Agar grunt maxsus joyga bo‘shatiladigan bo‘lsa, kovshni
tebratish hisobiga uni strelaning qulochidan kattaroq bo‘lgan
masofada bo‘shatish mumkin. Kovshni yana zaboyga qaylarishda
uning ishlash zonasini kattalashtirish maqsadida ham tebratish
usulidan foydalanish m umkin. Bu quyidagicha qilinadi: avval
kovshni strela tomonga tortiladi, burilish oxirida esa lortuvehi
va ko'taruvchi
kanatlarning barabanlari torm ozdan
butuniay
ho'shatiladi. Bunda m arkazdan qochma kuch ta’sirida kovsh o g a d i
va II yoki I'll holatga tushadi.
M ashinist yetarli tajribaga ega boMsa, kovshni tebrantirib ko'ta
ruvchi kanatning vertikaldan og‘ish burchagini 30° ga yetkazishi
mumkin.
Draglaynning kovshi strelaga bikrm as qilib biriktirilganligi
uchun (kanatlarda osib qo‘yilgan), kavlash paytida strelaga bevosita
kovshdan nagruzka tushmaydi, bu esa strelani to‘g‘ri va teskari
kurakli strelalarga nisbatan 2-2,5 baravar uzaytirishga imkon
beradi. Shu sababli, draglayndan ancha chuqur joylashgan gruntni
kavlashda va katta maydonlarda foydalaniladi.
Strela, odatda to‘rsimon konstruksiyada tayyorlanadi. Kovshning
sig‘imi m ashinaning turg ‘unlik shartiga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: