Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


IV-BOB. QON TOMIRLARI FIZIOLOGIYASI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318
2 5213200508969289537

IV-BOB. QON TOMIRLARI FIZIOLOGIYASI
Qon tomirlari tabiatan naycha, qon esa suyuqlik bo‘lgani uchun ham 
qonning tomirlar bo‘ylab oqishi 
(gemodinamika) 
suyuqliklarning 
naychalar bo‘ylab oqish qonuni — gidrodinamikaga bo‘ysunadi, demak, 
boshqa suyuqliklar kabi, qon ham, bosimi baland joydan bosimi past joyga 
tomon oqadi. Bunda uning oqish tezligi yopishqoqligiga, tomirlar devori 
bilan qon zarrachalaming o ‘zaro ishqalanishi tufayli hosil bo‘ladigan 
qarshilikka bog‘liq bo‘ladi. Biroq odam va hayvonlar organizmida qon 
murakkab biologik sharoitlarda harakat qiladi, bu esa organizmda ro‘y 
berib turadigan fizik hodisalarga o ‘ziga xos xususiyat beradi. Yurak ritmik 
ravishda, muayan marom bilan ishlab, tomirlarga qonni bo‘lib-bo‘lib,
109


alohida-alohida portsiyalar holida olib chiqarsada, qon tomirlarda 
to‘xtovsiz ravishda, uzluksiz oqim bo‘lib oqadi. Buning boisi shundaki
chap qorinchaning har bir sistolasida aortaga m a’lum miqdordagi qon 
m a’lum kuchli bosim ostida haydaladi. Bunda otilib chiqqan qon potensial 
energiyasining bir qismi tomirlar qarshiligini yengish, ulami tegishlicha 
kuchaytirish uchun, qolgan qismi esa qon zarrachalariga harakat 
bag‘ishlash uchun sarf boiadi. Har bir sistolada otilib chiqqan qonning 
hammasi tomirlami eng tor joylari - arteriola va kapillyarlardan 
navbatdagi sistolagacha o ‘tib ulgurolmaydi. Natijada har bir sistolada 
otilib chiqqan qon potensial energiyasi navbatdagi sistolagacha qonga 
uzluksiz harakat berishga yetarli bo‘ladi. Ikkinchidan, qorinchalardan zarb 
bilan haydalgan qon 
ta’sirida tomirlar bir muncha kengaysa-da, ular 
elastikligi tufayli aw algi vaziyatini, holatini tiklashga, qisqarishga intiladi. 
Bu ham qonning uzluksiz oqishida yordam beradi. Qayd 
q ilin g an
shart- 
sharoitlar qonning yirikroq arteriyalar b o ‘ylab to‘lqinlanib, arteriola va 
kapillyarlar bo‘ylab esa bir maromda to'lqinlanmasdan oqishini 
ta’minlydi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin