34
kiradi: kokain, morfin, promedol; omnopon, kodein, dionin,
fentanil, estotsin,
pentazotsin (fortral), tilidin, dipidolor va boshqalar. Bundan tashqari,
qisqa
muddatli biologik qo‘zg‘atuvchi taʼsirga bevosita musobaqadan oldin qon quyish
orqali erishish mumkin (gemotransfuziya, "qon dopingi").
Doping vositalarining ikkinchi guruhiga anabolik steroidlar (AS) va boshqa
gormonal anaboliksimon vositalar kiradi.
Bular qatorida quyidagi spetsifik dopinglar va taqiqlangan farmakologik
vositalar mavjud:
a) mushak qaltirashini kamaytiruvchi
va xarakatlar muvozanatini
yaxshilovchi vositalar: beta-blokatorlar, alkogol;
b) vazn kamaytiruvchi, anabolik steroidlar va boshqa dopinglar parchalarini
organizmdan chiqarilishini tezlashtiruvchi vositalar – turli diuretiklar (peshob
xaydovchi vositalar);
v) doping nazoratiga tegishli maxsus tekshirishlar jarayonida anabolik
steroidlar parchalarini yashiruvchi vositalar – probenetsid antibiotiki va boshqalar.
5-rasm. Taqiqlangan ro‘yhat – 2023
Dostları ilə paylaş: