaraganda ishqoriy tomonga
osonroq o‘zgaradi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida doimo
kislota xususiyatiga ega bo‘lgan
mahsulotlar hosil bo‘lib turadi. Bu
mahsulotlaming neytrallanishida plazma tarkibidagi ishqorli tuzlar
plazmaning zahira ishqori katta ahamiyatga ega.
Hayvonlar qonidagi ishqor zahirasi (mg.%) hisobida: Ot 560-620,
qoramol 460-540, qo‘y 400-520, echki 390-520, tuya 700-780.
Sut emizuvchi yosh hayvonlaming qonida ishqor zahirasi kam, uzoq
jismoniy ish bajarayotgan hayvonlaming ishqor zahirasi esa ko‘proq
bo'ladi. Organizmning ayrim fiziologik holatlarida yoki turli kasalliklarda
qon muhiti kislota yoki ishqor tomoniga siljishi mumkin. Qon muhitining
46
kislota tomoniga siljishiga acidozst deyiladi. Agarda hosil bo‘layotgan
kislotali mahsulotlami qon tarkibidagi ishqor zahirasi neytrallay olsa, ya’ni
qonning ishqoriy zahirasi hosil bo‘layotgan kislotali moddalami
neytrallashtirishga kifoya qiladigan bo‘lsa, bunga kompensatsiyalangan
atsidoz deyiladi. Aksincha, hosil bo‘layotgan kislotali moddalaming
qonning ishqoriy zahirasi neytrallay olmasa, qon muhiti kislota tomoniga
siljib qoladi va bunday holat kompensatsiyalanmagan atsidoz deyiladi.
Atsidoz qonda karbonat angidrid ko‘payib ketganda, qonning ishqoriy
zahirasi kamayganda ro‘y berishi mumkin. Qon muhitining ishqor
tomoniga
o‘zgarib
ketishiga
alkaloz
deyiladi.
Bu
holat
ham
kompensatsiyalangan yoki kompensatsiyalanmagan bo‘lishi mumkin.
Masalan, o ‘pka ventilyatsiyasi kuchayib qondagi karbonat kislota' C 0
2
holatida o ‘pka orqali ko ‘p miqdorda chiqarilganda, qon ishqoriy zahirasi
ko‘payganda va boshqa paytlarda shunday holat kuzatilishi mumkin.
Bufer tizimlar to‘qimalarda ham mavjud. Shu sababli ularda ham Ph
nisbatap o ‘zgarmasdan, m a’lum chegarada saqlanib turadi. To‘qimalarning
asosiy buferlari
oqsillar va fosfatlax hisoblanadi. Qon reaktsiyasining
m a’lum chegarada saqlanib turishida buyrak, m e’da-ichak va teri bezlari
faoliyatining ahamiyati ham benihoya katta.
Faol reaksiyaning kislota tomoniga o ‘zgarishi xavfli tug‘ilganda,
buyraklar ko‘p miqdorda bir asosli natriy fosfatli, reaksiya ishqoriy
tomonga o ‘zgarganda esa, ko‘p miqdorda faol ishqorli tuzlaming siydik
bilan birga tashqariga chiqaradi. Ozroq bo‘lsa ham hosil bo‘layotgan sut
kislota teri bezlari orqali chiqarib turiladi.
Organizmda doimiy ravishda sut kislotasi va boshqa kislotali
moddalar hosil
bo‘lib
turadi.
Ular hujayralardan
qonga
o ‘tib
bikarbonatlardagi natriy va kaliy ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut va
boshqa kislotalaming tuzlari hamda erkin ko‘mir kislota hosil bo‘ladi va
ulaming ortiqcha qismi organizmdan chiqarib yuboriladi. Shunday qilib
organizmda kislotalar siljishining kompensasiyasi yuz beradi. Organizmni
ichki muhitining holati, ya’ni vodorod ionlari miqdorini ortib ketishi
moslashtiruvchi mexanizmlar bilan kompensasiyalanadi va bu kompensa-
torli atsidoz holatini yuzaga keltiradi. Bikarbonatlar esa qonning ishqoriy
zahirasi deb yuritiladi, chunki qonning kislotali siljishining kompensa
siyasi ulaming hisobiga bajariladi. Kompensatorli asidozda ph o ‘zgarmay
qoladi, ammo ishqoriy zahiraning kamayishi yuz beradi.
Ayrim holatlarda qarama-qarshi holat ham kuzatilishi mumkin, y a’ni
qonda vodorod ionlari miqdori ko‘paymasdan, kamayish ehtimli bor. Bu
esa qonda erkin ko‘mir kislotasining jamlanishiga olib keladi, qaysiki
47
ishqoriy tomon siljishi kompensasiyalanadi va ph odatdagiday o‘zgarmay
qoladi. Bunday holat qonda bikarbonatlar miqdorining ortishi bilan
birgalikda kechadi va kompensatorli alkoloz holatini yuzaga keltiradi.
Agarda qonning ph-ni doimimyligini u yoki bu sabab bilan saqlash
imkoni bo‘lmasa, hayot uchun juda xavfli kompensasiyalanmaydigan
asidoz yoki alkaloz yuzaga keladi.
Jamlangan kislotalar miqdori ortib ketib, karbonatli bufer tizimi
kislota-ishqorli muvozanatni ta’minlash imkoniyatini bajarolmay qolsa, bu
paytda jiddiy buferlik ahamiyatini fosfatli tizim egallaydi. Kislotalar ikki
asosli fosfoming natriyli va kaliyli achchiq tuzlari bilan aloqada bo‘ladi,
qaysiki ushbu holatga taalluqli tuzlar va bir asosli fosfor kislotasining
natriyli yoki kaliyli achchiq tuzlari hosil bo‘ladi.
Na
2
HP
0 4
+H
2
C
03
N aH C 0
3
+NaH
2
P 0
4
Bir asosli natriy fosfat yoki kaliy fosfatlar dissosialanganda yana
vodorod ionlari hosil bo‘ladi, lekin ulaming konsentrasiyasi erkin
kislotalar mavjud bo‘lgandagidan ancha kam boiadi.
Tarkibida kislotali va ishqoriy guruhlami mavjudligi tufayli amfoterli
reaksiyalar bemvchi qon oqsillari ham buferlik xususiyatiga ega. Kislotali
muhitda oqsillar vodorod ionlarini biriktirib oladi va ular ishqorlar sifatida
dissosiyalansa, ishqoriy muhitda esa gidroqsil ionlarini biriktirib oladi,
ulami kislota sifatida dissosiyalaydi. Masalan, ko‘mir kislota oqsillardagi
natriy yoki kaliy ionlarini o ‘ziga oladi va bikarbonatlar hosil qiladi:
ishqorlar ko‘p bo‘lganida yuqoridagi reaksiyani
teskarisi kuzatiladi.
Natijada ph-ning siljish imkoni juda kam kamayadi.
Issiq qonli hayvonlar qoni sovuq qonli hayvonlar qoniga nisbatan
juda yuqori buferlik xususiyatiga ega. Ayniqsa, uzoq muddat kuchli
faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lguvchi sut emizuvchilarda buferlik xususiyati
juda yuqori.
Dostları ilə paylaş: |