T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188
Mutaxassislikka kirish

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondoshish;
44


barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 
bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; 
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib 
borish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun
quyidagi talablar bajarilishi lozim:
maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish, 
ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllan- 
tirish va h.k.), aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; 
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning 
yetarli darajada xabardor bolishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to'g'ri belgilanishi 
(yo'llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini 
tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha 
tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal 
qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy 
seminar, laboratoriya mashg‘ulot!ari, konsultatsiya uchun yoki 
nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, 
bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, 
kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, 
ko'rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish 
mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon 
qilish va h.k.).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish
mumkin:
auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. 0 ‘tilgan mavzuni 
qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar 
bajariladi;
auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. 0 ‘quv 
dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga 
berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga
45


tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi 
ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini 
o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, 
laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy 
vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, 
nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy 
topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k. usullarda asosan amaliyot 
darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni 
o'zlashtirish va uyga beriigan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, 
bajarish saviyasi va o‘zlasbtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan 
tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo'yicha ma’lumot 
va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, 
konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o'zlash- 
tirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni 
bajarish ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish 
jarayoni va o'zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari payt- 
larda, maxsus belgalangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin