52
vositalarni xaydashni yoki peshob zichligining
kamayishi hisobiga ulrani
yashirishni taʼminlaydi.
Lekin diuretiklar organizmning suv-elektrolit muvozanatini jiddiy
buzilishiga, qon
bosimining keskin pasayishiga, yurak ritmining buzilishiga va
to‘satdan o‘lim xolatiga olib kelishi mumkin.
Peptid gormonlar
Peptid gormonlarga
misol qilib insulin, o‘sish gormoni, eritropoetinni
ko‘rsatish mumkin. Yoshlarda o‘sish gormoni gigantizmga (juda baland bo‘y
o‘sish), kattalarda esa – akromegaliyaga, yaʼni tananing ayrim
qismlarining, asosan
qo‘l va oyoq panjalarining patologik kattalanishiga olib keladi. Buyraklarda ishlab
chiqadigan eritropoetin qon eritrotsitlarini ishlab chiqishi va rivojlanishinin
tartibga soladi. Uni isteʼmol qilish yuqori balandlik
sharoitida uzoq muddatli
mashg‘ulotlar natijasini yaxshilashga qaratilgan. Lekin bunda qon quyilishining
oshishi va o‘z navbatida qon tomirlarining trombozi, keyinchalik miokard infarkti
va ko‘pincha uyqu paytida o‘lim xolatini vujudga keltirishi suskin. Deyarli barcha
yuqorida ko‘rsatilgan doping vositalari dori-darmon sifatida qo‘llaniladi. Ammo
bunda ular shifokor nazoratida isteʼmol qilinadi.
Bemorga jismoniy yuklamalar
buyurilmaydi, u turli ximoyalovchi preparatlardan foydalanadi va maxsus parhezli
taomlarni isteʼmol qiladi.
Dostları ilə paylaş: