O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

 
 
7.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilmiy xodimlar tayyorlash 
haqida 
Ma’lumki “Ta’lim to’g’risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ga asosan O’zbekistonda kadrlar tayyorlash o’zluksiz tizimi va turi 
quyidagilardan iborat: 
- maktabgacha ta’lim; 
- umumiy o’rta ta’lim; 
- o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
- oliy ta’lim; 
- oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
- maktabdan tashqari ta’lim. 
Bunda umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich I-IV sinfgacha va V-IX sinfgacha 
umumiy o’rta ta’limga bo’linsa, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi – akademik 
liseylar va kasb-hunar kollejlarga bo’linadi. Xuddi shuningdek, oliy ta’lim – 



216 
bakalavriatura, ya’ni ma’lum ta’lim yo’nalishi bo’yicha bazaviy oliy ta’limga 
va mutaxassislik bo’yicha magistratura oliy ta’limga bo’linadi.
Ilmiy izlanish xodimlari oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim: aspirantura va 
doktarantura orqali tayyorlanadi. Bakalavriatura, magistratura, aspirantura va 
doktorantura ta’lim ketma-ketlik tarzida bajariladi, ya’ni har bir bosqich 
muvaffaqiyatli tugatilgandan so’ng tanlov asosida navbatdagisiga o’tiladi.
Ilmiy xodimlar aspirantura va doktaranturada tayyorlansada, ilmiy ishlar 
bilan shug’ullanish dastlab bakalavriaturada turli shaqllarda boshlanadi.
O’zbekistonda aspirantura va doktarantga kiruvchilar dinamikasi soni 
1998-2002 yillar quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Jadval 7.2
OO’MTV oliy o’quv muassasalarida 
Kirgan
1998 
1999 
2000 
2001 
2002 
Doktarantlar
61 
70 
43 
76 
49 
Aspirantlar
599 
654 
396 
392 
365 
Maqsadga muvofiq shuni eslatib o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi qaroriga asosan (8P) oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi 
vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan 
hamkorlikda o’rnatilgan tartibda aspirantura (doktarantura) to’g’risidagi 
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo’yilgan.
Talabalar bakalavriaturadan so’ng tanlov asosida magistraturaga kirib (2 
yil), magistratura dissertasiyasi yoqlab yanagi malakaviy darajaga ega 
bo’lsalarda, ammo bularga hali ilmiy daraja bo’lmaydi.
Ular ma’lum yanagi ta’lim bosqichiga o’tsalar, shundan so’ng ilmiy 
darajalarga ega bo’ladilar.



217 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini bajarish 
borasida o’zluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik 
xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilib, O’zbekiston Respublikasi Fan 
va texnika davlat qo’mitasi maxsus (FTDK) “O’zluksiz ta’lim tizimida ilmiy 
va ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash to’g’risida”gi Nizom ishlab chiqilgan. 
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasi xo’zuridagi Oliy 
Attestasiya Komissiyasi, (O’z.ROK) Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, 
Sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va Madaniyat ishlari vazirliklari bilan
kelishilgan holda 1996 yil ishlab chiqildi. 
Ushbu Nizomga asosan aspirantura, doktorantura, mustaqil ish olib 
boruvchi tadqiqotchi, stajer tadqiqotchi, assistentura - stajirovkalarni o’tib, 
ilmiy va ilmiy-pedagogik xodim bo’lishlari mumkin. 
Quyida biz eng asosiylaridan aspirantura va doktoronturani ko’rib 
chiqamiz. 
Aspiranturalar respublikada yagona o’zluksiz ta’limning tarkibiy qismi 
bo’lib, ilmiy va ilmiy - pedagogik xodimlar tayyorlashning asosiy shaqlidir. 
Unda nazariy va maxsus tayyorgarlikni chuqurlashtirish, ilmiy tadqiqot usullari 
va vositalarini o’rganish, yuqori saviyaga, mustaqil ilmiy, pedagogik va 
tarbiyaviy ish olib borish mahoratini egallashni maqsad qilib qo’yadi. 
Aspiranturada o’qitish ilmiy xodimlar ixtisosliklari, nomenklaturasi 
(ro’yxati)ga muvofiq ravishda fan tarmoqlari va mutaxassisliklar bo’yicha 
olib boriladi. Aspirantura O’zbekiston FTDK va O’z.ROAK bilan kelishilgan 
holda tegishli mutaxassisliklar bo’yicha ochiladi. 
Aspiranturada o’qish ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda
tashkil qilinadi. O’qish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan xolda 3 yil,
ajralmagan xolda esa 4 yildan oshmaydi. 
Aspiranturani qabul qilish tanlov asosida oliy o’quv yurtlari, ilmiy 
muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



218 
Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranturaga 35 yoshgacha
bo’lgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 40 yoshgacha bo’lgan to’la oliy 
ma’lumotli (magistratura), oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, 
korxonalar va ularda ishlovchi ilmiy ishga qobiliyatli mutaxassislar qabul
qilinadilar.
Aspiranturaga oliy o’quv yurtini imtiyozli diplom bilan tugatganlar 
bevosita o’qishni tugatgan yillari va kelgusi yillarida ham kirish huquqi bo’lsa, 
boshqa hollarda Oliy o’quv yurtini tugatganlaridan keyin tanlangan 
mutaxassilik bo’yicha kamida bir yillik amaliy ish stajiga ega bo’lishlari kerak.
Maqsadli aspiranturaga tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq 
muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan shaxslar qabul qilinadilar. 
Maqsadli aspiranturani tugatgan mutaxassislar ularni o’qishga yuborgan oliy 
o’quv yurti, ilmiy muassasa va tashkilot ixtiyoriga qaytishlari shart.
Aspirantlar qabul qilingandan so’ng tashkilotlar ilmiy kengashlarida uch 
oylik muddat ichida fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarining respublika 
uchun ustivor yo’nalishlarini hisobga olgan holda, fan nomzodlik 
dissertasiyasining ilmiy ishlar mavzusining tasdiqlashlari lozim.
Aspiranturaga kirayotgan shaxslar, aspirantura bo’ysunadigan oliy o’quv 
yurti rektori yoki ilmiy muassasa va tashkilot rahbari nomiga quyida hujjatlarni 
ilova qilgan holda ariza beradilar:
- xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi va tarjimai holi;
- ish joyidan tavsifnoma, boshqa tashkilotlardan yuboriladigan shaxslar 
uchun tavsiyanoma;
- e’lon qilingan ilmiy ishlari, ixtirolari va ilmiy tadqiqot ishlari 
to’g’risidagi hisobotlar ro’yxati (forma bo’yicha). Ilmiy ishlari va ixtirolari 
e’lon qilinmagan shaxslar esa tanlagan mutaxasisliklari bo’yicha ilmiy 
ma’ro’zalar (referatlar) taqdim etadilar; 



219 
- aspiranturaga bevosita oliy o’quv yurtini tugatgandan keyin tavsiya 
etilgan shaxslar uchun oliy o’quv yurti ilmiy kengashi majlisining bayonidan 
ko’chirma; 
- oliy o’quv yurtini (magistraturani) tugatganligi to’g’risidagi diplom 
nusxasi; 
- nomzodlik imtihonlarni topshirganligi (bor bo’lsa) to’g’risida 
guvohnoma; 
- mehnat daftarchasidan ko’chirma; 
- o’qishga qabul qilinayotganlar tanlov uchun kirish imtihonlari 
topshiradilar. 
Aspiranturada o’qish vaqtida aspirantlar: 
- shaxsiy ish rejasini to’la ado etish; 
- fan nomzodi ilmiy darajasi da’vogarlar uchun O’zR.OAK tomonidan 
belgilab qo’yilgan fanlar bo’yicha nomzodlik imtihonlarini topshirishlari kerak. 
Aspirantura qoidaga asosan fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 
bajarilgan nomzodlik dissertasiyasini yozish va uni belgilangan qoida-qonunlar 
asosida maxsus Ilmiy kengashda himoya uchun topshirish va himoya qilish 
bilan tugaydi. 
Himoyadan muvaffaqiyatli o’tib, O’z.R.OAK maxsus ekspertizasi va 
tasdiqdan so’ng izlanuvchiga fan nomzodi ilmiy darajasi va uni tasdiqlovchi 
diplom beriladi. 
Shundan so’ng ular ilmiy sohalari bo’yicha fan nomzodlari deb 
ataladilar. Masalan: texnika fanlari nomzodi; iqtisod fanlari nomzodi; fizika-
matematika fanlari nomzodi va h.k.o. 
Doktoranturada O’zbekistondagi yagona o’zluksiz ta’lim timizimining 
oliy bosqichi sifatida nufo’zli ilmiy maktablar va laboratoriya-tadqiqot bazalari 
va odatda, disertasiyalarni himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan kengashga ega 
bo’lgan yetakchi oliy o’quv yurtlari, ilmiy muassasalari va tashkilotlari 



220 
qoshidagi texnikaning eng muhim sohalari bo’yicha yuqori malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadida va birinchi navbatda, 
funksional tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiy-
texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi davlat ilmiy 
texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustivor yo’nalishlarini 
amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Doktorantlarni tayyorlash amaldagi ilmiy xodimlar ixtisosliklari 
nomenklaturasi 
(ro’yixati)ga 
muvofiq 
ravishda 
fan 
tarmoqlari 
va 
mutaxassisliklari bo’yicha olib boriladi.
Doktoranturaga, odatda o’zi tanlangan doktorlik dissertasiyasiga asos 
bo’la oladigan salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, qobiliyatli, istiqbolli, ilmiy 
va ilmiy-pedagogik xodim sifatida namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni 
yuksak saviyada olib borish va muhim xalq xo’jaligi hamda ijtimoiy va 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga 
ega bo’lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. O’qish 
muddati tabaqalashtirilgan (diferensial) holda belgilanadi (1-3 yil) va uch 
yildan oshmasligi kerak.
Doktoranturaga ega bo’lgan oliy o’quv yurti, ilmiy muassasa, 
tashkilotning ilmiy kengashi tegishli kafedra, bo’lim, laboratoriyaning ilmiy 
ma’ro’za va doktorlik dissertasiyasining kengaytirilgan reja-loyihasi bo’yicha 
doktorantlik nomzodiga berilgan xulosasini ko’rib chiqadi va nomzodni 
doktoranturaga qabul kilish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi. Ijobiy 
qaror qabul qilinsa, doktaranturada o’qish uchun zaruriy muddat belgilanadi. 
Doktorantlarni doktoranturaga qabul qilish oliy o’quv yurti rektori, ilmiy 
muassasa va tashkilot rahbarini buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Doktoranturaga kirish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan 
holda ariza toshiradilar:
- xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi va tarjimai holi;



221 
- oliy ma’lumot to’g’risida va fan nomzodi diplomi nusxasi;

tadqiqot 
mavzusi 
bo’yicha ilmiy ma’ruza va doktorlik 
dissertasiyasining kengaytirilgan reja - loyihasi;
- matbuotda e’lon qilingan ilmiy ishlar va ixtirolar;
- ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hisoblar ro’yxati bo’yicha;
- boshqa tashkilotlardan kelgan shaxslar uchun ish joyidan berilgan 
tavsifnoma - tavsiyanoma. 
Doktorantlar har yili o’quv yurti ilmiy kengashiga shaxsiy ish 
rejalarining bajarilish to’g’risida hisobot topshiradilar, bu hisobot natijalari 
ilmiy kengash doktorantning bundan keyin doktoranturada o’qishni davom 
ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to’g’risida qaror chiqaradi. 
Doktoranturada o’qish muddati doktorant dissertasiya ilmini tugallashi, 
shu jumladan, dastlabki ekspertizadan o’tkazish va dissertasiyani ixtisoslashgan 
kengashga himoya uchun taqdim etish zarur. 
Maxsus doktorlik ilmiy kengashda rasmiy ravishda belgilangan qoida-
qonunga asosan doktorlik dissertasiyasini ijobiy yoqlasa va buni O’z.R.OAK 
Prezidiumi ko’rib chiqib tasdiqlansa, izlanuvchiga fan doktori ilmiy darajasi 
maxsus diplom bilan beriladi. Shundan so’ng ular fan sohasi bo’yicha fan 
doktori deb ataladilar. Masalan: texnika fanlari doktori va h.k. 
Qoidaga asosan fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar, 
oliy o’quv muassasi, ilmiy tashkilotlarida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 
dosent, professor lavozimlarida samarali ishlab, shu bo’yicha unvonlarni 
O’z.R.OAK tomonidan maxsus atestat bilan olishlari mumkin. Shundan so’ng 
ular fan nomzodi, dosent yoki fan doktori, professor deb aytilishi mumkin. 
Masalan: texnika fanlari nomzodi, dosent; texnika fanlari doktori, professor va 
h.k.o. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin