VII. Yakuniy xolatlar
35 modda — Federal yoki nounitar konstitutsion tizimlar
...
36 modda — Ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki xujjatga
qo‘shilish
...
37 modda — Kuchga kirish
...
28
38 modda — Konvensiya kuchining tarqalishi
...
39 modda — Denonsatsiya
Har bir ishtirokchi davlat mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilishi
mumkin. Denonsatsiya to‘g‘risida yozma xujjat saqlash uchun YUNESKO Bosh
direktoriga topshiriladi. Denonsatsiya xujjat qabul qilingan kundan boshlab olti
oylik muddatdan keyingi oyning birinchi kunidan kuchga kiradi.
...
40 modda — Depozitariy
...
3-rasm. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori
N.Tursunov YUNESKO tashkilotining Sportda dopingga qarshi kurashish bo‘yicha
Xalqaro konvensiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan
yakuniy muhokamasiga bag‘ishlangan COCP VII sessiyasida (Parij, 2019 y.)
41 modda — Ro‘yhatga olish
BMT Nizomining 102-moddasiga binoan mazkur Konvensiya YUNESKO
Bosh direktorining so‘roviga asosan BMT Kotibiyati tomonidan ro‘yhatga olinadi.
42 modda — Bir hil kuchga ega matnlar
1. Mazkur Konvensiya va uning ilovalari ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va
fransuz tillarida tuzilgan bo‘lib, olti matndan har biri bir hil kuchga ega.
2. Mazkur Konvensiyaga qo‘shimchalar ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va
fransuz tillarida tuzilgan.
43 modda — Nojo‘ya jumlalar
Mazkur Konvensiyaning maqsadi va predmetiga mos kelmaydigan bironta
nojo‘ya jumlalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29
I Ilova — Taqiqlangan ro‘yhat — Xalqaro standart
II Ilova — Terapevtik qo‘llash uchun ruhsat berish bo‘yicha Standart
1 Qo‘shimcha — Butunjahon antidoping kodeksi
2 Qo‘shimcha — Laboratoriyalar bo‘yicha Xalqaro standart
3 Qo‘shimcha — Testlash bo‘yicha Xalqaro standart
Hozirgi vaqtda sportning eng og‘riqli muammolaridan biri sportchilar
tomonidan doping isteʼmol qilinishidir. Bu masalani yechimini izlash ketidan
boshqa hamrox muammolar zanjiri vujudga keladi: doping nazorati tizimini
qanday takomillashtirish mumkin, qaysi preparatlar isteʼmolini taqiqlash lozim,
antidoping qoidalarini buzgan sportchilarga nisbatan qanday choralar ko‘rish kerak
va h.k.
Ammo doping to‘g‘risida biz nimalarni bilamiz? Zamonaviy sportdagi
xolatga boshqa tomondan nazar tashlasak, boshqa muhimroq masala ko‘zga
ko‘rina boshlaydi: sportda dopingni qo‘llash bilan bog‘liq turli mish-mishlarga
barham berish va real xolatni o‘rganish.
Ohirgi bir necha yil sport amaliyotiga go‘yoki panatseyadek qabul
qilinayotgan juda ko‘p xajmda farmakologik preparatlarning kirib kelishi bilan
xarakterlanadi. Bolalar va o‘smirlarni tayyorlashdan boshlab to yuqori malakali
professional sportchilarning mashg‘ulotlarigacha maqsadga yo‘naltirilgan va
mashaqqatli mashg‘ulotlar jarayonini turli tabletka va shprisdagi dori vositalari
bilan ikkinchi o‘ringa surib qo‘yish yoki umuman almashtirishga urinishlar
ko‘payib bormoqda. Go‘yoki sportchilarni qisqa muddat ichida rekordlar
darajasigacha olib chiqadigan “mo‘jizakor” preparatlar izlanmoqda. Ohirgi 20 yil
ichida sport natijalarining o‘sishi organizmning fiziologik imkoniyatlarini chegara
ko‘rsatkichlariga olib kelib qo‘ydi.
Qator shifokorlar va olimlarning doping muammosini yechimiga oid turli
nuqtai nazarlari mavjud. Ularning bir qismining fikricha, sportchida doping
isteʼmol qilish yoki isteʼmol qilmaslik borasida tanlash erkinligi bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga u turli preparatlarning sog‘lig‘iga nisbatan xavfi to‘g‘risida puxta
habardor qilingan bo‘lishi zarur.
Boshqalar turli faollashtiruvchi preparatlarning isteʼmolini umuman
taqiqlash va aybdorlarni qatʼiy jazolash haqida fikr yuritmoqdalar. Ular sport
tayyorlash dasturlarida dopingsiz ham rekord natijalariga erishish uchun xali
foydalanilmagan zahiralar mavjud deb hisoblashadi.
Murabbiy, shifokor va olimlar yordamida sportchilar turli stimulyatorlarni
isteʼmol qilish yaxshiroq sport tayyorgarlik xolatiga keltirishi mumkinligi, lekin
shu bilan bir vaqtda organizmning o‘ta zo‘riqishini oldini olishga javobgar tabiiy
30
fiziologik reaksiyalarni susaytirishini bilishsada, baribir yuqori natijalarga erishish
maqsadida turli vositalarni qabul qilishgani haqida jaxon sporti tarixida ko‘plab
misollar keltirilgan. Faqatgina 1960-1967 yillar mobaynida dunyo bo‘yicha sportda
dopingni qo‘llash bilan bog‘liq 30 dan ortiq o‘lim xolalari qayd etilgan. Bu vaziyat
qachondan beri boshlangan?
Ko‘p tadqiqotchilar 1986 yildagi Bordo – Parij velopoygasini esga solishadi.
Unda ingliz velosportchi Linton birinchi bo‘lib finish chizig‘idan o‘tib shu zahoti
vafo etib yerga yiqilgan. Sportchining vafotiga u katta miqdorda giyohvand modda
va alkogol isteʼmol qilgani sabab bo‘lgan. Taʼkidlashicha, aynan Linton
dopingning birinchi qurboni bo‘lgan. Shu bilan birga, 1879 yildayoq Buyuk
Britaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro velopoyga davomida bir nechta ishtirokchilar
dopingning
oddiy
turlaridan
–
kofein,
alkogol,
nitroglitserindan
foydalanganliklarida qo‘lga tushishgan.
Vaqt o‘tishi bilan professional sportda turli dopinglarni qo‘llash amaliyoti
AQSHda keng tarqaldi. Shu davrda amerikalik menejer Chik Langning bergan
intervyusidagi bitta gapi butun jahonni aylanib chiqqan: "AQSH professional sport
olamida turli doping va giyohvand moddalarni isteʼmol qilinishi chin maʼnoda
milliy fojiaga aylanib ulgurdi, chunki professional sportchilarning “Har qanaqa
yo‘l bilan g‘alabaga erishish zarur!” shiori 80% xavaskor sportga kirib keldi".
Karakasda bo‘lib o‘tgan 1983 yilgi Panamerika o‘yinlari sport olami uchun
haqiqiy olamshumul voqea bo‘ldi. Unda bir yo‘la 16 nafar amerikalik, chililik,
puertorikalik, kolumbiyalik va kanadalik og‘ir atletikachi, velopoygachi va yengil
atletikachilar taqiqlangan preparatlarni qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya qilingan,
12 nafar AQSHlik yengil atletikachilar esa musobaqada ishtirok etishni
ulgurmasdan turib musobaqani tark etishgan.
Doping preparatlarni isteʼmol qilish ijtimoiy nuqtai nazardan ham o‘ta
xavfli, chunki bu giyohvandlikning bir turi deb sanaladi. Rejali ravishda qarshi
kurashish 1962 yildan boshlangan, unda bu muammo giyohvand moddalar
bo‘yicha BMT qo‘mitasida muhokamaga qo‘yilgan. 1967 yilda HOQ tibbiy
qo‘mitasi va 1971 yilda sobiq Ittifoqda yagona antidoping xizmati taʼsis etilgan.
Bugungi kunda dopingga qarshi kurashning eng samarali omili etib
musobaqadan tashqari davr va to‘satdan doping nazoratini o‘tkazish amaliyotini
takomillashtirish hisoblanadi. Har bir sportchining doping sinamasi 2 qismga
bo‘linadi: A va V. A-sinamasi dastlab o‘rganilib, unda taqiqlangan moddalar
mavjudligi tekshiriladi. Ijobiy natija aniqlangan taqdirda ikkinchi (V) sinama
tekshirilishi uchun sportchi yoki uning ishonchli vakillari guvohligida ochiladi.
|