Amaliy mashg‘ulot maqsadi:
Doping nazorati bosqichlari, tartibi va jarayonini o‘rganish. Taqiqlangan
moddalar, preparatlar va uslublar isteʼmolining tibbiy oqibatlari: sportchi
salomatligiga ko‘rsatadigan ziyoni; ijtimoiy oqibatlari: jarimaga tortilgan
sportchining jamiyatda tutgan o‘rni; huquqiy oqibatlari: sportchini maʼmuriy va
jinoiy jazoga tortilishi tamoyillari bilan tanishish.
Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha materiallar tahlil qilinib, kichik guruhlar yoki
juftliklarda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalangan
holda berilgan topshiriqlar bajariladi.
69
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha materiallar:
Topshiriqlar: to‘g‘ri javobni ko‘rsating
Doping nazorati kim tomonidan
amalga oshiriladi?
Doping nazorati milliy antidoping
tashkiloti, xalqaro sport federatsiyasi,
Butunjahon antidoping agentligi doping
nazoratchilari tomonidan amalga oshiriladi
Doping-sinama asosan qaysi
biologik muhitlardan olinadi?
Doping-sinama asosan qon va siydik
biologik muhitlaridan olinadi
Eng qo‘pol antidoping
qoidabuzarlik turiga qaysi kiradi?
Eng qo‘pol antidoping qoidabuzarlik turiga
doping-sinamani almashtirish yoki uning
tarkibiga o‘zgartirish kiritish kiradi
Antidoping qoidabuzarligi uchun
ko‘zda tutilgan eng og‘ir jazo?
Antidoping qoidabuzarligi uchun ko‘zda
tutilgan eng og‘ir jazo bu – sportdan
umrbod chetlashtirish
Taqiqlangan moddalar, preparatlar
va uslublar isteʼmolining asosiy
tibbiy oqibati?
Taqiqlangan moddalar, preparatlar va
uslublar isteʼmolining asosiy tibbiy oqibati
bu – sportchining salomatligi jiddiy
zararlanishi
|