O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Nazorat savollari:
 
1. Fan tilining tushunchasi 
2. Fan tilining turlari 
3. Tilning ilmiy ijoddagi ahamiyati 
4. Formal logika 
5. Formal logikaning tafakkurda qo’llanilishi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



156 
5. ILMIY IZLANISH VA HOZIRGI ZAMON INFORMASION 
SISTEMALAR GLOBALIZASIYASI 
 
 
XXI asrga kelib, insoniyat sivilizasiyasining rivojlanishida ko’lami 
kengligi bilan ajralib turuvchi, insoniyat jamiyati ichki jarayonlari tug’dirgan, 
inson-jamiyat tizimidagi va jamiyat tabiat tizimidagi juda katta muammolarga, 
ya’ni global muammolarga duch keldi. Bu muammolar tabiat tomonidan 
keltirilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan inson faoliyati tomonidan keltirib 
chiqarilgandir. Bularga aniq misol bo’lib, urush va tinchlik, ekologik, 
demografik, oziq-ovqat va energiya ta’minoti, xavfli kasalliklarni bartaraf etish, 
ekologik (ma’naviy axloqiy muhitni sofligini ta’minlash) muammolaridir. 
Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da, 
hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy vaziyatning ham 
oqibatidir. 
Global muammolarning turlari o’zaro qanchalik farqlansada, bu 
sohalardagi umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti - sharoitlari, 
imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir. 
Ularning bo’lishi ham, yechilishi ham, hozirgi davrning bosh omilidan-
texnika inqilobi bilan aloqadordir. Bizning davrimizda fanning rivojlanishi 
sur’atlari g’oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika 
vositalari yaratishni ta’minlasa, o’z navbatida texnika rivojlanishi ham, fanda 
yangi o’zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bularning natijasida 
fandagi erishilgan oxirgi yutuqlar, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, ilmiy ishlab 
chiqarishdagi birinchi navbatda mikroelektronika, informatika, biotexnologiya, 
geninjenerligi, termoyadro sintezini istiqbolli egallanishi, ishlab chiqarishni 
kompleks-mexanizasiyalash 
va 
avtomatlashtirishdagi 
yutuqlar, 
kosmonavtikadagi va h.k. yutuqlar global muammolarni yechishda xizmat 
qiladi. 



157 
Global muammolarni yechish va keyingi rivojlanishi uchun hozirgi kunda 
jamiyat hayotida insoniyat globalizasiya bilan shug’ullanishiga to’g’ri 
kelmoqda. 
Globalizasiya 
– bu umuminsoniyat prinsiplari asosida dunyo 
davlatlarining bir-biriga yaqinlashish tendensiyasining falsafiy-sosiologik 
ta’rifidir. 
Globalizasiya jarayoni insoniyatning evolyusion, iqtisodiy, sosial, 
madaniy, ilmiy patensiali asosida yaqinlashishi, millat va planetamiz 
halqlarining butun dunyo integrasiyasi bilan o’zaro bog’lanishi asosida yangi 
sivilizasiya tomon harakatini qo’llaydi. 
Shulardan eng muhimi informatika sohasida erishgan yutuqlardir. Uning 
texnikaviy 
vositasidagi 
personal 
kompyuterlarning 
yaratilishi 
va 
tashkillanishidagi internetdek informasiya tarmoqlarining yaratilishi, uning 
chegara bilmas globallashuviga olib keldi va hyech so’zsiz ilmiy texnika 
progressining rivojiga katta turtki bo’lib hisoblanadi. 
Agar bashariyat sivilizasiyasida uch: agrar, sanoat va uchinchisi
globalizasiya to’lqinidan iborat rivojlanish bo’lgan bo’lsa, ilmiy texnikaviy 
progress bu postindustrial inoformasiyali jamiyat sharoitida, jamiyat tomonidan 
ekologiya, iqtisod, siyosat, g’oyalar orqali kuchli ta’sir ko’rsatayapti. Bunday 
hol ularni tezlashtirish, rag’batlantirish yoki teskarisi to’xtatishi mumkin. 
Hozirgi zamonaviy informasiyalashgan, kompyuterlashgan jamiyat 
o’zining asosiy bo’lgan obyektiv, mazmunli va insoniyat shunday katta 
qimmatlikga ega bo’lgan informasiyaga ega. 
Informasiya (lotinchadan olingan bo’lib tushuntirish, bayon qilish 
ma’nosini bildiradi) informasiyali jamiyatning asosiy sosial resursi hisoblanadi. 
Bu tushuncha kibernetika, genetika, informatika, hamda ilmiy bilish va ijod 
epistemologiyasida keng qo’llaniladi. 



158 
Informatikadagi informasiyalar miqdori, sifati, zichligi, tezligi, sig’imi va 
h.k.o xususiyatlarga egadir. Bular xabarlarni aloqaning texnikaviy kanallaridan 
o’zatishda, nerv sistemasini funksiyasida, kompyuterlarning ishida, turli xil 
boshqaruv jarayonida va h.k. katta o’rin egallaydi. 
Bularning hammasi informasiyalarning uzatilishida, saqlanishi va qayta 
ishlovida katta ahamiyatga egadir. 
Agar informasiyaning tushunchasida sistema tashkillanish o’lchovi 
xabarlarning ma’nosi, o’zatilish va qabul etilishi orasidagi munosabati aspekti 
farqlansa, falsafa va fan epistemologiyasida esa uning tushunchasini semantika, 
aksiologik, semiotik kommunikativ va nazariy tasviriy gnoselologik fizikaviy 
aspektlarni o’z ichiga oladi. 
Informatika Fransiyada (60-yillarda) hisoblash mashinalari yordamida 
axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida 
yuzaga kelganligidan kelib chiqgan holda qarasak, bu so’z axborot avtomatikasi 
yoki axborotni qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atama 
kompyuter texnikasi haqidagi fan sinonimiga mos keladi. 
Agar biz informatikaning asosiy resursi axborot ekanligini hisobga olsak, 
unda u biror faoliyat to’g’risidagi qanaqadir voqyea, xabarlar, bilimlar majmui 
hamdir. 
Shu bilan birga informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo’llash va 
ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini hisoblash mashinalari tizimlariga 
asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli 
jihatlarini o’rganuvchi ilmiy va muxandis fani sohasidir. Informatika bu 
jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tomoyillarini 
ishlab chiqishga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham axborot uslublari obyekt 
hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish 
imkoniyatiga ega hisoblanadi. 



159 
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublaridan kelib 
chiqgan holda: kompyuterlar yordamida axborotni yangilash jarayonlari bilan 
bog’liq inson faoliyati sohasi; 
- o’zaro aloqador uch qism-texnik, dasturiy, algoritmik vositalar majmui; 
- xo’jalik yuritishning turli shaqllaridagi korxonalarning bir turda 
jamlaydigan halq xo’jalik tarmog’i; 
- fundamental fan sohasidagi boshqaruv jarayonlarini axborot jihatdan 
ta’minlovchi metodologiyasini ishlab chiqaruvchi; 
- amaliy fan sohasida axborot jarayonlari qonuniyati (yig’ish, qayta 
ishlash, tarqatish), sohalar kommunikasiyasi, axborot tizimi va texnologiyalarni 
ishlab chiquvchidir. 
Insoniyat sivilizasiyasi tarixidagi axborot inqiloblari, ya’ni yozuvning, 
kitob nashr etishning (XIV asr), telegraf, telefon, radio yuzaga kelishi (XIX asr) 
mikroprosessor texnologiyasi kashf etilishi (XX asr) kompyuterlar, kompyuter 
tarmoqlari axborot kommunikasiyalarning yaratilishi informatikaning global 
sistemaga keltirdi (XXI asr).
Bunday global sistemaning yaratilishida informatika vositalarining, 
ayniqsa oddiy hisoblash vositasi bo’lgan yuqori hisoblaridan boshlab personal 
(shaxsiy) kompyuterlar yaratilgungacha bo’lgan tarixiy yo’l katta ahamiyatga 
egadir. 
Bunda XVII asrda nemis olimlari V.Shikkard, G.Leybnes va franso’z 
olimi B.Paskal arifmetik omillarni bajaruvchi mexanik qurilmasi, rossiyalik 
olim V.T.Odner hamda P.L Chebыshevlarning yaratgan arifmometri, 
angliyalik 
matematik 
Ch.Bebbidjning 
analitik 
mashinasi, 
amerikalik 
G.Xollerizning 
ma’lumotlarni qayta ishlovchi perfokartali mashinasi 
(keyinchalik uning firmasi IVM aylangandi), rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich 
kashf etgan elektron sxema-triggerning yaratilishi, AQSh da Dj.Atanasov 
guruhining (1937 yil) elektromexanik mashina, IVM da ishlangan (1944 yil) 



160 
Mark-1 deb ataladigan mashinaning va 1945 yilda birinchi D.Ekkert va 
D.Mouchli tomonidan Buyuk Britaniyada yaratilgan programmani xotirada 
saqlovchi mashinaning, keyinchalik hozirda 4-5 avlod muddatlarida yaratilgan 
minglab, millionlab mashinalarning yaratilishi, zamonaviy kompterlar kashf 
etilish tarixini tashkil etadi. 
Yaratilish avlod muddatlari taxminan 1960-1970 yil birinchi avlod, 1960-
1970 yil ikkinchi avlod, 1970-1980 yil uchinchi avlod va 1980-1990 yillarda 
to’rtinchi, beshinchi avlod mashinalari hisoblanadi. Har bir yaratilgan avlod 
mashinalari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Hozirgi avlod mashinalarining yaratilishida insonning mashina bilan 
o’zaro aloqasi, mashina resurslarini vaqt bo’yicha taqsimoti, o’zoq masofadan 
boshqarish chet tashqi qurilmalarni takomillashtirish, ayniqsa, mashina 
xotirasining kuchi, quvvati, undagi dasturlarning takomillashganligiga katta 
e’tibor berib muvaffaqiyatlarga erishildi. 
Hozirgi 
zamon 
mashinalari 
insonni 
intelektual 
imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi vosita sifatida muhim hisoblanib, barcha faoliyat sohalarida 
mehnat unumdorligini oshirishga ijodiy ta’sir ko’rsatdi. 
Informasiya informatika fanining asosi bo’lib, nima haqidadir xabar, 
saqlash, qayta ishlash va ko’zatish obyekti hisoblanuvchi ma’lumotdir. 
Ilmiy izlanish va ijodda ilmiy axborotlarni yig’ish va ularga qayta ishlov 
berib, tahlil qilish o’ta muhim hisoblanadi. 
Eng muhim ilmiy ishlar natijalari bo’yicha axborotlarni davlat sistemasi 
orqali yig’ish, saqlash, axtarish va berish, bunga eng zamonaviy hisoblash va 
o’zatish mashinalarini ishlatish hozirgi vaqtda eng dolzarb davlat vazifalaridan 
hisoblanadi. Shuning uchun ham inoformatika fanining usullari – bu fan 
tarkibida bir necha fanlar kirgizilib, odamning EHM bilan dialogini 
kompyuterlar sistemasini o’ziga mujassamlashtiryapti. 



161 
Informatika fanida informatika sistemasi borki, bunga informasiya bilan 
ta’minlash sistemasi, ilmiy kommunikasiya sistemasi, informasion mahsulot, 
ko’rsatkichlar bazasi, informasiya resursi, informasiya texnologiyasi va 
informasiya tarmog’i kiradi. 
Informasiya bilan, ya’ni yangi texnologiya, g’oya, ilmiy natija va h.k.o 
kimlarga kerak bo’lsa, shularga yetkazish vazifasini yechsa, ilmiy 
kommunikasiyada ilmiy axborot va bilimlar ham saqlanadi, ham tarqaladi. 
Bunda nashriyot ishlari, kutubxonadagi referatlash, informasiya va 
konsultasiya xizmatlari tarkib topgan. 
Ba’zi axborotlar va xizmatlarning birligi standart ko’rinishda informasiya 
mahsuloti degan nomni olgan. 
Ko’rsatgichlar bazasi EHM da qo’llanilib bibliografik (ikinchi darajali 
axborot, ya’ni chop etilganini yana yig’ish) faktografik ko’rsatgichlar bazasi va 
oxirgi fakticheskiy axborot hisoblanadi. 
Axborotlarni talab qiluvchilar har biri maxsus harakterdagi o’zining 
axborotini so’raydi. Shunday bo’lsada, ularni to’rt kategoriyaga bo’llash 
mumkin: 1. Ishlab chiqarish uchun ilmiy axborotlar. 2 Yangi texnika uchun. 3. 
Yangi texnika yaratishdagi tashkiliy boshqaruv ishlari uchun. 4. Rejalarni 
ishlash 
Ilmiy hujjat – bu material obyekt bo’lib tarkibida ilmiy-texnikaviy 
axborot bo’lib, saqlash va foydalanishga mo’ljallangandir. 
Ilmiy 
hujjatlar: 
tekstli 
(kitob, 
jurnal, 
hisobotlar 
va 
h.k.o) 
grafikli(chizmalar, sxema va diagrammalar), audiovizualli (yozilgan tovish, 
kino va videofilmlar) mashina o’qiydigan axborotlar (mikrofoto uzatuvchilar va 
h.k.) kiradi. Hujjatlar, birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. 
Birlamchi hujjat va nashrlarga: chop qilingan va chop qilinmagan 
hujjatlar kiradi. Bunga: kitoblar (hajmi 48 betdan katta, broshyuralar hajmi 4 
betdan 48 betgacha), ular pulli va pulsiz bo’lishi mumkin, yana ilmiy, o’quv, 



162 
hujjatli, ilmiy-ommaviy va har bir ilm tarmoqlari, fanlari bo’yicha bo’lishi 
mumkin. 
Kitob va hujjatlarning ichida ilmiy asosda muhimi bu monografiya va 
yig’malardir. Darsliklar, darsga qo’llanmalar bular o’qitish maqsadida 
tayyorlanadi. Bularda hamma axborotlar ma’lum bir sistemada tayyorlanadiki u 
o’quvchilar uchun oson va qulay bo’lishi kerak. Agar axborotlar davlat 
nomidan berilsa, bu rasmiy axborotlar turiga kiradi. 
Ilmiy texnik axborotlarning ancha operativ manbai bu ma’lum vaqtlarda 
chiqib turuvchi o’zlukli nashrlardir. Bularga jurnallar va gazetalar kiradi. 
Bundan tashqari muddatli nashrlar; har xil mehnatlar, olimlar ishlari majmuasi, 
yangiliklar va h.k. 
Maxsus informativ manbalarga: har xil standartlar, ko’rsatmalar, turli 
qoidalar, metodik ko’rgazmalar va h.k. kiradi. Axborot manbalarining ichida 
muhimlaridan biri, bu patent axborotlari hisoblanadi va ularga kashfiyot va 
ixtirolar, sanoat mulkchiligi va ixtirochilar haq-huquqi haqida eng yangi 
axborotlar beriladi. Patent hujjatlari eng yuqori haqiqatga ega, chunki uning 
yangiligini maxsus ekspertiza va tekshirishdan o’tkaziladi. 
Birlamchi nashr qilinmagan hujjatlarga: ilmiy-texnikaviy hisobotlar, 
dissertasiya va deponirlangan qo’lyozmalar, ilmiy tarjimalar, konstruktorlik 
hujjatlar, simpozium, syezd va seminarlar, ilmiy konferensiyalar o’tkazish 
informasion xabarlar kiradi. 
Ikkilamchi 
hujjatlarga: 
ma’lumotnoma, sharhlar, referativli va 
bibliografik axborotlar kiradi. 
Ikkilamchi chop etilmaydigan hujjatlarga: qayd qilingan va axborotli 
kartalar, dissertasiyalarning hisob kartochkasi, deponirlangan qo’lyozma va 
tarjimalar, kartochkalar, axborotli xabarlar kiradi. 



163 
Yig’ilgan bir sistemaga keltirilgan ilmiy axborotlarni qayta ishlovida 
taxlil etiladi. Tahlil etish, mavzu bo’yicha to’la yoritish, uning maqsadi, 
vazifasini aniqlash va kelgusi izlanishlar uchun asos yaratishdir. 
Ilmiy axborotlarni qayta ishlovida izlanuvchidan qo’yidagi shartlarga 
amal qilishlari taklif etiladi: ishning maqsadini aniq aniqlash, olingan yangi 
axborotlardan ilxomlanish, izlanishda diqqat va fikrni bir yerga to’plash, 
mustaqil mehnatni tashkillashtirish, adabiyotlarni o’rganishda qat’iyat va 
muntazamlikga rioya etish, aqliy mehnat samaradorligini turli yo’llar bilan 
oshirib borish, qat’iy ish tartibini o’rnatish, zamonaviy tahlil uslubi va 
texnikasini qo’llab berish hisoblanadi. 
Ilmiy izlanish axborotlarni tahlil etishda annotasiyalar, qisqacha 
ko’chirma, konspekt yozuvlarni keng qo’llash kerak. 
Qayta ishlanayotgan axborotlarni tahlil qilish, bu o’ta muhim, ilmiy 
izlanishning bosqichlaridan biri hisoblanib, unda bo’lgan barcha axborotlar 
bo’yicha bir butun mantiqiy bir fikrga kelish talab etiladi. Qilingan bu fikrlar 
kelgusida bajariladigan ishlarining taqdirini, samaradorligini ifodalaydi. 
Shuning uchun bunda shoshma-shosharlikga, tavakkalchilikga, noaniqlikga yo’l 
qo’ymay, iloji boricha, ko’proq axborotlarni yig’ish va ko’rib chiqish talab 
etiladi. 
Tahlil jarayonida axborot manbalarini ikki xil: xronologik tartibda va
mavzu bo’yicha sistemalashtirish mumkin. 
Xronologik tartibda sistemalashtirishda barcha axborotlar o’zining tarixi, 
ya’ni kelib chiqish vaqti, tartibi bo’yicha ilmiy bosqichga ko’ra 
sistemalashtiriladi. Bu bosqichlar o’zining sifatining har bir bosqichida 
o’zgarishi bilan farq qilib boradi. Har bir bosqichda albatta analitik tanqid 
tahlili olib borilishi kerak. 
Mavzu bo’yicha (mavzuli tahlil) axborotning butun hajmi ishlab 
chiqilayotgan mavzu masalalari bo’yicha oddiy yoki murakkab sistemalar 



164 
bo’lishi mumkin. Umuman bunda oddiylikdan murakkablikka yo’nalish uslubi 
keng qo’llaniladi. 
Qayta ishlab chiqilishi kerak bo’lgan ilmiy axborotlarning tahlilida 
qo’yidagilar talab qilinadi: 
- har bir mavzuning dolzarbligi va yangiligi; 
- mavzu bo’yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so’nggi 
yutuqlar; 
- ilmiy izlanish maqsadi va vazifasining aniqligi; 
- mavzu bo’yicha ishlab chiqarish tavsiyalari; 
- ilmiy ishlanmalarning texnikaviy iqtisodiy va ekologik maqsadlarga 
muvofiqligi, 
Ilmiy ijodning rivojlanishida hozirgi mavjud informasion (axborot) 
texnologiyasining ahamiyati juda kattadir. U xalq xo’jaligining barcha 
sohalariga kirib borgan va samarali qo’llaniliyapti. 
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida 
yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va o’zatish 
vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. 
Hozirgi 
vaqtda 
kompyuterlar 
va 
telekommunikasiya 
axborot 
texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash industriyasi yuzaga 
keldiki, bular axborot jamiyatini yaratdilar.
Axborot jamiyati-ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning 
shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga 
oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. 
Axborot jamiyatining quyidagi xususiyatlari mavjud: 
- axborotning mo’l ko’pligining ta’minlanishi; 
- rivojlanishning asosiy shaqli axborot iqtisodiyoti bo’lishi; 



165 

eng 
yangi 
axborot 
texnika 
va 
texnologiyalar 
yordamida 
avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish 
jamiyatiga shaqllanganligi; 
- butun insoniyat sivilizasiyasining axborot birligining shaqllanganligi; 
- zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun 
sivilizasiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshganligidir. 
Axborot barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib, 
bularda alohida hujjat va hujjatlar to’plami, axborot tizimlari: kutubxona, arxiv, 
fond, ma’lumotlar banklari va h.k.o sifatidadir. 
Uning moddiy, tabiiy, mehnat, zamonaviy va energetika zaxiralari 
mavjuddir. 
Mavjud axborot texnologiyalari o’zining amalga oshirilishi, usuli. 
boshqarish vazifalarini qamrab olish darajasi, amalga oshiriladigan texnologik 
operasiyalarning sinfi, foydalaniladigan interfeysning turi, tarmoqli usuli, 
xizmat sohalari bo’yicha tasniflanadi. 
Hozirgi vaqtda axborotning globallashuvini, chegara bilmas bo’lishiga 
halqaro hisoblash tarmog’i- internetning yaratilishi bo’ldi. 
Internet doimo yangilab boruvchi barcha sohalar bo’yicha axborot
zaxiralari bazasi, axborot izlash, qidirish tizimi, nusxalar olish va o’zatish, 
masofadan turib o’qish va o’qitish va h.k. bo’lib xizmat qilmoqda. 
Internet tarmog’iga hozirgi vaqtga kelib, million komyuterlar ulangan va 
kun sayin kengayib, kunlik hayot vositasi bo’lib bormoqda. Chunki, faqat 
iqtisodiy sohada: million iste’molchilarga chiqish imkoni, sarf-harajatlarning 
ozligi, vaqtni tejash, dune bo’yicha boshqa kompaniyalar bilan aloqa o’rnatish 
va h.k. mumkin bo’ldi. 
Umuman olganda, informasion sistemaning asosiy obyekti sifatida inson, 
uning sosial jarayonlar vazifalarini yechishdagi ijodi, hohishi, mehnati turadi. 



166 
Informasion sistemalarning mohiyati, bu insonning maqsadli, samarali 
ijodi, kompyuterlarni qo’llab (mehnat va ijod predmeti sifatida) xabarlarni bir 
shaklga keltirib, barcha soha boshqaruvida samarali, to’g’ri qarorga kelishidir. 
Informasion sistemaning yana bir vazifasi sohalarda integrasiya jarayonini 
bajarishdir. 
Zamonaviy informasion jamiyat bu shunday sivilizasiyani moddiy va 
ma’naviy unda inson va uning dune bilan o’zaro aloqadorligini fundamenti 
xabarlar bajaradi. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda axborot texnologiyasini joriy 
qilishda mustaqillik kunlarining boshidan katta e’tibor berib kelinmoqda. 
Jumladan, Respublika axborotlashtirish jarayonini rivojlantirish maqsadida, 
axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va ma’lumotlar bazasi uchun 
dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida (1994 yil may) qonunlari qabul 
qilindi, 1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
«O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi va qo’yilgan vazifalar 
quyidagilardan iborat: milliy axborot hisoblash tarmog’ini yaratish, 
axborotlarga mahsulot sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarini yuritish; axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya 
qilish; 
informatika 
industriyasini 
yaratish 
va 
rivojlantirish, 
axborot 
texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab 
quvvatlash; informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini 
muvofiqlashtirish. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin