Sportda doping nazorati


Qo‘llaniladigan moddalarning sinflari



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

Qo‘llaniladigan moddalarning sinflari
Suzish sport turida taiiilangan moddalar nisbatan kam ishlatiladi, asosan 
testosteron preparatlaridan foydalaniladi. Stimulyatorlar sinfida ijobiy doping-
testlar aksariyat xollarda efedrin va psevdoefedrin moddalari hisobiga bo‘ladi. 
Doping isteʼmolida ayblangan xitoylik ayol sportchilar 10 yil davomida (2008-
2018 yy.) faqat anabolik steroidlarlan foydalanishgan. Myunxen-1972 Olimpiya 
o‘yinlarida 5 ta ijobiy doping-test aniqlangan bo‘lsa, ularning barchasida 
stimulyatorlar topilgan. 1986 yildan beri qo‘zg‘atuvchilarni (26,3%), narkotik 
vositalarni (4,6%), anabolik steroidlarni (65,3%), β-adrenoblokatorlarni (3,4%) 
isteʼmol qilish, preparatlarning turli sinflarining o‘zaro muvozanati nisbatan 
o‘zgarishsiz suratni ko‘rsatib kelmoqda. 2018 yilda antidoping laboratoriyalari 
tomonidan 147069 ta doping-sinamalar tekshirilgan bo‘lib, ulardan 3604 tasi ijobiy 
natijani ko‘rsatdi (2,45%). Shulardan yarmidan ko‘pi (1991) anabolik steroidlarni 
isteʼmol qilish bilan bog‘liq. 2022 yilda Butunjahon antidoping agentligi 
tomonidan akkreditatsiyalangan antidoping laboratoriyalar tomonidan 1251 ta 
sinmada taqiqlangan moddalar aniqlangan, shu jumladan: stimulyatorlar – (21,1%), 
narkotik vositalar – (8,2%), anaboliklar – (57,3%), beta-adrenoblokatorlar – 
(0,1%), diuretik vositalar – (5,6%), boshqa moddalar – (6,3%). 
2018 yilda antidoping laboratoriyalarida 125 mingdan ortiq doping-
sinamalar taxlil qilingan, ulardan ijobiy natija 1,65% xolatlarda kuzatilgan; 2019 
yilda–151 mindgan ortiq doping-sinama, ijobiy natija – 1,62%; 2020 yilda–169 
mingdan ortiq doping-sinama, ijobiy natija– 1,72%; 2021 yilda–183 mingdan ortiq 
doping-sinama, ijobiy natija – 2,13%; 2022 yilda–198 mingdan ortiq doping-
sinama, ijobiy natija– 1,96%. Eng ko‘p anabolik agentlar, β-adrenomimetiklar, 


55 
kannabinoidlar va stimulyatorlar topilgan. Boshqa moddalar va uslublar, shu 
jumladan diuretiklar, kam aniqlangan. Shvetsiyada oliy mahoratli sportchilar 
o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, 94% (2004) 
shvetsiyalik yetakchi og‘ir atletikachilar 10 yil davomida yiliga 3-4 marta anabolik 
steroidlarni yuqori miqdorda (xaftasiga 50-500 mg) va uzoq muddat davomida (4-6 
xafta) isteʼmol qilib yurishgani aniqlangan. Turli tadqiqotchilar va xukumatlararo 
tashkilotlarning maʼlumotiga muvofiq, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Butunjahon 
antidoping agentligining maʼlumotiga ko‘ra olimpiya sportida doping ancha keng 
tarqalgani kuzatilmoqda. Xususan, jahonning turli mamlakatlarida bir necha 
million sportchi doping isteʼmol qilishi, 30% dan ortiq murabbiylar dopingsiz 
jahon rekordlarini o‘rnatib bo‘lmasligiga ishonchi komilligi, shu sababli o‘z 
faoliyatida ular dopingdan foydalanishlari haqida maʼlumot olindi. Kanadada 
faoliyat ko‘rsatayotgan «Dopingsiz sport» markazining maʼlumotiga ko‘ra, 11-18 
yoshdagi 83 ming kanadaliklar anabolik steroidlarni isteʼmol qilib, ulardan 53,9% 
sport natijalarini yaxshilash uchun, qolganlari esa – tashki ko‘rinishini o‘zgartirish 
maqsadini ko‘zlashgan ekan. Bundan tashqari, kanadaliklar boshqa preparatlarni – 
kofein, stimulyatorlarni, og‘riqsizlantiruvchi va peshob xaydovchi vositalarni 
isteʼmol qilisharkan. Yosh kanadaliklarning fikricha, preparatlar yordamida sport 
natijalarini sezilarli darajada oshirish mumkin va bunda anabolik steroidlar va 
stimulyatorlarning samarasi ayniqsa yuqori. Ayol kanadaliklar o‘rtasida ham 
erkaklar singari doping isteʼmoli teng tarqalgan ekan. 
Xozirda ommaviy axborot vositalarida Germaniya Federativ Respublikasida 
1991 yilgacha dopingni tarqalishi haqida xabarlar joylashtirilyapti. Ularda 
Germaniyada shu davr ichida sportda taqiqlangan moddalardan foydalanish 
bo‘yicha maxfiy davlat dasturi bo‘lgani to‘g‘risida etilib, dastur yuzasidan 
quyidagi ishlar bajarilgani taʼkidlanadi: 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin