5
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi:
tinglovchilar tomonidan tayyorlanadigan paralimpiya
sporti bilan shug‘ullanuvchi salomatligi bo‘yicha imkoniyatlari cheklangan
shaxslarda dopingga qarshi kurashish sohasida nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirish, mustahkamlash va oshirish orqali sportda dopingni
qo‘llashga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Modulining vazifalari:
Sportda taqiqlangan modda va uslublar qo‘llanishining tibbiy, ijtimoiy va
huquqiy oqibatlarini o‘rganish;
Sportda qo‘llaniladigan farmakologik dori vositalari, ozuqaviy qo‘shimchalar
va boshqa moddalarning asosiy guruhlarini o‘rganish;
Tinglovchilarga farmakologik dori vositalari, ozuqaviy qo‘shimchalar va
boshqa moddalarning nogironlar organizmi hamda alohida aʼzolar va tizimlari
faoliyatiga ko‘rsatadigan taʼsirlar qonuniyatlari to‘g‘risida tushuncha berish;
Salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarda doping nazorati
jarayonining tartibini, mazkur jarayon davomida sportchilarning huquq va
majburiyatlari to‘g‘risida tushuncha berish;
Tinglovchilarda
fan
doirasida
bilim,
malaka
va
ko‘nikmalarnitakomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: