43
kechadi. Steroidlarning qabuli to‘xtaganida birinchi xaftalar mobaynida
shamollash va grippli kasalliklarga moyillik oshadi, deb sportchilar taʼkidlashadi.
Har xil sport turlaridagi doping
Barcha jismoniy faoliyat turlari o‘zining shiddati bo‘yicha o‘ta yuqori,
yuqori, o‘rtacha va past shiddatlilarga bo‘linadi. Bu bo‘linish jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanuvchilarning turli darajasiga (ekstra-toifali sportchilar,
xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustalari, razryadchilar, jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilar va reabilitatsiya maqsadida davolovchi jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilar) mutanosibdir. Tabiiyki, bularga qo‘yillgan talablar ham, ularni
tayyorgarlik darajasi, oziqlanishi va farmakologik taʼminlanishi biri biridan butkul
farqlanadi. Shu bilan birga, ularning barchasining imkoniyat chegaralari mavjud
bo‘lib, inson jismoniy ishchanligini cheklab turadi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur ishchanlikni cheklab turuvchi omillar jismoniy
faoliyat turiga bog‘liq bo‘lib, sport turlariga ko‘ra beshta asosiy guruhlarga
bo‘linadi:
1. Siklik sport turlari
– asosan chidamlilikni talab etuvchi sport turlari
(yugurish, suzish, chang‘i poygasi, konkida yugurish sporti, eshkak eshish,
velosiped sporti va b.), bu sport turlarida bitta xarakat ko‘p marotaba
qaytaraveriladi, katta miqdorda quvvat sarflanadi, ishning o‘zi esa yuqori va o‘ta
yuqori shiddat bilan bajariladi. Bu sport turlari metabolizmni, ixtisoslashgan
oziqlanishni, ayniqsa marafon masofalarida quvvat manbaalari uglevodlardan
(makroergik fosfatlar, glikogen, glyukoza) yog‘larga o‘tishida qo‘llab quvvatlab
turilishini talab etadi.
Dostları ilə paylaş: