varaqlari doimo bir-biriga tiqilinch tutashadilar, lekin o ‘pka o ‘zining tabiiy hajmi chegarasidan ortiq kengayadi, bu esa plevralar orasidagi manfiy bosimni yuzaga kelishiga sabab b o ‘ladi. Bola tug‘ilguniga qadar 142
k o ‘krak qafasi yalpoq holda b o ‘ladi. Embrionai rivojlanish davrida ham
kam miqdorda plevralararo manfiy bosim boMishi aniqlangan. U embrionai rivojlanish davridagi nafas harakatlari tufayli yuzaga keladi va o ‘z navbatida plasentadan homilaga qon kelishini kuchaytiradi. K o ‘krak qafasiga ergashib o'pkaning kengayishi tu g‘ilgandan keyingi dastlabki nafas olishdan, u yerdagi mavjud atmosfera bosim i yoki o ‘shanga yaqin b o ‘lgan bosim ta’siri ostida boshlanadi. Yangi tug'ilgan bolalarda nafas olish paytida o'pkaning kengayishi natijasida manfiy bosim keskin oshadi. Hayotining ikkinchi xaftasidan boshlab k o ‘krak qafasi hujayralari o ‘pka to‘qimalariga nisbatan tez o ‘sishi natijasida o ‘pka ham yana va yana ch o ‘zila boshlaydi. Shu sababli nafas chiqarishda o ‘pka kengaygan b o‘ladi, demak voyaga yetgan odamlarda nafas chiqarish vaqtida manfiy bosim bo'ladi. M anfiy bosim qanday yuzaga keladi? 0 ‘pkaning elastik iplari tufayli plevra varaqlari orasidagi bosim atmosfera bosimidan kam, y a ’ni manfiydir. Plevra varaqlari orasidagi bosim ning kamayishi, eng avvalo, o ‘pkadagi bosim to ‘lig ‘icha plevraning visseral varag‘i chegarasidan tashqariga berish imkoniyati b o ‘lmaganligi sababli ta’min etiladi va bunga o ‘pkaning elastik iplari y o ‘l q o ‘ymaydi. Odatiy nafas chiqarishda plevra varaqlari orasidagi bosim atmosfera bosimidan 611,8 Pa ga va odatiy nafas chiqarishda esa - 399 Pa ga kam bo'ladi.