Sportda doping nazorati


§ Yuqori samarali farmakologik preparatlarni, shu jumladan, sportda  taqiqlangan ko‘plab moddalarni yaratish va natijadorligini aniqlash;  §



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

§
Yuqori samarali farmakologik preparatlarni, shu jumladan, sportda 
taqiqlangan ko‘plab moddalarni yaratish va natijadorligini aniqlash; 
§
Ushbu preparat va moddalarni u yoki bu sport turining va sportchilarni 
tayyorlash dasturining xususiyatidan, mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarining 
dinamikasidan kelib chiqqan xolda qo‘llash sxemalarini yaratish; 
§
Isteʼmol qilingan taqiqlangan moddalarni yashirish bo‘yicha yuqori 
samarali tizimni, shu jumladan maxsus ovqatlanish sxemalari va farmakologik 
dasturlarni ishlab chiqish hamda ayrim tashkiliy masalalarni amalga oshirish 
(sportchilarni tayyorlash davrida doping isteʼmol qilingani ochiqlanib qolishi 
mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik); 
§
Isteʼmol qilingan taqiqlangan moddalarni yashirish va ularni organizmdan 
chiqarib tashlash bo‘yicha yuqori samarali milliy doping nazorati tizimini yaratish. 


56 
Zamonaviy sportning murakkab muammmolaridan biri qon dopingini 
isteʼmol qilishdir. Bu uslubning yuqori quvvat beruvchi taʼsiridan chidamlilikni 
talab etuvchi ko‘pgina sport turlari keng foydalanib kelishmoqda. Ajablanarligi 
shundaki, ko‘p yillar davomida (1980-2000 yillar) qonning eritrotsitar massasini 
yig‘ish, saqlash va sportchi organizmiga quyish sport ishchanligini oshiruvchi 
deyarli legal vositasi bo‘lib kelgani uchun, o‘sha yillarning ko‘pchilik g‘alaba va 
rekordlari aynan qon dopingini isteʼmol qilish oqibati bo‘lgan.
Qon dopingi ustidan nisbatan obyektiv nazorat uslublari amaliyotga joriy 
etilishi uning farmakologik analoglarini intensiv izlashga turtki bo‘ldi. Natijada 
sportga eritropoetin moddasi – anemiyani davolashda klinik foydalanish uchun 
tavsiya etilgan preparat keng kirib keldi. Deyarli 10 yil, 1990 yillarning ohirigacha, 
sportda taqiqlanishiga qadar, bu preparatdan sportchilar to‘siqsiz foydalanib 
kelishgan. 
Ohirgi yillarda antidoping nazorati tizimi yana bir muammo bilan to‘qnashdi 
– bu biologik faol qo‘shimchalar va maxsus sport oziqlanishlarni ishlab chiqarish 
industriyasining jadal rivojlanishidir. Gap shundaki, ushbu biologik faol 
qo‘shimchalarning qadoqlarida doim ham haqiqiy tarkibidagi moddalar aks 
ettirilmaydi. Natijada mazkur qo‘shimchalarda anabolik steroidlar, efedrin va 
boshqa taqiqlangan preparatlar aniqlanishi mumkin. Ozuqaviy qo‘shimchalardan 
foydalanish oqibatida doping-nazoratidan keyin ko‘plab ijobiy doping-testlar 
aniqlanishi qayd etildi. Shu bilan birga, xozirda biologik faol qo‘shimchalarni 
olimpiya va professional sportda isteʼmol qilinishi juda ommalashib ketdi. Silney-
2000 Olimpiya o‘yinlaridayoq sportchilarning 78,6% turli biologik faol 
qo‘shimchalaridan foydalangani aniqlandi. 
Xulosa qilib etganda, sportda dopingni tarqalishi haqida fikr yuritganda, 
quyidagilarni taʼkidlash lozim. Doping turli mamlakatlarning nafaqat oliy sport 
(olimpiya va professional sport), balki xavaskorlik sportida va xatto bolalar va 
o‘smirlar sportida ham keng tarqalgan. Ehtimol, dopingdan erkak sportchilar 
ayollarga nisbatan ko‘proq foydalanishar, lekin bu haqida aniq statistik 
maʼlumotlar yo‘q. Shubhasiz, xozirda olimpiya sport turlarida noolimpiya sport 
turlariga ko‘ra doping nisbatan kamroq tarqalgan, chunki olimpiya sport turlarida 
qatʼiy doping nazorati o‘rnatilgan. Olimpiya sport turlari ichida taqiqlangan 
moddalar va uslublarni isteʼmol qilishda og‘ir va yengil atletika peshqadamlik 
qiladi. Lekin taqiqlangan moddalar va uslublar barcha sport turlarida tarqalgan 
desa mubolag‘a bo‘lmaydi (har xolda doping qo‘llanilmaydigan sport turini 
aniqlashning o‘zi qiyin masala). Zamonaviy sportda doping tarqalishining asosiy 
sababi – ko‘pchilik murabbiy va sportchilarning taqiqlangan modda va uslublardan 
foydalanmasdan turib jiddiy sport natijalariga erishish mumkinmas degan fikri. 


57 
Nihoyat, Taqiqlangan ro‘yxatga anchagina moddalar, dori vositalari va uslublar 
kiritilganiga qaramay, haqiqatda sportchilar tomonidan ularning cheklangan 
miqdori 
isteʼmol 
qilinadi 
(asosan 
anaboliklar, 
stimulyatorlar, 
beta-
adrenomimetiklar). Mavjud doping nazorati tizimi asosan oliy sport sportchilari 
tomonidan taqiqlangan modda va uslublarni isteʼmol qilish qo‘lamini sezilarli 
cheklaydi. Lekin zamonaviy sportdagi doping muammosini bular to‘laligicha 
bartaraf etolmayapti. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin