51
gormonining sintetik analogidir. Anaboliklar organizmga ikki xil taʼsir ko‘rsatadi:
bir tomondan, ular organizmda oqsilni xazm bo‘lishi, mushak xajmini ko‘payishi,
erkakcha tana tuzilishini rivojlanishini kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, erkaklarga
xos jinsiy belgilarni rivojlanishini tezlashtiradi (androgen taʼsir, yaʼni
maskulinizatsiya). Ushbu ikkala taʼsir biri biridan ajralmas tusga ega. Anabolik
steroidlar uzoq taʼsir etuvchi doping vositasi sifatida qo‘llanilgan
taqdirda sport
natijalarini ishonchli yaxshilashi mumkin. Anabolik steroidlarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri – bu nuklein kislotalar va oqillarni xamda organizm
xujaylarining tarkibiy elementlarini sintez qilish orqali suyak va mushak
to‘qimalarida
reparatsiya
jarayonlarini
faollashtirishdan
iborat.
Ular
aminokislotalarni ingichka ichakda so‘rilishini taʼminlaydi, eritropoetin (qon ishlab
chiqish jarayonini kuchaytiruvchi modda) ishlab chiqishini
hamda suyak iligida
anabolik jarayonlarini (anemiyaga qarshi taʼsiri) faollashtiradi. Anaboliklar azot
moddasini almashinuviga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi: organizmda azotni ushlab
qoladi, buyraqlar orqali mochevina moddasini
ajralib chiqishini kamaytiradi;
oqsillarni sintez qilish uchun zarur bo‘lgan kaliy, oltingugurt va fosfor moddalarni
organizmdan ajralib chiqishini sekinlashtiradi; natriy va suvning reabsorbsiyasini
kuchaytiradi.
Anaboliklar
suyaklarda
kalsiyni
mustahkamlab
olinishini
taʼminlaydi.
Shu bilan birga anaboliklarni nazoratsiz isteʼmoli
ruhiy buzilishlarga, jigar
yetishmovchiligiga, jigar va o‘pkada o‘smalar paydo bo‘lishiga, turli sklerozlarva
trombozlar, predstata bezining gipertrofiyasiga, jinsiy aʼzolar
faoliyatini
buzilishiga olib keladi.Bundan tashqari,mushak xajmining ortishi pay-boylamlar
tizimini mustahkamlanishi
bilan birga kechmaydi, shu sababli anaboliklarni
isteʼmol qilish oqibatida pay-boylamlarning jarohati, masalan, axil payining
jaroxati ko‘p uchraydi.Anabolik-androgen steroidlarga quyidagi preparatlar kiradi:
nandrolon, stanozolol, metandiyenon (metandrostenolon), oksandrolon, metenolon
(primobolan), mesterolon (proviron), trenbolon (parabolan), oralturinabol va
boldenon.
Dostları ilə paylaş: