48
Sportchi tomonidan doping isteʼmol qilingani aniqlansa, bu haqida maʼlumot
tegishli jazo choralarini ko‘rish uchun xalqaro sport federatsiyalariga yuboriladi
(BADA va antidoping laboratoriyalariga bunday vakolat berilmagan).
Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni xoxlovchi sportchilar doping-
sinamalar topshirishi shart. 2009 yildan boshlab sportchilar BADAga uch oy
oldindan o‘z yashash va doylashuvi haqida maʼlumotni taqdim etib borishlari
lozim. Doping-sinamalar xalqaro doping-ofitserlar, sinamalarning taxlili esa –
akkreditatsiyalangan
doping-laboratoriyalar
tomonidan
amalga
oshiriladi.
Ofitserlar milliy antidoping tashkilotlarida akkreditatsiyadan o‘tadilar, lekin
boshqa davlatlarda ham faoliyat yuritishlari mumkin. Doping aniqlangan taqdirda
antidoping tashkilotlari uning kelib chiqish sabablarini ispodlash majburiyatiga ega
emaslar.
Milliy va xalqaro sport musobaqalari davomida nafaqat sovrindorlar, balki
qurʼa tashlash yo‘li bilan aniqlangan boshqa ishtirokchilardan ham doping-
sinamalar olinishi mumkin. Barcha sport arenalarida doping nazorati xonalari
(stansiyalari) bo‘lishi shart.
Aksariyat sport turlarida aniqlangan doping xolati uchun sportchi ikki yillik
diskvalifikatsiyaga uchraydi. Antidoping qoidabuzarligi qaytarilgan taqdirda
sportchiga to‘rt yillik va xatto umrbod muddatga diskvalifikatsiya jazo chorasi
belgilanadi.
Sportchi o‘zi isteʼmol qilayotgan barcha maxsulotlar uchun o‘zi masʼulligi
rasmiy taʼkidlangani sababli, taqiqlangan moddalarni ataylab isteʼmol qilgani yoki
qilmaganini ispodlash zaruriyati yo‘q deb hisoblanadi.
Ayrim xollarda sportchilarga davolanish maqsadida taqiqlangan dori
vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi, bu “terapevtik istisno” deb ataladi.
Bunda sportchi mazkur dori vositalari salomatligini tiklash uchun zarurligini
ko‘rsatib berishi zarur. Masalan, tibbiy xujjatlarga ko‘ra, tog‘ chang‘isi sportchilari
hamda biatlonchilar o‘rtasida astma kasalligi tarqalgani kuzatiladi. Milliy
antidoping agentligi yoki xalqaro federatsiyaning ruxsatnomasiga muvofiq ular
BADA Taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan preparatlardan vaqtincha, davolanish
maqsadida foydalansa bo‘ladi. Misol uchun, birgina 2022 yilda dunyo bo‘yicha
800 ga yaqin sportchilarga (ular ichida 25 nafar rossiyalik sportchilar ham bor)
terapevtik maqsadida foydalanish uchun terapevtik ruxsatnomalar olishgan.
Dostları ilə paylaş: