44
emas. Bu yerda ko‘proq uglevod modda almashuvi
va quvvat manbaalari ustun
keladi: makroergik fosfatlar, glikogen va glyukoza.
3. Yakkakurash
– sport faoliyatiga tegishli ko‘pgina sport turlarini o‘z
ichiga qamrab olgan guruhdir (kurashning
barcha turlari, boks va b.).
Yakkakurashda quvvat sarflanishi jismoniy yuklamalarning notekisligi va
siklikligi, kurash jarayonining konkret sharoitlaridan kelib chiqishi bilan bog‘liq
bo‘lib zarur xollarda o‘ta yuqori shiddatli bo‘lishi mumkin. Jismoniy faoliyatning
turi, davomiyligi va shiddatligi turli farmakologik preparatlarni tanlash uchun asos
bo‘ladi. Bu sport turlarining aksariyati yuqori jaroxatlanish
bilan kechishi bois,
bosh miya mikrotsirkulyatsiyasi va modda almashuvi jarayonlari buzilishining
sababchisi bo‘lishi mumkin, shuning uchun protektorlar sifatida nootrop taʼsirga
ega preparatlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: