Nazorat savollari:
1. Fan tilining tushunchasi
2. Fan tilining turlari
3. Tilning ilmiy ijoddagi ahamiyati
4. Formal logika
5. Formal logikaning tafakkurda qo’llanilishi
-
156
5. ILMIY IZLANISH VA HOZIRGI ZAMON INFORMASION
SISTEMALAR GLOBALIZASIYASI
XXI asrga kelib, insoniyat sivilizasiyasining rivojlanishida ko’lami
kengligi bilan ajralib turuvchi, insoniyat jamiyati ichki jarayonlari tug’dirgan,
inson-jamiyat tizimidagi va jamiyat tabiat tizimidagi juda katta muammolarga,
ya’ni global muammolarga duch keldi. Bu muammolar tabiat tomonidan
keltirilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan inson faoliyati tomonidan keltirib
chiqarilgandir. Bularga aniq misol bo’lib, urush va tinchlik, ekologik,
demografik, oziq-ovqat va energiya ta’minoti, xavfli kasalliklarni bartaraf etish,
ekologik (ma’naviy axloqiy muhitni sofligini ta’minlash) muammolaridir.
Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da,
hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy vaziyatning ham
oqibatidir.
Global muammolarning turlari o’zaro qanchalik farqlansada, bu
sohalardagi umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti - sharoitlari,
imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir.
Ularning bo’lishi ham, yechilishi ham, hozirgi davrning bosh omilidan-
texnika inqilobi bilan aloqadordir. Bizning davrimizda fanning rivojlanishi
sur’atlari g’oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika
vositalari yaratishni ta’minlasa, o’z navbatida texnika rivojlanishi ham, fanda
yangi o’zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bularning natijasida
fandagi erishilgan oxirgi yutuqlar, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, ilmiy ishlab
chiqarishdagi birinchi navbatda mikroelektronika, informatika, biotexnologiya,
geninjenerligi, termoyadro sintezini istiqbolli egallanishi, ishlab chiqarishni
kompleks-mexanizasiyalash
va
avtomatlashtirishdagi
yutuqlar,
kosmonavtikadagi va h.k. yutuqlar global muammolarni yechishda xizmat
qiladi.
-
157
Global muammolarni yechish va keyingi rivojlanishi uchun hozirgi kunda
jamiyat hayotida insoniyat globalizasiya bilan shug’ullanishiga to’g’ri
kelmoqda.
Globalizasiya
– bu umuminsoniyat prinsiplari asosida dunyo
davlatlarining bir-biriga yaqinlashish tendensiyasining falsafiy-sosiologik
ta’rifidir.
Globalizasiya jarayoni insoniyatning evolyusion, iqtisodiy, sosial,
madaniy, ilmiy patensiali asosida yaqinlashishi, millat va planetamiz
halqlarining butun dunyo integrasiyasi bilan o’zaro bog’lanishi asosida yangi
sivilizasiya tomon harakatini qo’llaydi.
Shulardan eng muhimi informatika sohasida erishgan yutuqlardir. Uning
texnikaviy
vositasidagi
personal
kompyuterlarning
yaratilishi
va
tashkillanishidagi internetdek informasiya tarmoqlarining yaratilishi, uning
chegara bilmas globallashuviga olib keldi va hyech so’zsiz ilmiy texnika
progressining rivojiga katta turtki bo’lib hisoblanadi.
Agar bashariyat sivilizasiyasida uch: agrar, sanoat va uchinchisi
globalizasiya to’lqinidan iborat rivojlanish bo’lgan bo’lsa, ilmiy texnikaviy
progress bu postindustrial inoformasiyali jamiyat sharoitida, jamiyat tomonidan
ekologiya, iqtisod, siyosat, g’oyalar orqali kuchli ta’sir ko’rsatayapti. Bunday
hol ularni tezlashtirish, rag’batlantirish yoki teskarisi to’xtatishi mumkin.
Hozirgi zamonaviy informasiyalashgan, kompyuterlashgan jamiyat
o’zining asosiy bo’lgan obyektiv, mazmunli va insoniyat shunday katta
qimmatlikga ega bo’lgan informasiyaga ega.
Informasiya (lotinchadan olingan bo’lib tushuntirish, bayon qilish
ma’nosini bildiradi) informasiyali jamiyatning asosiy sosial resursi hisoblanadi.
Bu tushuncha kibernetika, genetika, informatika, hamda ilmiy bilish va ijod
epistemologiyasida keng qo’llaniladi.
-
158
Informatikadagi informasiyalar miqdori, sifati, zichligi, tezligi, sig’imi va
h.k.o xususiyatlarga egadir. Bular xabarlarni aloqaning texnikaviy kanallaridan
o’zatishda, nerv sistemasini funksiyasida, kompyuterlarning ishida, turli xil
boshqaruv jarayonida va h.k. katta o’rin egallaydi.
Bularning hammasi informasiyalarning uzatilishida, saqlanishi va qayta
ishlovida katta ahamiyatga egadir.
Agar informasiyaning tushunchasida sistema tashkillanish o’lchovi
xabarlarning ma’nosi, o’zatilish va qabul etilishi orasidagi munosabati aspekti
farqlansa, falsafa va fan epistemologiyasida esa uning tushunchasini semantika,
aksiologik, semiotik kommunikativ va nazariy tasviriy gnoselologik fizikaviy
aspektlarni o’z ichiga oladi.
Informatika Fransiyada (60-yillarda) hisoblash mashinalari yordamida
axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida
yuzaga kelganligidan kelib chiqgan holda qarasak, bu so’z axborot avtomatikasi
yoki axborotni qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atama
kompyuter texnikasi haqidagi fan sinonimiga mos keladi.
Agar biz informatikaning asosiy resursi axborot ekanligini hisobga olsak,
unda u biror faoliyat to’g’risidagi qanaqadir voqyea, xabarlar, bilimlar majmui
hamdir.
Shu bilan birga informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo’llash va
ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini hisoblash mashinalari tizimlariga
asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli
jihatlarini o’rganuvchi ilmiy va muxandis fani sohasidir. Informatika bu
jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tomoyillarini
ishlab chiqishga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham axborot uslublari obyekt
hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish
imkoniyatiga ega hisoblanadi.
-
159
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublaridan kelib
chiqgan holda: kompyuterlar yordamida axborotni yangilash jarayonlari bilan
bog’liq inson faoliyati sohasi;
- o’zaro aloqador uch qism-texnik, dasturiy, algoritmik vositalar majmui;
- xo’jalik yuritishning turli shaqllaridagi korxonalarning bir turda
jamlaydigan halq xo’jalik tarmog’i;
- fundamental fan sohasidagi boshqaruv jarayonlarini axborot jihatdan
ta’minlovchi metodologiyasini ishlab chiqaruvchi;
- amaliy fan sohasida axborot jarayonlari qonuniyati (yig’ish, qayta
ishlash, tarqatish), sohalar kommunikasiyasi, axborot tizimi va texnologiyalarni
ishlab chiquvchidir.
Insoniyat sivilizasiyasi tarixidagi axborot inqiloblari, ya’ni yozuvning,
kitob nashr etishning (XIV asr), telegraf, telefon, radio yuzaga kelishi (XIX asr)
mikroprosessor texnologiyasi kashf etilishi (XX asr) kompyuterlar, kompyuter
tarmoqlari axborot kommunikasiyalarning yaratilishi informatikaning global
sistemaga keltirdi (XXI asr).
Bunday global sistemaning yaratilishida informatika vositalarining,
ayniqsa oddiy hisoblash vositasi bo’lgan yuqori hisoblaridan boshlab personal
(shaxsiy) kompyuterlar yaratilgungacha bo’lgan tarixiy yo’l katta ahamiyatga
egadir.
Bunda XVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnes va franso’z
olimi B.Paskal arifmetik omillarni bajaruvchi mexanik qurilmasi, rossiyalik
olim V.T.Odner hamda P.L Chebыshevlarning yaratgan arifmometri,
angliyalik
matematik
Ch.Bebbidjning
analitik
mashinasi,
amerikalik
G.Xollerizning
ma’lumotlarni qayta ishlovchi perfokartali mashinasi
(keyinchalik uning firmasi IVM aylangandi), rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich
kashf etgan elektron sxema-triggerning yaratilishi, AQSh da Dj.Atanasov
guruhining (1937 yil) elektromexanik mashina, IVM da ishlangan (1944 yil)
-
160
Mark-1 deb ataladigan mashinaning va 1945 yilda birinchi D.Ekkert va
D.Mouchli tomonidan Buyuk Britaniyada yaratilgan programmani xotirada
saqlovchi mashinaning, keyinchalik hozirda 4-5 avlod muddatlarida yaratilgan
minglab, millionlab mashinalarning yaratilishi, zamonaviy kompterlar kashf
etilish tarixini tashkil etadi.
Yaratilish avlod muddatlari taxminan 1960-1970 yil birinchi avlod, 1960-
1970 yil ikkinchi avlod, 1970-1980 yil uchinchi avlod va 1980-1990 yillarda
to’rtinchi, beshinchi avlod mashinalari hisoblanadi. Har bir yaratilgan avlod
mashinalari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Hozirgi avlod mashinalarining yaratilishida insonning mashina bilan
o’zaro aloqasi, mashina resurslarini vaqt bo’yicha taqsimoti, o’zoq masofadan
boshqarish chet tashqi qurilmalarni takomillashtirish, ayniqsa, mashina
xotirasining kuchi, quvvati, undagi dasturlarning takomillashganligiga katta
e’tibor berib muvaffaqiyatlarga erishildi.
Hozirgi
zamon
mashinalari
insonni
intelektual
imkoniyatlarini
kengaytiruvchi vosita sifatida muhim hisoblanib, barcha faoliyat sohalarida
mehnat unumdorligini oshirishga ijodiy ta’sir ko’rsatdi.
Informasiya informatika fanining asosi bo’lib, nima haqidadir xabar,
saqlash, qayta ishlash va ko’zatish obyekti hisoblanuvchi ma’lumotdir.
Ilmiy izlanish va ijodda ilmiy axborotlarni yig’ish va ularga qayta ishlov
berib, tahlil qilish o’ta muhim hisoblanadi.
Eng muhim ilmiy ishlar natijalari bo’yicha axborotlarni davlat sistemasi
orqali yig’ish, saqlash, axtarish va berish, bunga eng zamonaviy hisoblash va
o’zatish mashinalarini ishlatish hozirgi vaqtda eng dolzarb davlat vazifalaridan
hisoblanadi. Shuning uchun ham inoformatika fanining usullari – bu fan
tarkibida bir necha fanlar kirgizilib, odamning EHM bilan dialogini
kompyuterlar sistemasini o’ziga mujassamlashtiryapti.
-
161
Informatika fanida informatika sistemasi borki, bunga informasiya bilan
ta’minlash sistemasi, ilmiy kommunikasiya sistemasi, informasion mahsulot,
ko’rsatkichlar bazasi, informasiya resursi, informasiya texnologiyasi va
informasiya tarmog’i kiradi.
Informasiya bilan, ya’ni yangi texnologiya, g’oya, ilmiy natija va h.k.o
kimlarga kerak bo’lsa, shularga yetkazish vazifasini yechsa, ilmiy
kommunikasiyada ilmiy axborot va bilimlar ham saqlanadi, ham tarqaladi.
Bunda nashriyot ishlari, kutubxonadagi referatlash, informasiya va
konsultasiya xizmatlari tarkib topgan.
Ba’zi axborotlar va xizmatlarning birligi standart ko’rinishda informasiya
mahsuloti degan nomni olgan.
Ko’rsatgichlar bazasi EHM da qo’llanilib bibliografik (ikinchi darajali
axborot, ya’ni chop etilganini yana yig’ish) faktografik ko’rsatgichlar bazasi va
oxirgi fakticheskiy axborot hisoblanadi.
Axborotlarni talab qiluvchilar har biri maxsus harakterdagi o’zining
axborotini so’raydi. Shunday bo’lsada, ularni to’rt kategoriyaga bo’llash
mumkin: 1. Ishlab chiqarish uchun ilmiy axborotlar. 2 Yangi texnika uchun. 3.
Yangi texnika yaratishdagi tashkiliy boshqaruv ishlari uchun. 4. Rejalarni
ishlash
Ilmiy hujjat – bu material obyekt bo’lib tarkibida ilmiy-texnikaviy
axborot bo’lib, saqlash va foydalanishga mo’ljallangandir.
Ilmiy
hujjatlar:
tekstli
(kitob,
jurnal,
hisobotlar
va
h.k.o)
grafikli(chizmalar, sxema va diagrammalar), audiovizualli (yozilgan tovish,
kino va videofilmlar) mashina o’qiydigan axborotlar (mikrofoto uzatuvchilar va
h.k.) kiradi. Hujjatlar, birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin.
Birlamchi hujjat va nashrlarga: chop qilingan va chop qilinmagan
hujjatlar kiradi. Bunga: kitoblar (hajmi 48 betdan katta, broshyuralar hajmi 4
betdan 48 betgacha), ular pulli va pulsiz bo’lishi mumkin, yana ilmiy, o’quv,
-
162
hujjatli, ilmiy-ommaviy va har bir ilm tarmoqlari, fanlari bo’yicha bo’lishi
mumkin.
Kitob va hujjatlarning ichida ilmiy asosda muhimi bu monografiya va
yig’malardir. Darsliklar, darsga qo’llanmalar bular o’qitish maqsadida
tayyorlanadi. Bularda hamma axborotlar ma’lum bir sistemada tayyorlanadiki u
o’quvchilar uchun oson va qulay bo’lishi kerak. Agar axborotlar davlat
nomidan berilsa, bu rasmiy axborotlar turiga kiradi.
Ilmiy texnik axborotlarning ancha operativ manbai bu ma’lum vaqtlarda
chiqib turuvchi o’zlukli nashrlardir. Bularga jurnallar va gazetalar kiradi.
Bundan tashqari muddatli nashrlar; har xil mehnatlar, olimlar ishlari majmuasi,
yangiliklar va h.k.
Maxsus informativ manbalarga: har xil standartlar, ko’rsatmalar, turli
qoidalar, metodik ko’rgazmalar va h.k. kiradi. Axborot manbalarining ichida
muhimlaridan biri, bu patent axborotlari hisoblanadi va ularga kashfiyot va
ixtirolar, sanoat mulkchiligi va ixtirochilar haq-huquqi haqida eng yangi
axborotlar beriladi. Patent hujjatlari eng yuqori haqiqatga ega, chunki uning
yangiligini maxsus ekspertiza va tekshirishdan o’tkaziladi.
Birlamchi nashr qilinmagan hujjatlarga: ilmiy-texnikaviy hisobotlar,
dissertasiya va deponirlangan qo’lyozmalar, ilmiy tarjimalar, konstruktorlik
hujjatlar, simpozium, syezd va seminarlar, ilmiy konferensiyalar o’tkazish
informasion xabarlar kiradi.
Ikkilamchi
hujjatlarga:
ma’lumotnoma, sharhlar, referativli va
bibliografik axborotlar kiradi.
Ikkilamchi chop etilmaydigan hujjatlarga: qayd qilingan va axborotli
kartalar, dissertasiyalarning hisob kartochkasi, deponirlangan qo’lyozma va
tarjimalar, kartochkalar, axborotli xabarlar kiradi.
-
163
Yig’ilgan bir sistemaga keltirilgan ilmiy axborotlarni qayta ishlovida
taxlil etiladi. Tahlil etish, mavzu bo’yicha to’la yoritish, uning maqsadi,
vazifasini aniqlash va kelgusi izlanishlar uchun asos yaratishdir.
Ilmiy axborotlarni qayta ishlovida izlanuvchidan qo’yidagi shartlarga
amal qilishlari taklif etiladi: ishning maqsadini aniq aniqlash, olingan yangi
axborotlardan ilxomlanish, izlanishda diqqat va fikrni bir yerga to’plash,
mustaqil mehnatni tashkillashtirish, adabiyotlarni o’rganishda qat’iyat va
muntazamlikga rioya etish, aqliy mehnat samaradorligini turli yo’llar bilan
oshirib borish, qat’iy ish tartibini o’rnatish, zamonaviy tahlil uslubi va
texnikasini qo’llab berish hisoblanadi.
Ilmiy izlanish axborotlarni tahlil etishda annotasiyalar, qisqacha
ko’chirma, konspekt yozuvlarni keng qo’llash kerak.
Qayta ishlanayotgan axborotlarni tahlil qilish, bu o’ta muhim, ilmiy
izlanishning bosqichlaridan biri hisoblanib, unda bo’lgan barcha axborotlar
bo’yicha bir butun mantiqiy bir fikrga kelish talab etiladi. Qilingan bu fikrlar
kelgusida bajariladigan ishlarining taqdirini, samaradorligini ifodalaydi.
Shuning uchun bunda shoshma-shosharlikga, tavakkalchilikga, noaniqlikga yo’l
qo’ymay, iloji boricha, ko’proq axborotlarni yig’ish va ko’rib chiqish talab
etiladi.
Tahlil jarayonida axborot manbalarini ikki xil: xronologik tartibda va
mavzu bo’yicha sistemalashtirish mumkin.
Xronologik tartibda sistemalashtirishda barcha axborotlar o’zining tarixi,
ya’ni kelib chiqish vaqti, tartibi bo’yicha ilmiy bosqichga ko’ra
sistemalashtiriladi. Bu bosqichlar o’zining sifatining har bir bosqichida
o’zgarishi bilan farq qilib boradi. Har bir bosqichda albatta analitik tanqid
tahlili olib borilishi kerak.
Mavzu bo’yicha (mavzuli tahlil) axborotning butun hajmi ishlab
chiqilayotgan mavzu masalalari bo’yicha oddiy yoki murakkab sistemalar
-
164
bo’lishi mumkin. Umuman bunda oddiylikdan murakkablikka yo’nalish uslubi
keng qo’llaniladi.
Qayta ishlab chiqilishi kerak bo’lgan ilmiy axborotlarning tahlilida
qo’yidagilar talab qilinadi:
- har bir mavzuning dolzarbligi va yangiligi;
- mavzu bo’yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so’nggi
yutuqlar;
- ilmiy izlanish maqsadi va vazifasining aniqligi;
- mavzu bo’yicha ishlab chiqarish tavsiyalari;
- ilmiy ishlanmalarning texnikaviy iqtisodiy va ekologik maqsadlarga
muvofiqligi,
Ilmiy ijodning rivojlanishida hozirgi mavjud informasion (axborot)
texnologiyasining ahamiyati juda kattadir. U xalq xo’jaligining barcha
sohalariga kirib borgan va samarali qo’llaniliyapti.
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida
yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va o’zatish
vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Hozirgi
vaqtda
kompyuterlar
va
telekommunikasiya
axborot
texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash industriyasi yuzaga
keldiki, bular axborot jamiyatini yaratdilar.
Axborot jamiyati-ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning
shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga
oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborot jamiyatining quyidagi xususiyatlari mavjud:
- axborotning mo’l ko’pligining ta’minlanishi;
- rivojlanishning asosiy shaqli axborot iqtisodiyoti bo’lishi;
-
165
-
eng
yangi
axborot
texnika
va
texnologiyalar
yordamida
avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish
jamiyatiga shaqllanganligi;
- butun insoniyat sivilizasiyasining axborot birligining shaqllanganligi;
- zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun
sivilizasiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshganligidir.
Axborot barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib,
bularda alohida hujjat va hujjatlar to’plami, axborot tizimlari: kutubxona, arxiv,
fond, ma’lumotlar banklari va h.k.o sifatidadir.
Uning moddiy, tabiiy, mehnat, zamonaviy va energetika zaxiralari
mavjuddir.
Mavjud axborot texnologiyalari o’zining amalga oshirilishi, usuli.
boshqarish vazifalarini qamrab olish darajasi, amalga oshiriladigan texnologik
operasiyalarning sinfi, foydalaniladigan interfeysning turi, tarmoqli usuli,
xizmat sohalari bo’yicha tasniflanadi.
Hozirgi vaqtda axborotning globallashuvini, chegara bilmas bo’lishiga
halqaro hisoblash tarmog’i- internetning yaratilishi bo’ldi.
Internet doimo yangilab boruvchi barcha sohalar bo’yicha axborot
zaxiralari bazasi, axborot izlash, qidirish tizimi, nusxalar olish va o’zatish,
masofadan turib o’qish va o’qitish va h.k. bo’lib xizmat qilmoqda.
Internet tarmog’iga hozirgi vaqtga kelib, million komyuterlar ulangan va
kun sayin kengayib, kunlik hayot vositasi bo’lib bormoqda. Chunki, faqat
iqtisodiy sohada: million iste’molchilarga chiqish imkoni, sarf-harajatlarning
ozligi, vaqtni tejash, dune bo’yicha boshqa kompaniyalar bilan aloqa o’rnatish
va h.k. mumkin bo’ldi.
Umuman olganda, informasion sistemaning asosiy obyekti sifatida inson,
uning sosial jarayonlar vazifalarini yechishdagi ijodi, hohishi, mehnati turadi.
-
166
Informasion sistemalarning mohiyati, bu insonning maqsadli, samarali
ijodi, kompyuterlarni qo’llab (mehnat va ijod predmeti sifatida) xabarlarni bir
shaklga keltirib, barcha soha boshqaruvida samarali, to’g’ri qarorga kelishidir.
Informasion sistemaning yana bir vazifasi sohalarda integrasiya jarayonini
bajarishdir.
Zamonaviy informasion jamiyat bu shunday sivilizasiyani moddiy va
ma’naviy unda inson va uning dune bilan o’zaro aloqadorligini fundamenti
xabarlar bajaradi.
Shuning uchun ham mamlakatimizda axborot texnologiyasini joriy
qilishda mustaqillik kunlarining boshidan katta e’tibor berib kelinmoqda.
Jumladan, Respublika axborotlashtirish jarayonini rivojlantirish maqsadida,
axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va ma’lumotlar bazasi uchun
dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida (1994 yil may) qonunlari qabul
qilindi, 1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
«O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi va qo’yilgan vazifalar
quyidagilardan iborat: milliy axborot hisoblash tarmog’ini yaratish,
axborotlarga mahsulot sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy
hujjatlarini yuritish; axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya
qilish;
informatika
industriyasini
yaratish
va
rivojlantirish,
axborot
texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab
quvvatlash; informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini
muvofiqlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |