T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


Mavzu bo‘yicha testlar, raunozarali savollar va topshiriqlar



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188
Mutaxassislikka kirish

Mavzu bo‘yicha testlar, raunozarali savollar va topshiriqlar
tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzu bo'yicha testlar, qiyinchilik 
darajasi har xil boigan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos 
bo'ladigan savollar tuzish topshiriladi.
43


Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan 
talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda 
tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali 
momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari 
boLyicha yol-yo'riqlar, beriladi. Maslahat paytlarida bajarilgan 
ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi 
nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish 
taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtiro- 
kida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. 
Talabaga 
biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham 
mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza 
tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, 
ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar 
hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar 
to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy 
tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, 
izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda 
talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya 
qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va
ijodiy ishlash. 
Bir mavzu yoki bo‘lim bo'yicha nostandart, alohida 
yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan 
amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy- 
ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi 
topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning 
optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bolishi kerak.
Talabaning 
qiziqish 
va 
qobiliyatiga 
qarab, 
unga 
ilmiy 
xarakterdagi topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy 
maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin