O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Nazorat savollari: 
1.
Informatika fanining ahamiyati 
2.
Ilmiy hujjatlar turlari 
3.
Informasion sistemalar va ularning globallashuvi 
4.
Axborot jamiyati tasnifi 
5.
Internetning mohiyati



167 
6. O’ZBEKISTONNING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHIDA 
ILMIY IZLANISH METODOLOGIYASI 
 
XXI asrga kelib insoniyat jamiyatining rivojlanishida informasiya, bilim 
va ilmiy ijod kabi resurslar hal qiluvchi omil hisoblandi. 
Insonning barcha faoliyatiga ilmiy izlanishning kirib borishi, ayniqsa, 
fundamental va amaliy fan sohasining asosi bo’lishi, ilmiy – texnikaning yangi-
yangi vositalari bilan qurollanishi bashariyat sivilizasiyasining rivojlanishini 
yurituvchi kuchi bo’lganligidan darak berayapti. 
Qaysiki, hyech bir ilmiy, ijodiy faoliyatning o’sishi, rivojlanishini busiz 
tasavvur ham qilib bo’lmaydi. 
Global informasiya va elektronika epoxasi bo’lgan, hozirgi vaqtda ishlab 
chiqarishning o’zi ilmiy izlanish va ijod natijasidan, informasiyaga bog’liq 
bo’lib qolmoqda. 
Shuning uchun jamiyatda ilmiy izlanish va ijod uchun juda qulay 
sharoitlar vujudga kelayaptiki, buning natijasida olib borilayotgan ilmiy 
izlanishda kompyuterlarning qo’llanilishi va axborot texnologiyalarning 
singdirilishi, matematikalashtirish va formallashtirish, algoritmlashlar bajarilib, 
samarali 
tabiiy 
fanlarda 
(mikrodunyo 
fizikasida, 
astrofizika 
va 
mikrobiologiyada, 
geninjeneriyasi 
va 
biotexnologiyada) 
katta 
muvoffaqiyatlarga erishilmoqda. Barcha fan sohalarining mislsiz rivojlanishi, 
butun dunyo bo’yicha, fanning umumfalsafiy va epistemologik muammolariga 
va ilmiy ijod metodologiyasiga qiziqish o’yg’otdi. 
O’z o’rnida fan va ijod jamiyatning butun moddiy va ma’naviy hayoti 
bilan chambarchas bog’langan bo’lib, uning rivojlanishida tobora ahamiyati 
ortib bormoqda. Fanning rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyot darajasini 
ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Masalan, hozirgi kunlarda jamiyat 



168 
taraqqiyotida fanning ahamiyati shu qadar ortib ketdiki, XX va XXI asrni 
ko’pincha “fan asri” deb ataydilar. 
Fan tarixiy taraqqiyotining eng muhim qonuniyati – ishlab chiqarishda va 
jamiyatni boshqarishdagi uning roli ijtimoiy hayotda, uning ahamiyati oshib 
borayotganligidir. 
Jamiyat hayotida fan rolining bunday oshib borishi vaqt o’tishi bilan 
shunga olib keldiki, u ijtimoiy ongning butun sistemasida yetakchi o’rinni 
egallaydi va ijtimoiy borliq taraqqiyotiga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatadi. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish 
davrida, fanga va uning rivojiga bo’lgan e’tibor yanada oshib borayapti. 
O’zbekiston mustaqillikga erishgan vaqtda u o’z yo’lini, iqtisodiy 
rivojlanish modelini tanlab oldi va oldimizga “Milliy boylikning ko’payishini, 
respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish 
sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi 
iqtisodiyotni barpo etish kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot” 
I.Karimov aytganlaridek, strategik maqsadimiz bo’lgan xuquqiy demokratik 
davlat va fuqarolik jamiyatni barpo qilishning asosi ekanligini e’tiborga olsak, 
yechilishi dolzarb bo’lgan ko’pgina iqtisodiy muammolarimiz borligini bilamiz. 
Shunday muammolarni yechimini faqat fan, uning amaliyot bilan 
bog’liqligi, integrasiyalashuvi va rivojlanishi bera oladi. Ayniqsa, iqtisodiy 
sohadagi iqtisodiyot bilimlari, bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarni, amalga 
oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadidan kelib chiqqan vazifalarni 
muvoffaqiyatli bajarishga bog’liq. 
Shulardan kelib chiqan holda, davlatimizning fan va iqtisodiyot 
oblastidagi siyosati bu barcha sohalardagi ijod, fan taraqiyoti va ilmiy 
izlanishga qulay zamonaviy sharoit yaratishdir. 



169 
Hozirgi vaqda O’zbekistonda iqtisodiyot sohasida, mustaqillikning 
dastlabki kunlaridanoq amaliyotga o’z tadbiqini muvoffaqiyatli topib 
borayotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tish “O’zbek modeli”ni (iqtisodiyotning 
siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchiligi, qonunning ustivorligi, 
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va bozor iqtisodiyotiga tadrijiy yo’l bilan 
bosqichma–bosqich o’tish kabi) ni har tomonlama dunyo iqtisodiyotiga 
integrasiyasini oshirish vazifasi turibdi. 
Shundan kelib chiqan holda, ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi 
vazifalarni bajarish talab etiladi. Bularga iqtisodiy sohada, iqtisodiyotni 
erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari, ya’ni iqtisodiy hayotni 
erkinlashtirish, xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotga xorij 
sarmoyasini 
jalb 
etish, 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
jaxon 
tizimiga 
integrasiyalashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom etirish 
bo’lsa, ijtimoiy sohada esa bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy 
siyosatni yuritish, ya’ni barcha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, 
aholining yordamga muhtoj qatlamlarini muhofazalash, ma’naviy beshigi - 
oilaning jamiyatdagi mavqye’ini oshirish fuqarolarning huquqiy tengligi, qonun 
ustuvorligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalash vazifalarini bajarish 
kerakdir. 
Fan va ijodning rivojlanishi iqtisodiy hayot darajasini oshirishiga olib 
kelishi bilan birga, shu sohalarning metodologik bilim bazasini ham 
kuchaytiradi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda fan va ijod metodologiyasini parallel 
ravishda rivojlanishi haqiqiy ilmiy – texnikaviy progressni amalga oshiryapti.
Ilmiy bilishning tomoyillar tizimi, yo’llari, qonun - qoidalar va aniq 
hadislari sifatida metodologiya har bir fan predmetidan kelib chiqib, o’zining 
ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida bu quydagicha namoyon bo’lishi mumkin: 



170 
- iqtisodiyot yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda 
mazmun va shaql jixatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan 
bog’liqlikda bo’ladi; iqtisodiy jarayoni bog’liqlik tomonlarini (ichki va tashqi) 
zamon va makonda o’rganish; iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, 
pastdan yuqorigacha rivojlanishda deb qarash, miqdor jihatdan o’zgarish, sifat 
o’zgarishiga olib kelishi; ichki qarama–qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro 
kurashishiga rivojlanishning manbai deb yondashishdir. 
Bunga iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlarning tabiiy, moddiy, 
shaxsiy, shuningdek pul mablag’lari tayanishi, ularning bog’liqligi va 
ziddiyatda bo’lishi, bir-biriga ta’siri, sifat hamda miqdor jixatdan o’zgarib 
turishi, turli davrda turlicha shaqlga ega bo’lishi, eski iqtisodiy qonunlar, 
tushunchalar o’rniga yangilarini paydo bo’lishi misol bo’la oladi. 
Biz bilamizki, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning 
cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (xizmatlarni) 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-
qoidalarni, izlanishni iqtisod haqidagi fanlar olib boradi. 
Bunda iqtisodiy hayotning turli tomonlari iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
o’rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, 
ularning o’zaro bog’liqligini to’la ifodalovchi iqtisodiy qonunlar va qisman 
ayrim tomonlarini ifodalovchi ilmiy-nazariy tushuncha – iqtisodiy kategoriyalar 
tarkib topgan. 
Ularga misol bo’lib: umumiy iqtisodiy qonunlar (vaqtni tejash, 
ehtiyojlarni tez o’sib borishi, takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish 
munosatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasiga 
mos kelish qonunlari); xususiy (talab, taklif va qiymat) qonunlari; maxsus 
o’ziga xos (qo’shimcha qiymat) qonuni hisoblanadi. 



171 
Iqtisodiy hodisalarni ifodalovchi bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy 
muvozanat, moliya, kredit va boshqalarda o’z ifodasini topgan: baho, talab, 
tovar, pul, qiymat, mehnat kabi ko’plab tushuncha – kategoriyalar mavjud. 
Shularning hammasini ilmiy izlanishda iqtisodiy nazariya ilmiy 
metodologiyasi muhim rol o’ynaydi. Bularga ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, 
mantiqiylik va tarixiylik birligi, eksperiment, makro- va mikroiqtisodiy tahlil, 
makroiqtisodiy tahlil makromutanosibligi, iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy 
jihtdan tahlil qilish metodlarini qo’llash yo’li bilan erishiladi. Albatta, bularning 
asosida falsafiy bilish metodologiyasi turadi va uning rivojlanishini ta’minlab 
turadi. 
Umuman olganda, iqtisodiy epistemologiya falsafiy epistemologiyadan 
kelib chiqib o’z rivojlanish yo’nalishini aniqlab boradi. 
Hozirgi vaqdagi klassik bo’lmagan falsafa, ya’ni fan falsafasi, global 
muammolar falsafasi ijodiy rivojlanishida bo’lishi bilan ilmiy izlanishning 
rivojlanishida ham katta o’zgarishlar bo’layapti. 
Masalan, Rim klubini sosial-iqtisodiy faoliyati, S.Tulminning evolyusion 
izlanish dasturi, fin olimi Ya.Xintikning ichki va yuza informasiya konsepsiyasi 
va boshqalardir. 
Iqtisodiy izlanishda nazariyaning o’rni hal qiluvchi, o’ta muhimligi 
haqida oldingi mavzularda ham aytib o’tgan edik. 
Iqtisodiy 
izlanishda 
ham 
boshqa 
fanlardagidek 
ko’zatilayotgan 
voqyealarni tushuntirish va prognozlash bilan bir qatorda unga xususiy bo’lgan 
me’yoriy tahlil bilan haqiqiy tahlilni qiyoslash, talab va taklif nazariyasi 
uslubiyati, baho, bozor oqibatlarini baholash va oldindan ko’ra bilish, foydani 
maksimumlashtirish va raqobatli taklif, raqobatli bozorlar tahlili, umumiy 
muvozanat tahlili va h.k. kabi ilmiy metodlari o’rin egallab kelmoqda. 
Iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni tushuntirish va prognozlash iqtisodiy 
nazariyaning asosi hisoblanadi. Haqiqiy tahlil iqtisoddagi hodisalarni 



172 
tushuntirish va prognozlashni bildirsa, me’yoriy tahlil bular qanday bo’lishi 
kerak degan savolga javob beradi. U iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga 
daxldor bo’lmasada, siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqadi, ko’pincha baho 
berish xususidagi mulohazalar bilan to’ldiradi. 
Talab va taklif usuli iqtisodiy tahlilning universal vositasi bo’lib, keng 
doirada turli-tuman muammolarga qo’llaniladi. Masalan: jahondagi o’zgarib 
borayotgan iqtisodiy sharoitning bozor narxlariga va ishlab chiqarish 
samaradorligiga ta’siri; hukumatning narxlarni nazorat qilish bo’yicha chora-
tadbirlari ta’siriga baho berish; minimal ish haqi va iqtisodiy rag’batlar, 
soliqlar, subsidiyalar, importga belgilangan boj puli va kvotalarning 
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarga ta’siri bo’lishi mumkin. 
Umuman olganda, iqtisodning rivojlanishi undagi yangi-yangi usullar - 
metodlarning qo’llanilib, rivojlanish yo’llarini prognozlashi o’ta muhim kasb 
etadi va buning ustida barcha davlatlardagi olimlar muntazam ravishda ijodiy 
faoliyat olib bormoqdalar. 
O’zbekistonda bu sohada O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, institut va 
universitet ilmiy xodimlari, olimlar shug’ullanishadi va o’zimizga xos va mos 
iqtisodiy metodlar, nazariy usullar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilayapti. 
Agar biz O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy 
fanning rivojlanishini ko’rib chiqsak, bu borada olamshumul ham nazariy, ham 
amaliy ishlar bajarliganligini ko’ramiz. 
Bozor iqtisodiyoti – bu bozor iqtisodiyoti nazariyasi asosida, tovar ishlab 
chiqarish, ayiraboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari tashkil etiladigan va 
boshqariladigan iqtisodiy tizimdir . 
O’zbekiston iqtisodiyoti dastlabki mustaqillik kunlaridan bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish siyosati yuritildi va unga bog’liq 
barcha ilmiy metodologik ishlar bajarildi.



173 
Iqtisodiyotning bunday yo’lga o’tishi, albatta tasodifiy, sinalmagan holda 
bo’lgan emas, chunki hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyoti dunyoning 
ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil 
darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. 
Bunday iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib 
topib, shaqllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaqlni kasb etdi va ko’pgina 
davlatlarda hukumron iqtisodiy tizimga aylangan va bunday iqtisodiy 
evolyusiya davomida uning klassik qoidalari saqlanib qolgan.
Bozor 
iqtisodiyotining 
asosiy 
afzalliklari 
ichida: 
resurslarni 
taqsimlashning samaradorligi, erkinlik bilan bir qatorda har bir shaxs, korxona, 
firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Ayni shu 
vaqtda, ilmiy izlanish, fan va ijod metodologiyasiga talab cheksiz bo’ladi, 
chunki faqat shu yo’l bilan raqobatlarni yengishga va rivojlanishga erishiladi. 
Eng yangi texnologiyalarni qo’llash talabi kelib chiqadi va bu asosda ishlab 
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, ko’pincha ko’p miqdordagi 
mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud 
bo’lishini taqozo qiladi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich 
o’tishni 
Prezidentimiz 
I.A.Karimov asarlarida bayon qilinib, asosiy vazifalar belgilanib berilgan. 
O’tishning birinchi bosqichida totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, 
tanglikga barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo’lsa, ikkinchisida 
Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda 
bozor munosabatlarining negizlarini shaqlantirishdir. 
Shu vazifalarni hal qilish uchun quyidagi isloh qilishning muhim 
yo’nalishlari: o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shaqllantirish, 
islohotlarning qonuniy – huquqiy negizini mustahkamlash; mahaliy sanoat, 
savdo maishiy xizmat korxonalarni, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq 
xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi 



174 
shaqllarini vujudga keltirish; ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham 
berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash belgilangan edi, shu 
vaqtgacha aksariyat vazifalar real hayotga o’z tadbiqini topayapti.
Ikkinchi bosqichdan investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o’zgartirishlarni amalga oshirish va uning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, 
bozor munosabatlarini to’liq joriy etish maqsad qilib qo’yiladi. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston buyuk kelajak sari” 
asarlarida takidlab o’tganlaridek, “Bu boy tabiiy zahiralarimiz, intellektual 
hamda ijtimoiy-texnikaviy salohiyatimizdan to’liq va samarali foydalanish, 
iqtisodiyotga mukammal texnologik jarayonni o’z ichiga oladigan, tayyor 
mahsulot ishlab chiqaradigan, mineral va qishloq xo’jaligi xom-ashyosi sifatli 
qayta ishlaydigan quvvatlar yetakchi o’rin tutishini ta’minlash, xizmat 
ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o’rnini kuchaytirish 
qishloqda yangi ish o’rinlarini yaratish demakdir”.
Ayni shu vaqtda ilmiy bilish, fan va ilmiy ijod va izlanish beqiyos 
darajada talab etiladi va o’z istiqbolli rivojlanish shart sharoiti vujudga keladi. 
Hozirgi vaqtga kelib, kelajagi buyuk davlat bo’lgan demokratik 
O’zbekiston, BMT a’zosi va ko’p iqtisodiy siyosiy regional tashkilotlar 
hamkori sifatida Markaziy Osiyo davlatlari ichida tobora o’z mavqyei va 
obro’ga ega davlat sifatida namoyon bo’lib bormoqda. 
Amerikalik demokrat Tomas Djsfferson ta’biri bilan aytganda, 
demokratiya maqsadi, bu hayot, erkinlik va baxtiyorlikga intilishdir. 
Demokratik to’zilgan jamiyatda xalqlarni boshqaruvi, halq yordami bilan olib 
boriladi, halq erkin javobgarlik bilan o’zining hayoti va taqdirini, javobgarligini 
o’z qo’liga oladi. Bular O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini formallashtirish 
asosi bo’ladi. 



175 
Demokratiya erkinlik va oqillik, har bir shaxsning, halqning to’la har 
tomonlama ijodiy qobiliyatini rivojlanishi va namoyon bo’lishi shart- 
sharoitidir. 
Qadim zamonlardan ham O’zbek halqining an’anasida ilmga, ijodga 
fanga bo’lgan e’tibor, hurmat kasb etgan. Buyuk davlat arbobi, shoir, olim 
A.Navoiy aytganidek, odamning ziynati, bu uning bilishi va donishmandligidir. 
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim. Oz-ozdan 
bilgan dono, olim bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. Ilmdan qochgan – 
dangasa, kimki bunga bahona topsa – ahmoq, kimda-kim bilim olishga intilsa, 
sen unga iltifot ko’rsat. Halqimizning shunga o’xshash hikmatlari, albatta 
yoshlarni bilim olishga, ilmli bo’lishga, har bir ishda ijod bilan yondoshishga 
da’vat etadi. 
Iqtisod sohasidagi munosablarning o’zgarishi yurtimiz olimlarini ish 
sohadagi harakatlarini faollashtirib yubordi. Shu sababli ilmiy ijod 
metodologiyasi roli ham oshib borayapti. 
XXI asr – shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalar asri, 
intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat 
taraqqiyotining asosiy va hal qiliuvchi omiliga aylanayotgan davrda. Shuning 
uchun ham ilmiy izlanish, ijod metodologiyasining rivojlanishiga katta 
ahamiyat berilayapti. Ayniqsa, yurtimizda Prezidentimizning 20 fevral 2002 
yildagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida” 
farmonining chiqishi buning isboti hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi 
“O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyati asoslarini shaqllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzusidagi 
ma’ro’zasida (29 avgust 2002 yil) mamlakatimizni, jamiyatimizni 
demokratlashtirish, hamda yangilash yo’lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan 



176 
yangi bosqichga ko’tarish va so’zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarni 
qat’iyat bilan davom ettirish, ularni halqimiz orzu qilgan marralarga yetkazish
vazifasi belgilab berildi. 
Shu bilan birga, uning yetti ustivor yo’nalishi ko’rsatib o’tildi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin