qafasi o‘pkasiga qaraganda tezroq o ‘sadi, bu
esa ularning hajmi
o ‘rtasidagi mutanosiblikning yana ham ko‘proq buzilishiga sabab b o ‘ladi,
ko‘krak qafasining kengayib-torayib turishini ta ’minlydigan muskullaming
doimo qo‘zg‘algan holda qolishiga ko'proq yordam beradi. 0 ‘pkaning
ichki va sirtqi bosimlari o ‘rtasidagi tafovutning kelib chiqishiga o ‘pkaning
elastikligi va ko‘krak qafasining kengaya olish xususiyati katta rol
o‘ynaydi. 0 ‘pka parenximasi oralarida elastik muskul tolalar bor. Shu
sababli odatda o‘pka m a’lum darajada torayishga intiladi. Ana shu elastik
muskul tolachalari hosil qilgan siqilish kuchiga o‘pkaning elastiklik kuchi
deyiladi. Buni kuzatish uchun hayvonda quyidagicha tajriba o ‘tkazsa
bo‘ladi. Hayvonni kekirdagidan bug'ib o ‘ldirib, shu zahoti ko‘krak
qafasini ochsak, o ‘pkasi ko‘krak qafasini tuldirib yotganini ko‘ramiz.
So‘ngra kekirdakning bog‘langan joyini ochib yuborsak, o ‘pka o ‘z
elastikligi tufayli siqilib, qisila boshlaydi.
Natijada ichidagi havoning
anchagina qismi chiqib ketadi. 0 ‘pkaning kengayishi uchun alveolalar
ichidagi bosim o‘pkaning ana shu elastiklik kuchini yenga oladigan
bo‘lishi kerak. Odatda uni yengish uchun yetarli sharoit bo‘ladi, chunki
nafasga olinayotgan havo alveolalaming ichidan tashqariga tomon m a’lum
bosim bilan ta’sir qiladi. Ko‘krak qafasi devorining kengayishi plevra
parietal varag'ini visseral varag‘idan uzoqlashtirishga harakat qiladi-yu,
ammo uzoqlashtirolmaydi. Lekin bu kuch o‘pka sirtidagi bosimning bir
muncha pasayishiga sabab b o ‘ladi. Mana shulaming hammasi o ‘pkaning
ko‘krak qafasi harakati ketidan ergashib kengayishi va torayishiga sharoit
tug‘diradi.
K o‘krak bo‘shlig‘idagi bosim manfiy bo‘lib, atmosfera bosimidan
simob ustuni hisobida 6-15mm farq qiladi. Buni quyidagicha tasaw ur
qilish darkor. Hayvon nafas olayotgan joyda atmosfera bosimi simob
ustuni hisobida 760 mm bo‘lsa, ko'krak bo‘shlig‘idagi bosim 745-754
mm ga teng bo‘ladi. Bu vaqtda qabul qilinayotgan
atmosfera havosi
bosimning 6-15 mm ni tashkil qiladigan shu ortiqcha qismi o ‘pka
parenximasini kengaytirish jarayonida uning elastikligini yengish uchun
sarf bo‘ladi.
Shunday qilib, kengaygan o ‘pkaning sirtiga yaqin
alveolalardagi bosim ko‘krak bo‘shlig‘i (plevralar oralig‘i)dagi bosimga
tenglashib qoladi, y a’ni bosimlar muvozanati vujudga keladi, ana shu
paytda o ‘pka kengayishdan to ‘xtaydi va so‘ngra uning siqilishi nafas
chiqarilishi boshlanadi.
Ko'krak qafasining devori teshilib, plevralar oralig‘iga havo kiritilsa
(pnevmotoraks), ko‘krak qafasi teshilgan tomondagi o‘pka harakat qilmay
132
qo'yadi. Chunki bu vaqtda ko'krak bo‘shlig‘i (o'pkaning sirti)dagi bosim
bilan alveolalardagi bosim tenglashib qoladi.
Monometmi rezina
naycha orqali igna bilan ulab, ignani ko‘krak
qafasining devoridan ko‘krak bo‘shlig‘iga kiritish yo‘li bilan plevralar
oraligidagi bosimni o ‘lchasa bo‘ladi. Shunday qilib, tashqi nafas olishni
amalga oshirish uchun, o ‘pkaga havo kirib va undan tashqariga chiqib
turishi kerak. 0 ‘pkaga havo olishga, nafas olish (inspiratsiya), undan
tashqariga havo chiqarishga esa nafas chiqarish (ekspiratsiya) deyiladi.
Nafas olish - inspiratsiya ko'krak qafasining eniga, bo‘yiga va
balandligiga kengayishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Jumladan, nafas
olinayotgan paytda qaburg‘alararo tashqi tishsimon muskullar qisqarishi
natijasida ko‘krak
qafasi eniga kengaysa, diafragmaning qorin bo‘shlig‘i
tomon tortilib, konus shakliga o‘tishi natijasida bo‘yiga, tosh suyagining
pastga tushishi hisobiga balandligiga tomon kengayadi. Oqibatda ko‘krak
qafasining ketidan o ‘pka ham kengayib, uning ichidagi bosim pasayadi,
natijada unga havo so‘rib olinadi. Havo so‘rilishi o'pkaning batamom
kengayib, ichidagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashguricha davom
etadi. Nafas olinayotganda ko‘krak qafasining eniga faol kengayishi
tufayli ko‘krak
bo‘shlig‘idagi bosim sezilarli darajada,masalan, yirik
hayvonlarda (simob ustuni hisobida) 30-50 mm gacha pasayib ketadi.
Natijada o ‘pkaning kengayishi uchun juda yaxshi imkon tug‘iladi. K o‘krak
qafasining kengayishida ishtirok etadigan muskullarga
(masalan,
qaburg‘alararo tashqi tishsimon muskullar) inspirator muskullar deyiladi.
Nafas chiqarish -ekspiratsiya.
Nafas olish, ya’ni havoni o ‘pkaga
so‘rish - inspiratsiya tugashi bilanoq nafas chiqarish ekspitatsiya bosh
lanadi. Nafas tugashi bilanoq qaburg‘alar o‘z og‘irligi va to‘g‘aylaming
elastikligi tufayli aw algi,
holatini egallashga intilib siqila boshlaydi.
Qaburg‘alararo tishsimon muskullar ham qisqarib, qaburg‘alarning
siqilishiga yordam beradi. Shuning natijasida ko‘krak qafasi va unga
ergashib o ‘pka ham toraya boshlaydi. Bu vaqtda qorin bo‘shlig‘idagi
organlaming bosimi tufayli, diafragma ko‘krak bo‘shlig‘i tomon egilib,
qavariq holatga o ‘tadi. To‘sh suyagi esa, aw algi vaziyatini egallaydi,
mana shulaming hammasi ko‘krak qafasining bo‘yiga va balandligiga
torayishini ta’minlydi.
Shunday qilib, har tomondan ko‘krak qafasining torayishi oqibatida,
o ‘pka ham torayib, nafas chiqariladi. Qaburg‘alaming
siqilishi va shu
tariqa ko‘krak qafasining torayishida ishtirok etadigan muskullarga
(masalan, qaburg‘alararo ichki tishsimon muskullar) ekspirator muskullar
deyiladi.
133
23-rasm. 0 ‘pka va to ‘qimalarda gaz almashinuvi
0 ‘pka alveolalarida alveola havosi bilan alveolalar devoriga
tarmoqlanib, to‘r hosil qilgan kapillyarlardagi qon o ‘rtasida doimo
uzluksiz ravishda gaz almashinuvi jarayoni sodir bo‘lib turadi. Ayni
vaqtda gazlar diffuziya hodisasiga ko‘ra parsial bosim baland joydan
parsial bosim past joyga tomon alveola va kapillyar devori orqali sizib
o ‘tadi. Shunday qilib, gazlaming alveola havosidan qonga va aksincha,
qondan alveola havosiga o'tishida ulaming parsial bosimi hal qiluvchi
omil bo‘lib xizmat qiladi. Gazlar aralashmasi umumiy bosimning
aralashmadagi m a’lum gaz ulushiga to ‘g ‘ri keladigan qismi o‘sha gazning
parsial bosimi deyiladi. Bu bosim aralashmadagi
gazning miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, barometrik bosim (simob ustuni hisobida) 760
mm ga teng bo‘lgan joydagi atmosfera havosining tarkibidagi kislorod
21% deb olinsa, kislorodning parsial bosimi 760 mm ga teng bosimning
21% ini, ya’ni (simob ustuni hisobida) 159 mm tashkil qiladi. Alveola
havosi va qondagi gazlaming miqdori va parsial bosimi kislorodni alveola
havosidan qonga, karbonat angidridni esa qondan alveola havosiga
o'tishini ta’minlay oladigan darajada bo‘ladi.
14-jadval.
Alveola havosi venoz va arterial qondagi gazlaming miqdori va
Dostları ilə paylaş: