Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

 
V. Tadqiqotlar
24 modda — Dopingga qarshi kurash masalalari bo‘yicha tadqiqotlar 
o‘tkazishni qo‘llab quvvatlash 
Ishtirokchi davlatlar o‘z mablag‘lari doirasida sport va boshqa tashkilotlar 
bilan birgalikda quyidagi masalalar bo‘yicha antidoping tadqiqotlarni o‘tkazishda 
hamkorlik qilishadi va ko‘maklashishadi: 
a) doping isteʼmol qilishning oldini olish va aniqlash usullari, xulqiy va 
ijtimoiy omillar hamda doping isteʼmolining salomatlikka bo‘lgan oqibatlari; 
b) sportchi salomatligiga ziyon yetkazmaydigan fiziologik va ruhiy 
tayyorgarlikning ilmiy asoslangan dasturlarini ishlab chiqish yo‘llari va vositalari
s) ilmiy taraqqiyot maxsuli bo‘lmish barcha yangi modda va uslublarni 
qo‘llash. 
25 modda — Antidoping tadqiqotlar xarakteri 
24-moddada ko‘rsatilgan antidoping tadqiqotlarni o‘tkazishda ishtirokchi 
davlatlar quyidagilarni taʼminlaydi: 
a) xalqaro darajada tan olingan maʼnaviy amaliyotga mvofiqligini; 
b) sportchilarga taqiqlangan modda va uslublarni qo‘llashdan voz kechishni; 
... 
26 modda — Antidoping tadqiqotlar natijalaridan o‘zaro foydalanish 
Ishtirokchi davlatlar tegishli milliy qonunchilik va xalqaro huquq 
meʼyorlariga rioya etgan xolda boshqa ishtirokchi davlatlar va Butunjahon 
antidoping agentligi bilan o‘tkazilgan antidoping tadqiqotlar natijalari bilan 
almashishadi. 
27 modda — Sport sohasida ilmiy tadqiqotlar 
Ishtirokchi davlatlar quyidagilarni qo‘llab quvvatlashadi: 
a) Kodeks tamoyillariga muvofiq ilmiy va tibbiy xodimlar tomonidan sport 
sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini; 
b) Kodeks tamoyillariga muvofiq sport tashkilotlari va sportchilarning 
yordamchi personali tomonidan sport sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini. 
VI. Konvensiya monitoringini olib borish
28 modda — Tomonlar Anjumani 
1. Mazkur xujjat bilan Tomonlar Anjumani taʼsis etiladi. Tomonlar 
Anjumani mazkur Konvensiyaning oliy organi hisoblanadi. 


26 
2. Tomonlar Anjumanining navbatdagi sessiyalari qoida bo‘yicha ikki yilda 
bir marta o‘tkaziladi. Tomonlar Anjumani tegishli qaror qabul qilingan yoki 
ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi murojaat qilgan taqdirda 
navbatdan tashqari sessiyalar o‘tkazishi mumkin. 
3. Tomonlar Anjumanida har bir ishtirokchi davlat bitta ovozga ega. 
4. Tomonlar Anjumani o‘zining jarayon Qoidalarini tasdiqlaydi. 
29 modda — Konsultativ tashkilot va Tomonlar Anjumani kuzatuvchilari 
Butunjag‘on antidoping agentligi Tomonlar Anjumaniga konsultativ 
tashkilot sifatida taklif qilinadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya 
qo‘mitasi, Yevropa Kengashi hamda Xukumatlararo jismoniy tarbiya va sport 
qo‘mitasi (SIGEPS) kuzatuvchilar sifatida taklif qilinadi. Tomonlar Anjumani 
boshqa tegishli tashkilotlarni kuzatuvchilar sifatida taklif qilish to‘g‘risida qaror 
qabul qilishi mumkin. 
30 modda — Tomonlar Anjumanining vazifalari 
1. Mazkur Konvensiyaning boshqa bandlarida belgilanganlardan tashqari 
Tomonlar Anjumanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
a) mazkur Konvensiya maqsadlariga yetishda xamkorlik qilish; 
b) Butunjahon antidoping agentligi bilan xamkorlik masalalarini muhokama 
qilish va Agentlikning asosiy yillik byudjetini moliyalashtirish mexanizmlarini 
o‘rganish; 
s) 18-moddaga muvofiq Ko‘ngilli jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish 
rejasini tasdiqlash; 
d) 31-moddaga muvofiq ishtirokchi davlatlar hisobotlarini ko‘rib chiqish; 
ye) 31-moddaga muvofiq mazkur Konvensiya talablariga rioya etilishi 
monitoringining natijalarini doimiy asosda ko‘rib chiqish; 
f) mazkur Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ko‘rib chiqish va 
qabul qilish; 
g) 34-moddaga muvofiq Butunjahon antidoping agentligi tomonidan qabul 
qilingan Taqiqlangan ro‘yhat va aqiqlangan moddalarni terapevtik qo‘llash uchun 
ruhsatnoma berish Standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ko‘rib chiqish; 
h) mazkur Konvensiya doirasida ishtirokchi davlatlar va Butunjahon 
antidoping agentligi o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va mexanizmlarini 
aniqlash; 
i) har sessiyada ko‘rib chiqish maqsadida Kodeks talablariga rioya etilishi 
to‘g‘risida hisobotni taqdim etish haqida Butunjahon antidoping agentligiga 
murojaatnoma yuborish. 
2. O‘z vazifalarini bajarishda Tomonlar Anjumani boshqa xukumatlararo 
organlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. 


27 
31 modda — Tomonlar Anjumaniga taqdim etiladigan ishtirokchi 
davlatlarning hisobotlari 
Ishtirokchi davlatlar ikki yilda bir marta Tomonlar Anjumaniga Kotibiyat 
orqali YUNESKOning rasmiy tillaridan birida mazkur Konvensiya talablarini 
bajarish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tegishli maʼlumot beradilar. 
32 modda — Tomonlar Anjumanining Kotibiyati 
1. Tomonlar Anjumanining Kotibiyati YUNESKO Bosh direktori tomonidan 
taʼminlanadi. 
2. ... 
3. ... 
4. Kotibiyat Tomonlar Anjumaniga xujjatlarni va majlislarning kun tartibi 
loyihalarini tayyorlaydi hamda ularning qarorlarini bajarilishini taʼminlaydi. 
33 modda — Konvensiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish 
1. Har bir ishtirokchi davlat YUNESKO Bosh direktoriga yozma murojaat 
orqali mazkur Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan taklif 
kiritishi mumkin. Bosh direktor bu murojaatni barcha ishtirokchi davlatlarga 
yuboradi. Agar murojaat yuborilganidan keyin olti oy davomida ishtirokchi 
davlatlarning kamida yarmi rozilik bildirishsa, Bosh direktor bu takliflarni 
Tomonlar Anjumanining keyingi sessiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 
2. O‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlar Anjumanida ishtirok etuvchi 
ishtirokchi davlatlarning uchdan ikki ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
3. Mazkur Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qabul qilinganidan 
so‘ng ular ishtirokchi davlatlarga ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki 
xujjatga qo‘shilish uchun taqdim etiladi. 
4. ... 
5. ... 
34 modda — Konvensiya ilovalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qabul 
qilishning alohida tartibi 
... 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin