faoliyatiga bog‘liq. Qayd qilingan nazariyalaming birortasi ham limfa
hosil bo'lishini to‘la tushuntirib bera olmaydi.
Hozirgi vaqtda limfa hosil
bo‘lishida kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan bir
vaqtda to ‘qimalar, limfa tomirlarining funksional holatiga ham katta
ahamiyat beriladi.
Kapillyarlaming
endotelyasi
oddiy
membrana
bo‘lmasdan, moddalami tanlab o ‘tkazuvchi o ‘ziga xos tirik protoplazmatik
qatlamdir. U o'zidan ayrim oqsillami o ‘tkazgani holda, boshqalami
o ‘tkazmay,
ushlab
qoladi.
Limfa hosil
bo'lishida
to‘qimalarda
kechayotgan moddalar almashinuvining xarakteri va jadalligi ham katta
ahamiyatga ega.
Shunday qilib, kapillyarlaming arterial qismida qon bosimining
onkotik bosimdan baland bo‘lishi, tomirlar devorining tanlab o ‘tkazish
xususiyatiga ega ekanligi va to ‘qimalarda moddalar almashinib turishi
tufayli suyuqliklaming qondan to‘qimalarga shimilib o ‘tishi
natijasida
limfa hosil bo‘ladi. Hosil bo'lgan limfa bosim past tomonga, limfa
tomirlariga qarab harakat qiladi. Limfa hosil bo‘lishiga bir qator omillar
ta’sir ko'rsatadi. Masalan, qonning onkotik bosimi qancha kamaysa, limfa
hosil bo'lishi shuncha tezlashadi. Organ qancha faol ishlayotgan bo'lsa,
uning limfasining osmotik bosimi shuncha baland bo‘ladi. Binobarin, unda
limfa hosil bo‘lishi ham shuncha tez kechadi. Ayrim moddalar tomirlar
devorining o ‘tkazuvchanligiga va natijada limfaning hosil bo‘lishiga bir
muncha sezilarli darajada ijobiy ta ’sir ko'rsatadi.
Bular qatoriga peptonlar,
albumozlar, tuxum oqsili, zuluk va
qizg'ichbaqalar to'qimalarining
suyuqliklari va muskullami ekstraktlari kiradi, limfa hosil qiluvchi birinchi
tartibli moddalar deb shularda aytiladi.
Mochevina, glyukoza, osh tuzining konsentrlangan eritmalari ham
bilvosita y o ‘l bilan limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Shu sababli bulami
ikkinchi tartibli limfa hosil qiluvchi moddalar deyiladi.
Qonga mana shu moddalar kiritilganda qonning osmotik bosimi
oshib ketadi, oqibatda
to‘qima
oraliq suyuqligining
qonga o'tishi
tezlashadi. Natijada qonning oqsil konsentratsiyasi va onkotik bosimi
pasayadi va limfa hosil bo'lishi tezlashadi. Limfa hosil bo'lishiga nerv
tizimi va uning oliy qismi -bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘i ta’sir
ko'rsatadi.
Yazni 60 kg bo'lgan odamning tanasida o'rtacha 40 L suv bo‘lib,
uning 25 L to'qimalararo va hujayralararo oraliqlarida bo'ladi. Bir kecha-
kunduzda voyaga yetgan odamlaming chap ko'krak limfa yo'lidan tinch
va ochlik paytida 1,2-1,5 L limfa oqib o'tadi.
125
Limfa - rangsiz suyuqlik bo‘lib, ishqoriy reaksiyaga ega pH-7,5-9,0,
zichligi l,0175,y’ani qon zichligidan ancha past, tarkibida 3-4 % oqsillar
(albuminlar, globo'linlar, fibrinogen) 1,0 % ga yaqin glyukoza, 0,8-0,9 %
mineral
tuzlar
saqlaydi.
Uning
yopishqoqligi
va
zichligi
qon
plazmasinikidan past va unda limfositlar,
monositlar va eozinofillar
mavjud. Limfaning tarkibi doimiy emas, qaysi organdan oqib o‘tishiga
qarab o ‘zgarib turadi. Ovqatlangandan keyin, yog‘li ovqat iste’mol
qilingan paytlarda ovqat hazmi organlaridan oqib ketadigan limfa sut-oq
rangda bo‘ladi, chunki tarkibida ko‘plab emulsiyalangan yog‘ saqlaydi.
Jigardan chiqqan limfada ko‘proq oqsillar, ichki sekresiya bezlaridan
chiqqani esa garmonlar saklaydi. Limfa juda bo‘sh laxta hosil qilib iviydi.
Mayda limfatik tomirlarda oqayotgan limfa ikkita oqimga: o ‘ng va
chap tarmoqlariga tushadi. Chap ko‘krak limfa oqimi har ikkala oyoqlar,
barcha qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasining chap qismidagi chap qo‘ldan,
bosh hamda bo‘yinning chap qismidagi limfa tomirlaridan limfalarni
yig'ib oladi.
0 ‘ng ko'krak limfa oqimi tananing
qolgan qismlaridagi limfani
yig‘ib oladi. Har ikkala oqim ham katta venalarga quyiladi, natijada limfa
vena qoniga qo'shilib o‘ng bo'lmachaga quyiladi. Limfa juda sekin oqadi,
katta limfatik tomirlarda ulaming oqish tezligi 0,25-0,3 mm/min. ni tashkil
qiladi.
Limfa tana bo‘ylab katta limfa tomirlar devorlarining ritmik
qisqarishi (1 min 10-20 marta) natijasida harakatlanadi va bu tomirlaming
klapanlari ulami faqat bir tomonga yo‘naltiriladi.
Katta limfatik tomirlar simpatik nerv tolalari bilan innervasiya
qilinadi va ulami og‘riq, his-hayajon, ichki organlami reseptorlarini
qo‘zg‘alishi, kovak venalaming qo‘ilish joyida qon bosimini ko‘tarilishi
paytida reflektor holda torayishini chaqiradi. Limfaning harakati ko'krak
qafasini so‘mvchanlik xususiyati va skelet
muskullarining qisqarishi
natijasida tezlashishi mumkin. Kapillyarlar va to‘qimalarda osmotik
bosimdagi farqning ortishi sababli limfani hosil b o ‘lishi ko‘paysa, qon
oqimidagi onkotik bosimning ortishi tufayli kamayadi.
Kapillyarlar devorlarini limfa hosil qilish funksiyasini tezlashtiruvchi
al’bumozlar, tuxum oqsili, gistamin, qisqichbaqa ekstrakti, yer tut va
boshqalar limfogen moddalar hisoblanadi. Bulardan tashqari ular qatoriga
tuz, qand va mochevinalami qo'shish mumkin, chunki ular qonning
osmotik bosimini oshiradi.
126
Limfaning
miqdorini; 1) qon bosimini oshishi, 2) arterial qon
kelishining tezlashishi, 3) vena qonining turg‘unligi; 4) qon umumiy
massasining ortishi, 5) organning kuchli faoliyati oshiradi.
Limfa tugunlarini fuknsiyasi.
Limfa tomirlari bo‘ylab simpatik
nervlari bilan innervatsiyalanuvchi limfa tugunlari joylashgan bo‘ladi.
Limfa tugunlarida limfositlar hosil bo‘ladi va mikroblar va yog‘
moddalaming fagotsitozi yuz beradi. Limfa tugunlariga tushgan
mikroblaming bir qismi retikulyar to'qimalaming hujayralari bilan
fagotsitoz qilinadi. Qolgan qismi esa tugunda ushlab qolinadi va sekin-asta
o ‘zining tarqatuvchilik xususiyatini yo‘qotadi.
Hiqildoq atrofida joylashgan 7 ta bodomchalarda ham (mindalinlar)
mikroblarni zararsizlantirilishi kechadi.
Ichaklardan so‘rilish tufayli limfaga to ‘yimli va zararli moddalar ham
tushadi. Ular ichaklar devorida joylashgan birinchi tugunlar o ‘zanidan va
charvilarda joylashgan ikkinchi va uchinchi tugunlar o‘zanlaridan o‘tadi.
127