32
bilan amalga oshirilgan. Lekin zamonaviy doping davri 1935
yili inyeksion
testosteron kashf etilganidan keyin boshlangan deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi. Avval
soldatlarda jizzakilikni oshirish uchun fashist shifokorlari tomonidan tavsiya
etilgan modda keyinchalik u sportga 1936 yili Berlin Olimpiadasi davomida
Germaniya olimpiya sportchilari bilan birga shahdam kirib keldi. Ungacha
olimpiya chempionlari testosteronning og‘iz orqali
qabul qilinadigan shaklidan
foydalanishgan, lekin inyeksion testosteronning yaratilishi doping sohasida keskin
burilish bo‘lib, nemis sportchilari o‘sha yili barcha oltin medallarini qo‘lga
kiritishgan.
1932 yilda sport bozoriga amfetaminlar kirib keldi. 1930-chi yillar va 1948
yilgi O‘yinlarda sportchilar ularni xovuchlab isteʼmol qilishgan. 1952 yili
shorttrekchilar jamoasi shunchalik ko‘p tabletkalarni qabul qilishganidan ularning
barchasi xushidan ketib, shifoxonaga yotqizilgan. HOQ mazkur preparatlarning
isteʼmoliga taqiq qo‘ygani bilan bu masalani o‘n yilliklar davomida sportchilar,
murabbiylar va Olimpiada ishtirokchi davlatlar xukumatlari vijdoniga qo‘yib
bergan.
1940-chi yillarda steroidlar qo‘llana boshladi. Gormonal steroidlar taʼsiri
natijasida 1952 yilgi Olimpiya o‘yinlarida sovet og‘ir atletikachilar jamoasi qo‘lga
kiritish mumkin bo‘lgan barcha medallarga ega bo‘lishgan.
1955 yili fiziolog Djon Sigler og‘ir atletika bo‘yicha AQSH terma jamoasi
uchun anabolik xususiyatlari kuchaytirilgan sintetik testosteronning o‘zgartirilgan
molekulasini yaratdi. Bu birinchi sunʼiy anabolik steroid –
metandrostenolon edi
(“Dianabol” savdo nomi).
Yaratilgan Dianabol tezda keng tarqalib og‘ir atletikachi, futbolchi,
yuguruvchi va o‘yinli sport turlari sportchilari uchun shartsiz bo‘lib qoldi. U
isteʼmol qilinganida oqsil sintezi kuchayib og‘ir mashg‘ulotlardan keyin
mushaklarni tiklashga ko‘maklashardi. Sprinter va portlovchi
kuch talab etuvchi
sport turlarida u sportchining asab tizimini qo‘zg‘atib, mushaklarni quvvatliroq
qisqarishiga olib kelardi.
NFL o‘yinchilaridan birining so‘ziga ko‘ra, 1960-chi yillar boshida
murabbiylar salat idishlarini dianabol bilan to‘ldirib stolga qo‘ysharkan.
Sportchilar tabletkalarni xovuchlab olib non bilan yeyisharkan. Ular bu
aralashmani "chempionalr nonushtasi" deb atasharkan.
1958 yili amerikalik farmatsevtik kompaniya anabolik
steroidlarni ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Tez orada bu preparatlarning jiddiy nojo‘ya taʼsirlari
mavjudligi aniqlangan bo‘lsada, ularni savdodan qaytarish kech bo‘lgan, chunki
ular sportchilar o‘rtasida juda katta talabga ega bo‘lgan.
33
1968 yili HOQ doping aniqlash uchun majburiy peshob taxlilini olish
jarayonini amaliyotga joriy etdi.
Dostları ilə paylaş: