56
Zamonaviy sportning murakkab muammmolaridan biri qon dopingini
isteʼmol qilishdir. Bu uslubning yuqori quvvat beruvchi taʼsiridan chidamlilikni
talab etuvchi ko‘pgina sport turlari keng foydalanib kelishmoqda. Ajablanarligi
shundaki, ko‘p yillar davomida (1980-2000 yillar) qonning eritrotsitar massasini
yig‘ish, saqlash va sportchi organizmiga quyish sport
ishchanligini oshiruvchi
deyarli legal vositasi bo‘lib kelgani uchun, o‘sha yillarning ko‘pchilik g‘alaba va
rekordlari aynan qon dopingini isteʼmol qilish oqibati bo‘lgan.
Qon dopingi ustidan nisbatan obyektiv nazorat uslublari amaliyotga joriy
etilishi uning farmakologik analoglarini intensiv izlashga turtki bo‘ldi. Natijada
sportga eritropoetin moddasi – anemiyani davolashda klinik foydalanish uchun
tavsiya etilgan preparat keng kirib keldi. Deyarli 10 yil, 1990 yillarning ohirigacha,
sportda
taqiqlanishiga qadar, bu preparatdan sportchilar to‘siqsiz foydalanib
kelishgan.
Ohirgi yillarda antidoping nazorati tizimi yana bir muammo bilan to‘qnashdi
– bu biologik faol qo‘shimchalar va maxsus sport oziqlanishlarni ishlab chiqarish
industriyasining jadal rivojlanishidir. Gap shundaki, ushbu biologik faol
qo‘shimchalarning qadoqlarida doim ham haqiqiy tarkibidagi moddalar aks
ettirilmaydi. Natijada mazkur qo‘shimchalarda
anabolik steroidlar, efedrin va
boshqa taqiqlangan preparatlar aniqlanishi mumkin. Ozuqaviy qo‘shimchalardan
foydalanish oqibatida doping-nazoratidan keyin ko‘plab ijobiy doping-testlar
aniqlanishi qayd etildi. Shu bilan birga, xozirda biologik faol qo‘shimchalarni
olimpiya va professional sportda isteʼmol qilinishi juda ommalashib ketdi. Silney-
2000 Olimpiya o‘yinlaridayoq sportchilarning 78,6% turli biologik faol
qo‘shimchalaridan foydalangani aniqlandi.
Xulosa
qilib etganda, sportda dopingni tarqalishi haqida fikr yuritganda,
quyidagilarni taʼkidlash lozim. Doping turli mamlakatlarning nafaqat oliy sport
(olimpiya va professional sport), balki xavaskorlik sportida va xatto bolalar va
o‘smirlar sportida ham keng tarqalgan. Ehtimol, dopingdan erkak sportchilar
ayollarga nisbatan ko‘proq foydalanishar, lekin
bu haqida aniq statistik
maʼlumotlar yo‘q. Shubhasiz, xozirda olimpiya sport turlarida noolimpiya sport
turlariga ko‘ra doping nisbatan kamroq tarqalgan, chunki olimpiya sport turlarida
qatʼiy doping nazorati o‘rnatilgan. Olimpiya sport turlari ichida taqiqlangan
moddalar va uslublarni isteʼmol qilishda og‘ir va yengil atletika peshqadamlik
qiladi. Lekin taqiqlangan moddalar va uslublar barcha
sport turlarida tarqalgan
desa mubolag‘a bo‘lmaydi (har xolda doping qo‘llanilmaydigan sport turini
aniqlashning o‘zi qiyin masala). Zamonaviy sportda doping tarqalishining asosiy
sababi – ko‘pchilik murabbiy va sportchilarning taqiqlangan modda va uslublardan
foydalanmasdan turib jiddiy sport natijalariga erishish mumkinmas degan fikri.
57
Nihoyat, Taqiqlangan ro‘yxatga anchagina moddalar, dori vositalari va uslublar
kiritilganiga qaramay, haqiqatda sportchilar tomonidan
ularning cheklangan
miqdori
isteʼmol
qilinadi
(asosan
anaboliklar,
stimulyatorlar,
beta-
adrenomimetiklar). Mavjud doping nazorati tizimi asosan oliy sport sportchilari
tomonidan taqiqlangan modda va uslublarni isteʼmol qilish qo‘lamini sezilarli
cheklaydi. Lekin zamonaviy sportdagi doping muammosini bular to‘laligicha
bartaraf etolmayapti.
Dostları ilə paylaş: