Sportda doping nazorati



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

 
IV. Taʼlim va tayyorlash
19 modda — Taʼlim va tayyorlashning umumiy tamoyillari 
1. Ishtirokchi davlatlar o‘z mablag‘lari doirasida dopingga qarshi kurash 
masalalari bo‘yicha taʼlim va tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, qo‘llab 
quvvatlash yoki joriy etish majburiyatini oladilar. Umumlashtirgan xolda sport axli 
uchun bu dasturlar quyidagi muammolar bo‘yicha yangilangan va aniq 
maʼlumotlarni berib borishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim: 
a) doping orqali sportning maʼnaviy qadriyatlariga ko‘rsatilayotgan ziyon; 
b) salomatlikka nisbatan doping isteʼmol qilishning oqibatlari. 
2. Sportchilar va sportchilarning yordamchi personali uchun bu dasturlar, 
ayniqsa tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida, quyidagi muammolar bo‘yicha 
yangilangan va aniq maʼlumotlarni berib borishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim: 
a) doping nazorati jarayonlari; 
b) dopingga qarshi kurash borasida sportchilar huquqi va majburiyatlari, 
jumladan, Kodeks hamda tegishli sport va antidoping tashkilotlarining antidoping 
siyosati, antidoping qoidabuzarliklar oqibatlari to‘g‘risida maʼlumot; 
s) taqiqlangan modda va uslublar ro‘yhati, taqiqlangan moddalarni 
terapevtik qo‘llashga ruhsat; 
d) ozuqaviy qo‘shimchalar. 
20 modda — Kasbiy xulq kodeksi 
Ishtirokchi davlatlar tegishli vakolatli kasbiy assotsiatsiyalar va idoralar 
tomonidan Kodeksga muvofiq dopingga qarshi kurashga taalluqli xulq kodekslari 
va amaliyotlarini ishlab chiqishi va tatbiq etishlarini muvofiqlashtirishadi. 
21 modda — Sportchilar va sportchilarning yordamchi personalini jalb etish 
Ishtirokchi davlatlar o‘z mablag‘lari doirasida sportchilar va sportchilarning 
yordamchi personalini sport va boshqa tegishli tashkilotlarining antidoping 
faoliyatida faol ishtirokini qo‘llab quvvatlaydi va faol ishtirokiga undaydi. 
22 modda — Sport tashkilotlari va dopingga qarshi kurash masalalari 
bo‘yicha doimiy asosda taʼlim va tayyorlash 
Ishtirokchi davlatlar sport va antidoping tashkilotlari tomonidan 19-moddada 
ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha sportchilar va sportchilarning yordamchi 
personalini o‘qitish va tayyorlash dasturlarini doimiy asosda tatbiq etishlariga 
ko‘maklashadi. 
23 modda — Taʼlim va tayyorlash sohasida hamkorlik 


25 
Ishtirokchi davlatlar zarur xollarda o‘zaro va tegishli tashkilotlar bilan 
antidoping dasturlarini samarali joriy etish masalalari bo‘yicha maʼlumot, 
mutaxassislar va tajriba almashishda hamkorlik qilishadi. 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin