Sportda doping nazorati


NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MATERIALLARI



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MATERIALLARI 
 
1-MAVZU. SPORTDA DOPING NAZORATI MODULINING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI (2-soat) 
 
Reja: 
1.1. “Sportda doping nazorati” modulining tushuncha va yo‘nalishlari. 
Antidoping xarakatining maqsadi va vazifalari. 
1.2. Xalqaro va milliy antidoping xarakati. Antidoping qoidabuzarlik turlari 
va ularda ko‘zda tutilgan jazo choralari. 
 
Tayanch iboralar: 
antidoping xarakati, Butunjahon antidoping agentligi, 
YUNESKO Xalqaro Konvensiyasi, Butunjahon antidoping kodeksi, Taqiqlangan 
ro‘yxat, taqiqlangan moddalar va uslublar, doping nazorati, doping nazorati 
inspektorlari, antidoping qoidabuzarliklari, jazo choralari, sanksiyalar. 
1.1. “Sportda doping nazorati” modulining tushuncha va yo‘nalishlari. 
Antidoping xarakatining maqsadi va vazifalari 
 
Sportda dopingga qarshi kurashish bo‘yicha YUNESKO Xalqaro 
konvensiyasi
Konvensiya 2005 yil 19 oktyabrda qabul qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konvensiyaga 2010 yil 27 dekabrda qo‘shilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2018 yildagi «O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Milliy antidoping agentligi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi PQ-3457 hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi to‘g‘risidagi Nizomni 
tasdiqlash haqida» gi VMQ-141-sonli qarorlari UzNADA Milliy antidoping 
agentligining faoliyati tartibga solingan. 
Jahon miqyosida dopinggga qarshi kurash masalasi Spotda dopingga qarshi 
kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiya orqali tartibga solingan. Quyida mazkur 
xujjatning qisqartirilgan nusʼhasi keltirilgan:
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda – YUNESKO) Bosh konferensiyasi 2005 yil 3-
21 oktyabr kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zining 33-chi sessiyasida, 
... inson huquqlariga oid xalqaro xujjatlar talablarini inobatga olib


18 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan 2003 yil 3 
noyabrda qabul qilingan va sportni tarbiya, salomatlik, rivojlanish va tinchlikni 
mustahkamlovchi vosita sifatida qabul qilgan 58/5-sonli rezolyutsiyasiga, 
jumladan, uning 7-chi bandiga ko‘ra, 
Sport sog‘liqni saqlashda, maʼnaviy, madaniy va jismoniy tarbiyada, 
shuningdek, xalqaro hamkorlik va tinchlikni mustahkamlashda muhim o‘rin 
egallashi lozimligini tushunib, 
Sportda dopingdan butkul qutulishga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikni 
muvofiqlashtirish va qo‘llab quvvatlash lozimligini taʼkidlab, 
Sportchilar tomonidan sportda dopingdan foydalanishiga va buning 
natijasida ularning salomatligiga salbiy oqibatlar vujudga kelishiga, adolatli o‘yin 
tamoyiliga putur yetishiga, hamda sportda firibgarlikni yo‘q qilish lozimligini 
bilib, 
Dopingni qo‘llash YUNESKO Xalqaro jismoniy tarbiya va sport xartiyasi va 
Olimpiya xartiyasida ko‘rsatilgan etik tamoyillar va tarbiyaviy qadr-qimmatlarga 
xavf solishini anglab
Yevropa Kengashi doirasida qabul qilingan dopingga qarshi kurash 
Konvensiya va unga ilova qilingan Qo‘shimcha bayonnoma ommaviy xalqaro 
huquq instrumenti bo‘lib, barcha davlatlarning dopingga qarshi kurash sohasidagi 
siyosati va davlatlararo hamkorligi ularga asoslanganligini eslatib o‘tib, 
1-rasm. YUNESKO bosh anjumanlar zali
YUNESKO tomonidan tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport masalalari 
bo‘yicha masʼul vazirlar va rahbar xodimlarning ikkinchi (Moskva, 1988), 
uchinchi (Punta-del-Este, 1999) va to‘rtinchi (Afina, 2004) xalqaro anjumanlarida 


19 
hamda YUNESKO 32-chi Bosh anjumanida (32 S/9-sonli rezolyutsiya, 2003) 
dopingga qarshi kurashga oid qabul qilingan tavsiyalarga xavola qilib, 
Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2003 yil 5 mart kuni 
Kopengagen shahrida qabul qilingan Butunjahon antidoping kodeksini hamda 
Kopengagen sportda dopingga qarshi kurash deklaratsiyasini hisobga olib, 
Yetakchi sportchilarning yoshlarga o‘rnak sifatida bo‘lgan taʼsirini ham 
inobatga olib, 
Dopingni aniqlash maqsadida doimiy ravishda ilmiy tekshirish ishlarini olib 
borish lozimligini tushunib, 
... Sportchilar, ularga ko‘maklashuvchi personal va umuman jamiyatni 
sportda dopingni oldini olish masalasiga oid doimiy targ‘ibot-tashviqotning 
muhimligini hisobga olib, 
Ishtirokchi davlatlarda antidoping dasturlarini olib borish uchun yildan yilga 
zarur potensialni ko‘paytirib borish kerakligini taʼkidlab, 
2-rasm. Butunjahon antidoping kodeksi (2021 yil, 3-chi tahriri)
Davlat organlari va sport bo‘yicha masʼul tashkilotlar sportda dopingni 
oldini olish va unga qarshi kurash sohasida biri birini to‘ldiruvchi vazifalarini 
bajarishi shartligini, xususan, adolatli musobaqa va ishtirokchilarning salomatligini 
muhofaza qilish tamoyiliga rioya qilishi ko‘rsatilganini hiobsga olib, 
.... 
Mazkur Konvensiyani 2005 yil 19 oktyabr kuni qabul qildi. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin