2.2. Musobaqadan tashqari va musobaqa davrida doping nazoratini
tashkil etish tamoyillari. Paralimpiya sportchilari ustidan
doping nazoratini o‘rnatish xususiyatlari
58
59
60
61
62
63
64
“Nohaq yo‘lda g‘alaba qozongandan ko‘ra,
haq yo‘lda mag‘lub bo‘lgani afzal”
(Sitseron)
Zamonaviy katta sportda doping bilan bog‘liq turli mo‘jarolar avjiga
chiqqanligi hech kimni xayron qilmay qoldi. Buning sababi, bir tomondan,
sportchilarni doping moddalarini isteʼmoliga bo‘lgan moyilligi ortayotgani bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, doping xolatlari tez fursatda oshkora qilinishi, shuningdek,
antidoping laboratoriyalarining aniqlash uslublari avvalgilari bilan solishtirganda
jadal mukammalashib borishidadir.
Sportda dopingga qarshi samarali kurashsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi. Bu
serqirra muammoni keskin kamaytirish va deyarli yo‘q qilish faqat o‘zimizning –
sport ahli va keng jamoatchilikning qo‘lidadir.
Nega sportda dopingga qarshi kurashish, etaylik faqat O‘zbekiston Milliy
antidoping agentligi vazifasi emas, balki sport ahli va keng jamoatchilikning ham
vazifasi deb taʼkidlayapmiz? Chunki sal kam 60-yillik jahon tajribasi shuni
ko‘rsatib turibdiki, sportda doping muammosi shunchalar o‘rnashib olganki, bu
illatning ildizlari shunchalar mustahkamki, uni yo‘q qilish uchun birgina agentlik
yoki boshqa idoraning na insoniy, na moliyaviy resurslari yetadi. Umuman
olganda, milliy antidoping agentliklari sohada tartibga soluvchi regulyator
vazifasini o‘tash uchun tashkil etiladi. Ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bu –
sportchilardan doping-sinamalarni yig‘ish, dopingning sportchilar salomatligiga
ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari haqida maʼlumot tarqatish va dopingchilarni
sportdan chetlashtirishdir.
Xo‘sh, milliy sportimizda doping muammosining yechimini qayerdan
boshlashimiz lozim? Buning uchun birinchi navbatda, “Zamonaviy o‘zbek
sportining yutuqlarini ko‘rolmaydiganlar talaygina, ular sportchilarimizga qarshi
turli fitnalar uyushtirib, ularni dopingda asossiz ayblashyapti” kabi buzg‘unchi va
bemaʼni fikrdan qaytish va vaziyatni tanqidiy taxlil qilish lozim. Haqiqat shuki,
o‘ziga xalol sportchini hech kim va hech qaysi qudratli tashkilot ham “dopingchi”
deb asossiz ayblolmaydi. Misol qilib etish joizki, xuddi shu fikrda bo‘lib, aslida
sohada tizimli kamchiliklarni tan olmay o‘zining kasbiy qobiliyatsizligini yashirish
maqsadida bizga yaqin qo‘shni davlatlardan biri mana sal kam o‘n yildan beri
masalani konstruktiv yechimidan ko‘ra, uni siyosiylashtirishni afzal ko‘rdi va
haligacha chigalli vaziyat kurshovidan chiqolmayapti. Vaholanki, Xalqaro
olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari hamda xalqaro sport federatsiyalari tomonidan
ushbu davlatning sportchilari va sport mutasaddilariga qarshi qo‘yilgan barcha
doping-ayblovlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan qirqdan ortiq ishlar mutlaq mustaqil
65
bo‘lgan Oliy sport arbitraj sudida o‘zganilib, o‘z tasdig‘ini to‘liq topgan.
Ikkinchi navbatda, shuni taʼkidlash joizki, boshqa sohalar kabi, sport
sohasida ham turli tuman, lekin sportga bevosita aloqasi yo‘q manfaatlar va ularni
qondirish yo‘lida sodir etilayotgan korrupsion xarakatlarga qarshi kurashish lozim.
Bu maʼnoda qanchalik xayratlanarli tuyulmasin, lekin sportda doping isteʼmoli va
korrupsiya muammolari chambarchas bog‘liqligi mavjud. Bu qatorda eng ko‘zga
tashlanarli xolatni, masalan, “sportchi – murabbiy – sport federatsiyasi” zanjiri
misolida kuzatishimiz mumkin: hech kimga sir emaski, nafaqat yirik g‘alabaga
erishgan sportchi, balki uning murabiyi va tegishli sport federatsiyasining
rahbarlari davlatimiz tomonidan yuksak eʼtiborga olinib, ularga turli mukofotlar,
qimmatbaho sovrinlar, unvon-u darajalar, imtiyoz-u imkoniyatlarni taqdim etish
xavas qilsa arzigulik odatga aylangan. Endi faraz qilaylikchi, agar sportchi ushbu
g‘alabasini doping hisobiga qo‘lga kiritgan bo‘lsa, unda nima bo‘ladi? Sportchi
nimalardan mahrum bo‘ladi? Bu holatda u Butunjahon antidoping kodeksiga
asosan maʼlum muddatga sportdan chetlashtiriladi xolos, lekin u va uning
atrofidagi shaxslar davlatimizni, yaʼni siz bilan bizni, Prezidentimizni,
Hukumatimizni aldaganicha qolaverib, hech qanday javobgarlikka tortilmaydi,
ularga tuhfa etilgan barcha imtiyozlar va mukofotlar o‘z egasida qoladi, ularning
bu
firibgarlik
qilmishlariga
nisbatan
jamiyatimiz
tomonidan
norozilik
bildirilmaydi, aksincha, ko‘plab xollarda ommaviy axborot vositalarida ularning
“matonati”, “vatanparvarligi” va “qaxramonligi” haqida targ‘ibot-tashviqot
materiallari uzatib boriladi.
Natijada, “ulkan” maqsad yo‘lida hech narsadan qaytmaslik, davlat va
jamiyat manfaati va obro‘sini chetga surib o‘zining shaxsiy manfaatini yuqori
qo‘yish kayfiyati allaqachon ustunlik qila boshlaganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Bugun korrupsiya haqida qancha ko‘p gapirmaylik, har qanday jamiyatda
korrupsiyaga qarshi kurashning oddiy yechimi bor: mamlakatda qonunlar va
javobgarlik hamma uchun teng bo‘lishi, hech kim jazodan qochib qutilolmasligi va
shunchaki kechirilmasligi kerak.
Mavjud qarashlarga ko‘ra, sportda korrupsiyaning paydo bo‘lishi omillari
quyidagicha:
1. Insonning shaxsiy g‘arazlari: mukofot-u unvonlar, ularning ketidan turli
imtiyoz va imkoniyatlar, tezroq va ko‘proq shon-shuxrat, taniqlik va moddiy
boyliklarni qo‘lga kiritish. Yaʼni nafs omili.
2. Sportchi, murabbiy va sport mutasaddilarida asl vatanparvarlik va
adolatga chaqiruvchi axloqiy tuyg‘ularni so‘ngishi. Yaʼni sportning tarbiyaviy
omili izidan chiqishi.
3. Sportchi, murabbiy va sport mutasaddilarining fasodga beparvoligi va
66
unga butunlay ko‘nikib ketishi, “sportchi o‘zining mahorati va matonati evaziga
emas, balki doping kuchi bilan g‘alaba qozonadi, biz ham shunday qilmasak,
maqsadimizga erishmaymiz” degan tushunchaning hukm surishi. Yaʼni maqsad
sari har qanday nopoklik, firibgarlikni oqlash omili.
4. Sportdagi korrupsiyaga yo‘l ochib beruvchi buzuq muhit omili. Bu
sportga tegishli reglament, tartib va qoidalar, masalan, sportchini terma jamoa
tarkibiga g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kiritish, uni sport musobaqasida ishtirok etishi
uchun saralash va boshqa tartiblardagi buzuqlik va yaratilgan imkoniyatlardan
hamma sportchilar teng foydalanolmasligi, buning uchun shaffof imkoniyat
berilmagani. Tegishli meʼyoriy xujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ular to‘liq
ishlamasligi yoki ular ustidan jamoat nazorati yo‘qligi.
Mamlakatimiz aholisi singari sportchilarimizning aksariyati islom eʼtiqodiga
mansubligini inobatga olsak, dinimizda yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillar
keskin qoralanadi. Shunga qaramasdan, “Allohga shukr”, deb dopingdan
foydalanayotgan sportchilar, shunga daʼvat qilayotgan, kerak bo‘lsa ularni doping
isteʼmol qilishga majburlayotgan murabbiy va boshqa sport mutasaddilari, afsuski,
sportimizda yo‘q emas. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish davlat eʼtibori va
siyosati darajasigacha ko‘tarilgan ekan, bunday “uddaburonlarning” qilmishlarini –
o‘z nomi bilan taʼriflaganda – jinoiy firibgarliklarini kuzatayotgan keyingi
avlodning xalol sportchi va murabbiylarining umidlari batamom so‘nadi, “adolatli
sport”, “shaffof baxs”, “olimpiya ruhi”, “xalol raqobat” tushunchalari buzilib,
g‘ayritabiiy tusga aylanadi, katta sportning ommalashishi va rivojlanishi
oqsoqlanadi, qolaversa bu xolatlarga guvoh bo‘layotgan jamiyatimizning avval
sport ahliga, keyin esa uni chin maʼnoda ham moddiy, ham maʼnaviy qo‘llab-
quvvatlab kelayotgan Xukumatimizga nisbatan ishonchi yo‘qolib boraveradi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida shakllangan “G‘alaba va medallarga
erishish uchun barcha vositalar yaxshi” degan zararli qarashdan bugun mutlaqo
voz kechish zarur. Chunki “barcha vositalar” tushunchasiga doping isteʼmol qilish
ham mazmunan to‘g‘ri kelib, o‘zbekistonlik dopingchi sportchilar va ularning
hamtovoqlari uchun bu allaqachon o‘ziga hos oqlovchi shiorga aylanib qoldi.
Aynan shu sababli Xukumatimiz bizga doping evaziga, yaʼni sportcha firibgarlik
yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan sharmandali g‘alabalar va sohta qahramonlar
kerakmas, ular mamlakatimizning xalqaro sport va boshqa maydonlaridagi
obro‘siga putur yetkazadi; sportchilar va sport mutasaddilaridan faqat munosib
ishtirok va xalol baxs talab etiladi, deb bejiz bod-bod takrorlamayapti.
Doping isteʼmol qilishda qo‘lgan tushgan sportchilar, ularni tarbiyalagan
murabbiylar va qo‘llab-quvvatlagan yoki eʼtiborsizlik qilgan sport tashkilotlarining
mutasaddilariga nisbatan, ularning unvoni va mansabidan qatʼiy nazar tegishli jazo
67
muqarrarligini taʼminlash zarur.
«Xalqni rozi qilish» iborasining mohiyati keng. Ahir xalol sportchilar
xalqimizning bir qismi. Agar sport mutasaddisi muayyyan dopingchini qo‘llab-
quvvatlamay, o‘zining manfaati yo‘lida unga shart-sharoit yaratish evaziga xalol
sportchilarning rizqini uzmay, o‘zining vazifasini o‘sha xalol sportchilar roziligi
uchun qilsa, mamlakatimizda ommaviy va professional sport bilan faol
shug‘ullanuvchi qariyb to‘rt million sportchiga, shu jumladan, nogiron
sportchilarga qilingan yaxshilikning savobiga ega bo‘ladi. Ular orasida duo
qiladigani va duosi qabul bo‘ladigani qancha?
Yuqoridagilarni inobatga olib, bizda eskirgan boshqaruv uslubi va
qarashlardan voz kecholmayotgan sport federatsiyalari, uyushmalari, Milliy
olimpiya qo‘mitasi tomonidan oliy maxorat sportini muvofiqlashtirish va uni
boshqarish tizimini isloh qilish, uni zamonaviy sport menejmenti qonuniyatlari
asosida amalga oshirish vaqti ham keldi. Xalqaro tajriba misolida taʼkidlash
lozimki, aynan shundagina sportchilarimizning g‘alabalari quruq maqsad yoki
“chopgan omad” evaziga emas, balki mamlakatda professional sport va ketidan
uning mustahkam poydevori bo‘lmish ommaviy sportning qadamba-qadam
rivojlanib borayotganining uzviy oqibati sifatida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu,
o‘z navbatida, doping muammosini yengishda katta ko‘mak bo‘ladi.
Pirovardida, dopingga qarshi kurashish yo‘lidagi barcha xarakatlar eng
asosiy mezon – adolatga borib taqaladi. Adolat bo‘lsa, xalol sportchilar har qanday
qiyinchilikka chidaydi, har qanday jismoniy yuklamalar va ruxiy mashaqqatlarga
bardosh beradi. Toki og‘ir mehnatiga yarasha qadr ko‘radi, jamiyat va davlatdan
rozi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘zbek sportida va unga uzviy bog‘liq bo‘lgan
dopingga qarshi kurashish xarakatida ulkan turtki bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |