53
Ayrim xollarda sportchilarga taqiqlangan preparatlarni isteʼmol
qilishga
ruxsat beriladi (terapevtik istisno tariqasida). Bunda sportchi ushbu preparatlardan
foydalanish uning salomatligi uchun muhimligini tasdiqlashi zarur. Misol uchun,
tibbiy xujjatlarga muvofiq, tog‘ chang‘isi va biatlonchilar o‘rtasida astma kasalligi
tarqalgan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va sport turi bo‘yicha
xalqaro
federatsiyaning ruxsatiga ko‘ra ular Butunjahon antidoping agentligining
Taqiqlangan ro‘yxatiga kiritilgan preparatlarni isteʼmol qilishi mumkin.
Mazkur
preparatlar bosh miyaga anabolik va psixotrop taʼsir ko‘rsatib, nafas olish
funksiyasini yaxshilash orqali mushaklarga yetib borishi uchun o‘pkalardagi
kislorod miqdorini ko‘paytiradi.
Dostları ilə paylaş: