Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

Tayanch iboralar: 
Taqiqlangan ro‘yhat, taqiqlangan vositalar, taqiqlangan 
uslublar, doping nazorati, doping-sinama, siydik taxlili, qon taxlili, ijobiy doping-
test natijasi, gumonli doping-test natijasi, salbiy doping-test natijasi, 
diskvalifikatsiya. 
2.1. Taqiqlangan ro‘yxat. Taqiqlangan moddalar va uslublar tasnifi.
Dopingni sportchi organizmining funksional tizimlariga
ko‘rsatadigan salbiy taʼsiri 
 
Xozirgi kunda bir qator dori vositalari musobaqalar davomida sportchilar 
tomonidan foydalanilishi taqiqlangan statusga ega. 1993 yilda Xalqaro olimpiya 
qo‘mitasining Tibbiy bo‘limi tomonidan quyidagi farmakologik preparatlarga taqiq 
qo‘yildi: turli guruh va sinflarga mansub qo‘zg‘atuvchi vositalar (yaʼni 
stimulyatorlar), narkotiklar, og‘riqsizlantiruvchi vositalar, peshob xaydovchi dori 
vositalari, peptid gormonlar va b. Shuningdek, alkogol maxsulotlari, kofe, maxalliy 
anestetik va beta-blokatorlarni qo‘llanilishiga cheklovlar joriy etildi. 
Har bir modda Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatiga 
kiritilishidan avval, yillik «monitoring dasturi»dan o‘tadi. Bu davr ichida 
«monitoring ostida»gi moddalar haqida milliy antidoping agentliklariga maʼlumot 
tarqatiladi, bunday moddalarning ro‘yxati esa BADA saytida eʼlon qilib boriladi. 
Shu yo‘sinda u yoki bu moddaning Taqiqlangan ro‘yxatga kiritish bo‘yicha 
tarafdor va qarshi fikrlar yuzasidan maʼlumot yig‘iladi. Ushbu tartib, masalan, 
meldoniy moddasiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lib, uni Taqiqlangan ro‘yxatga 
kiritilishiga qarshi fikr faqat uning ishlab chiqaruvchi korxona – Grindeks 
kompaniyasidan kelib tushgan. 


48 
Sportchi tomonidan doping isteʼmol qilingani aniqlansa, bu haqida maʼlumot 
tegishli jazo choralarini ko‘rish uchun xalqaro sport federatsiyalariga yuboriladi 
(BADA va antidoping laboratoriyalariga bunday vakolat berilmagan). 
Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni xoxlovchi sportchilar doping-
sinamalar topshirishi shart. 2009 yildan boshlab sportchilar BADAga uch oy 
oldindan o‘z yashash va doylashuvi haqida maʼlumotni taqdim etib borishlari 
lozim. Doping-sinamalar xalqaro doping-ofitserlar, sinamalarning taxlili esa – 
akkreditatsiyalangan 
doping-laboratoriyalar 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 
Ofitserlar milliy antidoping tashkilotlarida akkreditatsiyadan o‘tadilar, lekin 
boshqa davlatlarda ham faoliyat yuritishlari mumkin. Doping aniqlangan taqdirda 
antidoping tashkilotlari uning kelib chiqish sabablarini ispodlash majburiyatiga ega 
emaslar. 
Milliy va xalqaro sport musobaqalari davomida nafaqat sovrindorlar, balki 
qurʼa tashlash yo‘li bilan aniqlangan boshqa ishtirokchilardan ham doping-
sinamalar olinishi mumkin. Barcha sport arenalarida doping nazorati xonalari 
(stansiyalari) bo‘lishi shart. 
Aksariyat sport turlarida aniqlangan doping xolati uchun sportchi ikki yillik 
diskvalifikatsiyaga uchraydi. Antidoping qoidabuzarligi qaytarilgan taqdirda 
sportchiga to‘rt yillik va xatto umrbod muddatga diskvalifikatsiya jazo chorasi 
belgilanadi. 
Sportchi o‘zi isteʼmol qilayotgan barcha maxsulotlar uchun o‘zi masʼulligi 
rasmiy taʼkidlangani sababli, taqiqlangan moddalarni ataylab isteʼmol qilgani yoki 
qilmaganini ispodlash zaruriyati yo‘q deb hisoblanadi. 
Ayrim xollarda sportchilarga davolanish maqsadida taqiqlangan dori 
vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi, bu “terapevtik istisno” deb ataladi. 
Bunda sportchi mazkur dori vositalari salomatligini tiklash uchun zarurligini 
ko‘rsatib berishi zarur. Masalan, tibbiy xujjatlarga ko‘ra, tog‘ chang‘isi sportchilari 
hamda biatlonchilar o‘rtasida astma kasalligi tarqalgani kuzatiladi. Milliy 
antidoping agentligi yoki xalqaro federatsiyaning ruxsatnomasiga muvofiq ular 
BADA Taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan preparatlardan vaqtincha, davolanish 
maqsadida foydalansa bo‘ladi. Misol uchun, birgina 2022 yilda dunyo bo‘yicha 
800 ga yaqin sportchilarga (ular ichida 25 nafar rossiyalik sportchilar ham bor) 
terapevtik maqsadida foydalanish uchun terapevtik ruxsatnomalar olishgan. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin