Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

 
III. Xalqaro hamkorlik
13 modda — Antidoping va sport tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik 
Mazkur Konvensiya maqsadlariga xalqaro darajada erishish uchun 
ishtirokchi davlatlar ularning hamda boshqa ishtirokchi davlatlarning antidoping 
tashkilotlari, davlat organlari va sport tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab 
quvvatlaydilar. 
14 modda — Butunjahon antidoping agentligi missiyasini qo‘llab quvvatlash 
Ishtirokchi davlatlar Butunjahon antidoping agentligining halqaro dopingga 
qarshi kurash borasidagi missiyasini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha majburiyatni o‘z 
zimmalaraga oladilar. 
15 modda — Butunjahon antidoping agentligini teng ulushli moliyalashtirish 
Ishtirokchi davlatlar Butunjahon antidoping agentligining tasdiqlangan 
asosiy yillik byudjetini davlat organlari va olimpiya xarakati tomonidan teng 
ulushli moliyalashtirish tamoyiliga rioya qilishadi. 
16 modda — Doping nazorati sohasida xalqaro hamkorlik 
Sportda dopingga qarshi kurash choralari faqatgina sportchilarga oldindan 
habar bermasdan turib ularni testlash va sinamalarni taxlil qilish uchun o‘z vaqtida 
laboratoriyalarga yetkazish orqali samarali bo‘lishini tan olgan xolda ishtirokchi 
davlatlar davlatichi qonunchiligi va huquqiy jarayonlardan kelib chiqib 
quyidagilarni bajaradilar: 
a) ... Butunjahon antidoping agentligi va antidoping tashkilotlariga davlat 
hududida va davlat xududidan tashqarida musobaqa va musobaqadan tashqari 
doping nazoratini o‘tkazishda hamkorlik qiladi; 
b) doping nazorati tadbirlarini o‘tkazish davomida doping nazorati 
guruhlarini kechiktirib bo‘lmaydigan tartibda chegaralararo xarakatlanishini 
taʼminlaydi; 


23 
s) sinamalarni chegeradan o‘tkazishda ularni xavfsizligi va saqlanganligini 
taʼminlash yuzasidan hamkorlik qiladi; 
d) doping nazorati tadbirlarini xalqaro muvofiqlashtirishni taʼminlashda 
yordam ko‘rsatadi va bu maqsadlarda Butunjahon antidoping agentligi bilan 
hamkorlik qiladi; 
ye) o‘zining va boshqa ishtirokchi davlatlarda joylashgan doping nazorati 
laboratoriyalari bilan hamkorlikni ривожлантиради...; 
f) Kodeksga muvofiq tayinlangan antidoping tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro 
testlash to‘g‘risida kelishuvlarga kelish va ularni amalga oshirishga yordam beradi; 
g) Doping nazorati jarayonlari va testdan keyingi jarayonlar, shu jumladan 
Kodeksga muvofiq qabul qilingan sport sanksiyalarini o‘zaro asosda tan oladi. 
17 modda — Ko‘ngilli jamg‘arma 
1. «Sportda dopingni bartaraf qilish» jamg‘armasi taʼsis etiladi, u keyingi 
o‘rinlarda «Ko‘ngilli jamg‘arma» deb yuritiladi. Ko‘ngilli jamg‘arma YUNESKO 
mablag‘lari to‘g‘risidagi Nizomga asosan jalb etiladigan maqsadli mablag‘lar 
hisobidan tashkil etiladi. Ishtirokchi davlatlar va boshqa ishtirokchilarning barcha 
badallari ko‘ngilli xarakterga ega. 
2. Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘lari quyidagilardan tashkil topadi: 
a) ishtirokchi davlatlar badallari; 
b) badallar, hayriyalar va vasiyat qilingan mulklar bo‘lib, ular quyidagilar 
tomonidan taqdim etilishi mumkin: 
i) boshqa davlatlar tomonidan
ii) BMT tizimi tashkilotlari va dasturlari, masalan BMT Rivojlantirish 
dasturi doirasida hamda boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan; 
iii) davlat yoki xususiy tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan; 
s) Ko‘ngilli jamg‘arma hisobiga o‘tkazilgan turli foizlar; 
d) Ko‘ngilli jamg‘arma foydasiga o‘tkazilgan tadbirlar va xayriyalarni 
yig‘ish jarayonida olingan mablag‘lar; 
ye) Ko‘ngilli jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan boshqa 
mablag‘lar. 
3. Ishtirokchi davlatlar tomonidan Ko‘ngilli jamg‘armaga o‘tkazgan badal 
ularning Butunjahon antidoping agentligiga o‘tkazadigan badalining o‘rnini 
bosuvchi sifatida ko‘rilmaydi. 
18 modda — Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish va ularni 
boshqarish 
Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘larini Tomonlar Anjumani tasdiqlangan 
tadbirlarni, xususan, ishtirokchi davlatlarga mazkur Konvensiya talablariga 
muvofiq antidoping dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda mazkur 


24 
Konvensiya talablarini bajarishga yo‘naltirilgan xarajatlarni qoplash uchun 
ajratadi. Ko‘ngilli jamg‘armaga badallar hech qanday siyosiy, iqtisodiy yoki 
boshqa shartlar bilan berilmaydi. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin