Suv umurtqalilarida ham tashqi, ham ichki jabralar mavjud.
Umurtqasiz hayvonlarda havoni qayta ishlovchi nafas organlari bo‘lib
qayta o'zgargan jabralar hisoblanadi. K o‘pchilik hasharotlarda kekir-
dakning nozik o‘simtalarining murakkab turidan tashkil topgan kekirdakli
tizim bo‘lib, u orqali to‘qimalar kislorod bilan ta’minlanadi. Repitiliy va
amfibiyalarda gazlar almashinuvining 2/3 qismi teri orqali va 1/3 qismi
o ‘pka orqali (o‘pkali nafas olish) bajariladi.
Parrandalarda nafas organlari o ‘ziga
xos xususiyatlarga ega, ularda
ham reptiliylardagi singari diafragma yo‘q. Kekirdak o‘pka ichidan to ‘g ‘ri
havo xaltalariga o'tadigan 2-ta bronxga bo‘linadi. 0 ‘pka unchalik katta
emas va qobirg‘alar bilan aralashib ketgan. Havo o ‘pkadan undan
o ‘tadigan bronxlar shoxlariga, bronxiolalar va havo kapillyarlari-hamda
havo xaltalariga kelib tushadi. Uncha katta bo‘lmagan havo xaltalari -
ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Barcha havo xaltalari o‘sim-
talarga ega va ulaming ayrimlari oyoqlaming uzun naysimon suyaklari
bilan tutashgan boiadi. Nafas olinganda qobirg‘alaming qismlari orasidagi
burchaklaming ortishi hisobiga vertikal yo‘nalishdagi ko‘krak hujay-
ralarining hajmi ortadi. Gazlar almashinuvi qon
kapillyarlari bilan juda
yaxshi ta ’minlangan o ‘pka va havo kapillyarlarda bajariladi va ular orqali
havo nafas olish va chiqarish vaqtida ikki marta o ‘tadi (havo xaltalari va
o‘pkaga).
Havo xaltalari - ancha katta havo rezurvuari bo‘lib o ‘chish paytida
qushlami tanasini ushlab turish hamda tanani sovutish va uzoq muddat
nafas olinmaganda hayotini saqlab qolinishini ta’minlydi. Suvda suzuvchi
parrandalarga esa tana zichligini kamaytiradi, natijada parrandalar suvga
kam botadi.
0 ‘pka orqali nafas olish. Sut emizuvchilarda
va odamlarda gazlar
almashinuvi deyarlik to ‘lig‘icha o ‘pkalar orqali bajariladi, teri va ovqat
hazmi orqali atigi 1-2 %, lekin ayrim hayvonlarda, masalan otlarda, ish
bajarganida 8 % gacha nafas teri orqali olinadi.
Nafas organlarining filogenetik rivojlanishi maxsus nafas olishga
yordam beruvchi muskullami rivojlanishi bilan birgalikda kechadi, ular
o‘z navbatida nafas olish yuzalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutatishi
natijasida havo yoki suvni doimiy almashinishini ta’min
etilishini saqlab
kelganlar.
129
22-rasm. Nafas y o ‘llari.
1-burunbo‘shlig‘i, 2 -o g ‘iz bo‘shlig‘i, 3-burun-xalqum, 4-hiqildoq,
5-traxeya, 6-bronxlar, 7 -o ‘pka, 8-diafragma.
Evolyusiyaning qadimgi bosqichlarida bu almashinuv butun
gavdaning harakatlanishi bilan bajarilgan.
Nafas olish tashqi va ichki turlarga farqlanadi.
Tashqi yoki o ‘pka orqali nafas olish - bu o ‘pka yuzasi orqali qon va
o ‘pkada mavjud bo‘lgan havo orasida bajariladigan gazlar almashinuvidir.
Tashqi muhit bilan organizm, ya’ni qon o‘rtasida gaz almashinuvi,
yuqorida aytilganidek, o‘pka orqali amalga oshiriladi.
0 ‘pka yaxshi taraqqiy etgan juft organ bo‘lib, ko‘krak qafasida, berk
bo‘shliqda joylashgan. Har qaysi o ‘pka shaklan konusga o ‘xshagan bo‘lib,
ustki qismi uchi, pastki qismi esa asosi deb ataladi. 0 ‘pka, burun va og‘iz
bo‘shliqlari, tomoq, hiqlidoq, kekirdak va bronxlar orqali tashqi muhitga
tutashgandir. Bronxlar diametriga qarab birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibli
bronxlarga boiinadi. Uchinchi tartibli bronxlar b o ‘linib, tarmoqlanib, juda
ingichka naychalami - bronxiollami hosil qiladi.
Bronxiollar havo
pufakchalari - alveolalar bilan tugaydi (16-rasmg qarang). Binobarin,
o ‘pka parenximasini alveolalar tashkil qiladi. Ulaming devori bir qavat
hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u yerda bir talay kapillyar qon
tomirlari chirmashib, to ‘r hosil qilgan. Bu kapillyarlaming devori ham bir
qavat endoteliy hujayralardan tashkil topgan. Shunday qilib, kapillyarlarda
oqayotgan qon bilan alveola ichidagi havo o ‘rtasida gaz almashinuvining
amalga oshishi uchun juda yaxshi sharoit vujudga keladi.
Chunki
alveolalardagi havo bilan kapillyarlardagi qon bu yerda bor-yo‘g ‘i
130
qalinligi 0,004mm keladigan hujayra qatlami bilan bir-biridan ajralgandir.
Alveolalaming soni juda ko‘p bo‘lib, umumiy yuzasi haddan tashqari
keng. Masalan, qo‘ylar alveolalarining umumiy yuzasi gavdasining
yuzasidan bir necha on baravar katta bo‘lib, 50-80metr kvadratga teng
keladi. 0 ‘pkada gaz almashinuvining nihoyatda keng vuza bo‘ylab sodir
bo‘lishi ana shu misoldan ko‘rinib turibdi. 0 ‘pka orqali gaz almashinib
turishi uchun unga to ‘xtovsiz ravishda havo kirishi va undan tashqariga
to ‘xtovsiz havo chiqib turishi kerak. Buning uchun esa u doimo to‘xtovsiz
ravishda kengayib va torayib turishi zarur. 0 ‘pkaning o ‘zida
Dostları ilə paylaş: