Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar,
tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli
savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish
qiyin
bo‘lsa, savollar paydo bo'lsa. adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tiz-
imli bayon eta olmasa va h.k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo'yicha tayyorlangan ish kafe-
drada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash.
Talabaga qiyinchilik
darajasi uning shaxsiy
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boigan biror
mavzu bo'yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy
adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar,
ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar,
elektron
kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig'adi, tahlil
qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida toliq,
keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan
maslahat va ko'rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya
qilinadi.
Ko‘rgazmali vositalar (qurollar) tayyorlash.
Talabaga
muay-
yan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam
beradigan ko'rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar,
xaritalar. maketlar,
modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar,
kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qituvchi
tomonidan
aniqlanib, talabaga ma’lum ko'rsatmalar, yo'l-yo'riqlar
beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni
talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu
bo'yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko'rgazmali materiallardan foydalanish bo'yicha
yozma
ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: