: bugungi g‘alaba uchun o‘z sog‘lig‘ini vayron qiluvchi vositalardan foydalanmaslik lozim. Doping vositalar guruhlari Qo‘zg‘atuvchi vositalar (stimulyatorlar) Qo‘zg‘atuvchi vositalar, yaʼni stimulyatorlar, markaziy va periferik asab
tizimiga taʼsir ko‘rsatadilar. Masalan, ular qatoriga quyidagi vositalarni kiritish
mumkin: amfetamin, efedrin, psevdoefedrin, kokain, kofein va strixnin, fenotropil,
mezokarb (sidnokarb). Bu birikmalarning ko‘pi shamollashga qarshi dori vositalari
tarkibidan o‘rin olgan. Shu sababli eng oddiy dori-darmonni isteʼmol qilishdan
avval sportchi uning tarkibida taqiqlangan ingrediyentlari yo‘qligini tekshirishi
zarur. Meʼyoriy jismoniy yuklamalar berilgan chog‘da xatto kichik dozalarda
qabul qilingan stimulyatorlar insonda qon bosimini ko‘tarilishiga, yurak faoliyatini
tezlashishiga; termoregulyatsiyaning buzilishiga (keyinchalik kollaps va olim
xolatiga olib kelishi darajasigacha); tobelik va ruhiy buzilishilar paydo bo‘lishiga
olib kelishi mumkin.
Eng ko‘p isteʼmol qilinadigan stimulyator – bu kofein. Xozirgi vaqtda u
sportchilar tomonidan isteʼmol qilinishiga taqiq yo‘q, chunki kofein kofe va
choyning tarkibiga kiradi. Stimulyatorlar faqat musobaqa davrida taqiqlangan
bo‘lib, musobaqadan tashqari davrda ularni sportchining organizmida aniqlanishi
antidoping qoidabuzarligi deb hisoblanmaydi.
Og‘riqsizlantiruvchi vositalar (anestetiklar) Narkotik og‘riqsizlantiruvchi vositalar og‘riqning turi va kelib chiqishidan
qatʼiy nazar og‘riqqa taʼsirchanlikni sezilarli darajada pasaytiradi. Sportchilar
ularni odatda lat yeyish va boshqa turli jarohatlardan keyingi tiklanish jarayonini
qisqartirish maqsadida isteʼmol qilishadi. Bu guruhdagi vositalardan faqat
musobaqa davrida foydalanish taqiqlangan. Nosteroid analgetiklar Butunjahon
antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilmagan.