Sportda doping nazorati


Anabolik steroidlarning xarakteristikasi



Yüklə 2,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/54
tarix25.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#148246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
3.4 Sportda doping nazorati O\'UM N.Tursunov

Anabolik steroidlarning xarakteristikasi
Ruhiy o‘zgarishlar
Erkaklar va ayollarda, ayniqsa androgen steroidlarni uzoq muddat ichida 
isteʼmol qilganda ularda taeovuzkor xatti-xarakatlar ko‘zga tashlanadi. Buning 
yaxshi tomoni shundaki, sportchi yana-da shiddatliroq mashg‘ulot qilsa bo‘ladi; 
yomon tomoni – uning tajovuzkorligi atrofdagilar va yaqinlariga qaratilishi 
mumkin. Tezda xafa bo‘ladi va “portlaydi”. Yana bir fenomen shuki, steroid 
isteʼmol qilgan ayrim atletlar depressiyaga tushib qoladi. Buning sababi preparatlar 
ularning organizmida estrogenlarga ko‘proq miqdorda aylanib, erkakning 
gipotalamusi estradiol ayollar gormoniga kayfiyati tez o‘zgarishi va depressiv 
xolatlar ko‘rinishida reaksiya qilishadir. Steroidlarga nisbatan ruhiy qaramlik 
rivojlanmaydi. 
Yurak-qon tomir tizimi buzilishlari
Steroidlar qonda xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshirishi oqibatida 
yurak-qon tomir tizimini shikastlanishiga olib keladi. Mazkur xavf mushaklar 
xajmini ko‘paytirishda qo‘llaniladigan umumqabul qilingan “parhez” (ko‘p 
kaloriya, ko‘p yog‘, Fast Food va shirinliklar) yana-da ortadi. Nojo‘ya omillarga, 
shuningdek, stress, yuqori arterial bosim, katta tana vazni kiradi. 
Buyrak faoliyatini buzilishi
Steroid isteʼmol qilinganda buyraklarga juda katta yuklama tushadi. Ular 
steroidlarning toksik qoldiqlarini tozalab (filtrlab) organizmdan chiqarib 
tashlashadi. Yuqori arterial bosim va suv-elektrolit balansining kuchli 
to‘lqinlanishlari uzoq muddatga buyraklarning faoliyatini izidan chiqarishi 
mumkin. Shuning uchun ham oddatda ko‘krak va erta yoshdagi bolalarda 


42 
uchraydigan tez o‘suvchi Uilyam buyrak o‘smasi ko‘pincha aynan steroid isteʼmol 
qilgan sportchilarda kuzatiladi. Steroid qabul qilish davrida ayrim sportchilarda 
peshobning rangi to‘qlashishi, xatto unda qon paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya 
taʼsirlarning kuchi va shiddati sportchining yoshi, jinsi, genetik moyilligi, jismoniy 
va ruhiy xolati, shu bilan birga steroidlarning dozasi, qabul qilish muddati va 
steroidning turiga ham uzviy bog‘liq. 
6-rasm. Anabolik steroidlar 

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin