Nazorat savollari:
1.
Informatika fanining ahamiyati
2.
Ilmiy hujjatlar turlari
3.
Informasion sistemalar va ularning globallashuvi
4.
Axborot jamiyati tasnifi
5.
Internetning mohiyati
-
167
6. O’ZBEKISTONNING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHIDA
ILMIY IZLANISH METODOLOGIYASI
XXI asrga kelib insoniyat jamiyatining rivojlanishida informasiya, bilim
va ilmiy ijod kabi resurslar hal qiluvchi omil hisoblandi.
Insonning barcha faoliyatiga ilmiy izlanishning kirib borishi, ayniqsa,
fundamental va amaliy fan sohasining asosi bo’lishi, ilmiy – texnikaning yangi-
yangi vositalari bilan qurollanishi bashariyat sivilizasiyasining rivojlanishini
yurituvchi kuchi bo’lganligidan darak berayapti.
Qaysiki, hyech bir ilmiy, ijodiy faoliyatning o’sishi, rivojlanishini busiz
tasavvur ham qilib bo’lmaydi.
Global informasiya va elektronika epoxasi bo’lgan, hozirgi vaqtda ishlab
chiqarishning o’zi ilmiy izlanish va ijod natijasidan, informasiyaga bog’liq
bo’lib qolmoqda.
Shuning uchun jamiyatda ilmiy izlanish va ijod uchun juda qulay
sharoitlar vujudga kelayaptiki, buning natijasida olib borilayotgan ilmiy
izlanishda kompyuterlarning qo’llanilishi va axborot texnologiyalarning
singdirilishi, matematikalashtirish va formallashtirish, algoritmlashlar bajarilib,
samarali
tabiiy
fanlarda
(mikrodunyo
fizikasida,
astrofizika
va
mikrobiologiyada,
geninjeneriyasi
va
biotexnologiyada)
katta
muvoffaqiyatlarga erishilmoqda. Barcha fan sohalarining mislsiz rivojlanishi,
butun dunyo bo’yicha, fanning umumfalsafiy va epistemologik muammolariga
va ilmiy ijod metodologiyasiga qiziqish o’yg’otdi.
O’z o’rnida fan va ijod jamiyatning butun moddiy va ma’naviy hayoti
bilan chambarchas bog’langan bo’lib, uning rivojlanishida tobora ahamiyati
ortib bormoqda. Fanning rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyot darajasini
ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Masalan, hozirgi kunlarda jamiyat
-
168
taraqqiyotida fanning ahamiyati shu qadar ortib ketdiki, XX va XXI asrni
ko’pincha “fan asri” deb ataydilar.
Fan tarixiy taraqqiyotining eng muhim qonuniyati – ishlab chiqarishda va
jamiyatni boshqarishdagi uning roli ijtimoiy hayotda, uning ahamiyati oshib
borayotganligidir.
Jamiyat hayotida fan rolining bunday oshib borishi vaqt o’tishi bilan
shunga olib keldiki, u ijtimoiy ongning butun sistemasida yetakchi o’rinni
egallaydi va ijtimoiy borliq taraqqiyotiga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Shuning uchun ham mamlakatimizda hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrida, fanga va uning rivojiga bo’lgan e’tibor yanada oshib borayapti.
O’zbekiston mustaqillikga erishgan vaqtda u o’z yo’lini, iqtisodiy
rivojlanish modelini tanlab oldi va oldimizga “Milliy boylikning ko’payishini,
respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish
sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi
iqtisodiyotni barpo etish kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot”
I.Karimov aytganlaridek, strategik maqsadimiz bo’lgan xuquqiy demokratik
davlat va fuqarolik jamiyatni barpo qilishning asosi ekanligini e’tiborga olsak,
yechilishi dolzarb bo’lgan ko’pgina iqtisodiy muammolarimiz borligini bilamiz.
Shunday muammolarni yechimini faqat fan, uning amaliyot bilan
bog’liqligi, integrasiyalashuvi va rivojlanishi bera oladi. Ayniqsa, iqtisodiy
sohadagi iqtisodiyot bilimlari, bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarni, amalga
oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadidan kelib chiqqan vazifalarni
muvoffaqiyatli bajarishga bog’liq.
Shulardan kelib chiqan holda, davlatimizning fan va iqtisodiyot
oblastidagi siyosati bu barcha sohalardagi ijod, fan taraqiyoti va ilmiy
izlanishga qulay zamonaviy sharoit yaratishdir.
-
169
Hozirgi vaqda O’zbekistonda iqtisodiyot sohasida, mustaqillikning
dastlabki kunlaridanoq amaliyotga o’z tadbiqini muvoffaqiyatli topib
borayotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tish “O’zbek modeli”ni (iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchiligi, qonunning ustivorligi,
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va bozor iqtisodiyotiga tadrijiy yo’l bilan
bosqichma–bosqich o’tish kabi) ni har tomonlama dunyo iqtisodiyotiga
integrasiyasini oshirish vazifasi turibdi.
Shundan kelib chiqan holda, ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi
vazifalarni bajarish talab etiladi. Bularga iqtisodiy sohada, iqtisodiyotni
erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari, ya’ni iqtisodiy hayotni
erkinlashtirish, xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotga xorij
sarmoyasini
jalb
etish,
mamlakat
iqtisodiyotining
jaxon
tizimiga
integrasiyalashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom etirish
bo’lsa, ijtimoiy sohada esa bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy
siyosatni yuritish, ya’ni barcha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish,
aholining yordamga muhtoj qatlamlarini muhofazalash, ma’naviy beshigi -
oilaning jamiyatdagi mavqye’ini oshirish fuqarolarning huquqiy tengligi, qonun
ustuvorligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalash vazifalarini bajarish
kerakdir.
Fan va ijodning rivojlanishi iqtisodiy hayot darajasini oshirishiga olib
kelishi bilan birga, shu sohalarning metodologik bilim bazasini ham
kuchaytiradi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda fan va ijod metodologiyasini parallel
ravishda rivojlanishi haqiqiy ilmiy – texnikaviy progressni amalga oshiryapti.
Ilmiy bilishning tomoyillar tizimi, yo’llari, qonun - qoidalar va aniq
hadislari sifatida metodologiya har bir fan predmetidan kelib chiqib, o’zining
ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi.
Iqtisodiyot nazariyasida bu quydagicha namoyon bo’lishi mumkin:
-
170
- iqtisodiyot yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda
mazmun va shaql jixatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan
bog’liqlikda bo’ladi; iqtisodiy jarayoni bog’liqlik tomonlarini (ichki va tashqi)
zamon va makonda o’rganish; iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha,
pastdan yuqorigacha rivojlanishda deb qarash, miqdor jihatdan o’zgarish, sifat
o’zgarishiga olib kelishi; ichki qarama–qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro
kurashishiga rivojlanishning manbai deb yondashishdir.
Bunga iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlarning tabiiy, moddiy,
shaxsiy, shuningdek pul mablag’lari tayanishi, ularning bog’liqligi va
ziddiyatda bo’lishi, bir-biriga ta’siri, sifat hamda miqdor jixatdan o’zgarib
turishi, turli davrda turlicha shaqlga ega bo’lishi, eski iqtisodiy qonunlar,
tushunchalar o’rniga yangilarini paydo bo’lishi misol bo’la oladi.
Biz bilamizki, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning
cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (xizmatlarni)
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-
qoidalarni, izlanishni iqtisod haqidagi fanlar olib boradi.
Bunda iqtisodiy hayotning turli tomonlari iqtisodiy hodisa va jarayonlar
o’rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini,
ularning o’zaro bog’liqligini to’la ifodalovchi iqtisodiy qonunlar va qisman
ayrim tomonlarini ifodalovchi ilmiy-nazariy tushuncha – iqtisodiy kategoriyalar
tarkib topgan.
Ularga misol bo’lib: umumiy iqtisodiy qonunlar (vaqtni tejash,
ehtiyojlarni tez o’sib borishi, takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish
munosatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasiga
mos kelish qonunlari); xususiy (talab, taklif va qiymat) qonunlari; maxsus
o’ziga xos (qo’shimcha qiymat) qonuni hisoblanadi.
-
171
Iqtisodiy hodisalarni ifodalovchi bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy
muvozanat, moliya, kredit va boshqalarda o’z ifodasini topgan: baho, talab,
tovar, pul, qiymat, mehnat kabi ko’plab tushuncha – kategoriyalar mavjud.
Shularning hammasini ilmiy izlanishda iqtisodiy nazariya ilmiy
metodologiyasi muhim rol o’ynaydi. Bularga ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez,
mantiqiylik va tarixiylik birligi, eksperiment, makro- va mikroiqtisodiy tahlil,
makroiqtisodiy tahlil makromutanosibligi, iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy
jihtdan tahlil qilish metodlarini qo’llash yo’li bilan erishiladi. Albatta, bularning
asosida falsafiy bilish metodologiyasi turadi va uning rivojlanishini ta’minlab
turadi.
Umuman olganda, iqtisodiy epistemologiya falsafiy epistemologiyadan
kelib chiqib o’z rivojlanish yo’nalishini aniqlab boradi.
Hozirgi vaqdagi klassik bo’lmagan falsafa, ya’ni fan falsafasi, global
muammolar falsafasi ijodiy rivojlanishida bo’lishi bilan ilmiy izlanishning
rivojlanishida ham katta o’zgarishlar bo’layapti.
Masalan, Rim klubini sosial-iqtisodiy faoliyati, S.Tulminning evolyusion
izlanish dasturi, fin olimi Ya.Xintikning ichki va yuza informasiya konsepsiyasi
va boshqalardir.
Iqtisodiy izlanishda nazariyaning o’rni hal qiluvchi, o’ta muhimligi
haqida oldingi mavzularda ham aytib o’tgan edik.
Iqtisodiy
izlanishda
ham
boshqa
fanlardagidek
ko’zatilayotgan
voqyealarni tushuntirish va prognozlash bilan bir qatorda unga xususiy bo’lgan
me’yoriy tahlil bilan haqiqiy tahlilni qiyoslash, talab va taklif nazariyasi
uslubiyati, baho, bozor oqibatlarini baholash va oldindan ko’ra bilish, foydani
maksimumlashtirish va raqobatli taklif, raqobatli bozorlar tahlili, umumiy
muvozanat tahlili va h.k. kabi ilmiy metodlari o’rin egallab kelmoqda.
Iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni tushuntirish va prognozlash iqtisodiy
nazariyaning asosi hisoblanadi. Haqiqiy tahlil iqtisoddagi hodisalarni
-
172
tushuntirish va prognozlashni bildirsa, me’yoriy tahlil bular qanday bo’lishi
kerak degan savolga javob beradi. U iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga
daxldor bo’lmasada, siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqadi, ko’pincha baho
berish xususidagi mulohazalar bilan to’ldiradi.
Talab va taklif usuli iqtisodiy tahlilning universal vositasi bo’lib, keng
doirada turli-tuman muammolarga qo’llaniladi. Masalan: jahondagi o’zgarib
borayotgan iqtisodiy sharoitning bozor narxlariga va ishlab chiqarish
samaradorligiga ta’siri; hukumatning narxlarni nazorat qilish bo’yicha chora-
tadbirlari ta’siriga baho berish; minimal ish haqi va iqtisodiy rag’batlar,
soliqlar, subsidiyalar, importga belgilangan boj puli va kvotalarning
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarga ta’siri bo’lishi mumkin.
Umuman olganda, iqtisodning rivojlanishi undagi yangi-yangi usullar -
metodlarning qo’llanilib, rivojlanish yo’llarini prognozlashi o’ta muhim kasb
etadi va buning ustida barcha davlatlardagi olimlar muntazam ravishda ijodiy
faoliyat olib bormoqdalar.
O’zbekistonda bu sohada O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, institut va
universitet ilmiy xodimlari, olimlar shug’ullanishadi va o’zimizga xos va mos
iqtisodiy metodlar, nazariy usullar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilayapti.
Agar biz O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy
fanning rivojlanishini ko’rib chiqsak, bu borada olamshumul ham nazariy, ham
amaliy ishlar bajarliganligini ko’ramiz.
Bozor iqtisodiyoti – bu bozor iqtisodiyoti nazariyasi asosida, tovar ishlab
chiqarish, ayiraboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari tashkil etiladigan va
boshqariladigan iqtisodiy tizimdir .
O’zbekiston iqtisodiyoti dastlabki mustaqillik kunlaridan bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish siyosati yuritildi va unga bog’liq
barcha ilmiy metodologik ishlar bajarildi.
-
173
Iqtisodiyotning bunday yo’lga o’tishi, albatta tasodifiy, sinalmagan holda
bo’lgan emas, chunki hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyoti dunyoning
ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil
darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda.
Bunday iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib
topib, shaqllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaqlni kasb etdi va ko’pgina
davlatlarda hukumron iqtisodiy tizimga aylangan va bunday iqtisodiy
evolyusiya davomida uning klassik qoidalari saqlanib qolgan.
Bozor
iqtisodiyotining
asosiy
afzalliklari
ichida:
resurslarni
taqsimlashning samaradorligi, erkinlik bilan bir qatorda har bir shaxs, korxona,
firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Ayni shu
vaqtda, ilmiy izlanish, fan va ijod metodologiyasiga talab cheksiz bo’ladi,
chunki faqat shu yo’l bilan raqobatlarni yengishga va rivojlanishga erishiladi.
Eng yangi texnologiyalarni qo’llash talabi kelib chiqadi va bu asosda ishlab
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, ko’pincha ko’p miqdordagi
mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud
bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor
iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich
o’tishni
Prezidentimiz
I.A.Karimov asarlarida bayon qilinib, asosiy vazifalar belgilanib berilgan.
O’tishning birinchi bosqichida totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish,
tanglikga barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo’lsa, ikkinchisida
Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shaqlantirishdir.
Shu vazifalarni hal qilish uchun quyidagi isloh qilishning muhim
yo’nalishlari: o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shaqllantirish,
islohotlarning qonuniy – huquqiy negizini mustahkamlash; mahaliy sanoat,
savdo maishiy xizmat korxonalarni, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq
xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi
-
174
shaqllarini vujudga keltirish; ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham
berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash belgilangan edi, shu
vaqtgacha aksariyat vazifalar real hayotga o’z tadbiqini topayapti.
Ikkinchi bosqichdan investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o’zgartirishlarni amalga oshirish va uning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to’liq joriy etish maqsad qilib qo’yiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston buyuk kelajak sari”
asarlarida takidlab o’tganlaridek, “Bu boy tabiiy zahiralarimiz, intellektual
hamda ijtimoiy-texnikaviy salohiyatimizdan to’liq va samarali foydalanish,
iqtisodiyotga mukammal texnologik jarayonni o’z ichiga oladigan, tayyor
mahsulot ishlab chiqaradigan, mineral va qishloq xo’jaligi xom-ashyosi sifatli
qayta ishlaydigan quvvatlar yetakchi o’rin tutishini ta’minlash, xizmat
ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o’rnini kuchaytirish
qishloqda yangi ish o’rinlarini yaratish demakdir”.
Ayni shu vaqtda ilmiy bilish, fan va ilmiy ijod va izlanish beqiyos
darajada talab etiladi va o’z istiqbolli rivojlanish shart sharoiti vujudga keladi.
Hozirgi vaqtga kelib, kelajagi buyuk davlat bo’lgan demokratik
O’zbekiston, BMT a’zosi va ko’p iqtisodiy siyosiy regional tashkilotlar
hamkori sifatida Markaziy Osiyo davlatlari ichida tobora o’z mavqyei va
obro’ga ega davlat sifatida namoyon bo’lib bormoqda.
Amerikalik demokrat Tomas Djsfferson ta’biri bilan aytganda,
demokratiya maqsadi, bu hayot, erkinlik va baxtiyorlikga intilishdir.
Demokratik to’zilgan jamiyatda xalqlarni boshqaruvi, halq yordami bilan olib
boriladi, halq erkin javobgarlik bilan o’zining hayoti va taqdirini, javobgarligini
o’z qo’liga oladi. Bular O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini formallashtirish
asosi bo’ladi.
-
175
Demokratiya erkinlik va oqillik, har bir shaxsning, halqning to’la har
tomonlama ijodiy qobiliyatini rivojlanishi va namoyon bo’lishi shart-
sharoitidir.
Qadim zamonlardan ham O’zbek halqining an’anasida ilmga, ijodga
fanga bo’lgan e’tibor, hurmat kasb etgan. Buyuk davlat arbobi, shoir, olim
A.Navoiy aytganidek, odamning ziynati, bu uning bilishi va donishmandligidir.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim. Oz-ozdan
bilgan dono, olim bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. Ilmdan qochgan –
dangasa, kimki bunga bahona topsa – ahmoq, kimda-kim bilim olishga intilsa,
sen unga iltifot ko’rsat. Halqimizning shunga o’xshash hikmatlari, albatta
yoshlarni bilim olishga, ilmli bo’lishga, har bir ishda ijod bilan yondoshishga
da’vat etadi.
Iqtisod sohasidagi munosablarning o’zgarishi yurtimiz olimlarini ish
sohadagi harakatlarini faollashtirib yubordi. Shu sababli ilmiy ijod
metodologiyasi roli ham oshib borayapti.
XXI asr – shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalar asri,
intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat
taraqqiyotining asosiy va hal qiliuvchi omiliga aylanayotgan davrda. Shuning
uchun ham ilmiy izlanish, ijod metodologiyasining rivojlanishiga katta
ahamiyat berilayapti. Ayniqsa, yurtimizda Prezidentimizning 20 fevral 2002
yildagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida”
farmonining chiqishi buning isboti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi
“O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shaqllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzusidagi
ma’ro’zasida (29 avgust 2002 yil) mamlakatimizni, jamiyatimizni
demokratlashtirish, hamda yangilash yo’lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan
-
176
yangi bosqichga ko’tarish va so’zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarni
qat’iyat bilan davom ettirish, ularni halqimiz orzu qilgan marralarga yetkazish
vazifasi belgilab berildi.
Shu bilan birga, uning yetti ustivor yo’nalishi ko’rsatib o’tildi.
Dostları ilə paylaş: |