O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

 
 
 
 



197 
7.3. Magistratura davridagi talabalar faoliyatida ilmiy tadqiqot, 
ilmiy izlanish strukturasi
 
 
 
O’zbekiston Respublikasida qabul kilingan «Ta’lim to’g’risida» gi 
qonunga muvofiq magistratura oliy ta’limning anik ixtisoslik bo’yicha ikkinchi 
boskichi bo’lib, bakalavriatdan keyin yoki maxsus oliy ta’lim negizida amalga 
oshiriladi.
Magistratura muayyan ixtisoslik bo’yicha fundamental va amaliy 
bilimlardan oliy ta’lim berishi bilan bir qatorda ilmiy faoliyat olib borishga, 
ilmiy izlanish va ijod usullarini ham uqtiradi. 
Talabalar zamonaviy tadqiqot bazalari yordamida ilg’or ilmiy izlanish 
metodologiyasi bilan qurollanib, dastlabki ijod ishlarini bajarishlari kerak 
bo’ladi. 
Har bir magistr davlat ta’lim standartlarida belgilangan darajani ko’zda 
tutadigan ta’limiy ixtisoslik dasturi bo’yicha olgan fundamental va 
chukurlashtirilgan bilimlar asosida mustaqil ijodiy faoliyat yuritishi hamda 
ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy va ilmiy-pedagogik ish ko’nikmalariga ega 
bo’lishi kerak. 
Shu bilan birga, magistrlik yoki unga yaqin ixtisoslikka muvofiq 
keladigan mutaxassislik bo’yicha aspiranturada o’qishi yoki fan nomzodi ilmiy 
darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishi yuritishga tayyorlanishi ko’zda 
tutilgan.
Umuman, magistr darajasiga ega bo’lgan mutaxassis ilmiy-tadqiqot 
uslubiyati va ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayti ishlash va saqlash bo’yicha 
zamonaviy axborot texnologiyalarini biladigan, o’tkir zehnli, chuqur ilmli,
yuqori kasbiy tafakkurli mutaxassislik madaniyat sohibi bo’lmog’i lozimdir. 
Shuning uchun ham magistratura davrida bajaraladigan ilmiy ishlari, 
ularning ijod faoliyatlarida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ilmiy izlanish izlanishli, 



198 
maqsadli muammoli harakterga ega bo’lishi va har qanday holatda ham yangi 
bilimlarni olishga xizmat qiladi. Bunda magistratura talabalarning mustaqil fikr 
yuritishlari, qobilyatlari, xotiralari, oldin olgan chuqur bilimlari asosida ilmiy 
ijod faoliyati yuritilishlari talab etiladi. 
Ilmiy ijodda aniq, yangi bilim ilmiy informasiyasi yaratiladiki, bularni 
yaratish vaqtida talanti, iqtidorligi, mehnatsevarligi, chidamliligi, botirligi 
shaqllanadi. 
Har qanday ilmiy izlanish, tadqiqot muammoning qo’yilishidan 
boshlansada, shu muammoni qo’yish uchun har bir masala bo’yicha tanqidiy 
fikr bo’lishi kerak. Izlanuvchi tanqidiy fikrlay olishi bilan u yoki bu fikrlar bilan 
tanisha boradi, bu bo’yicha faktlar, bilimlar, axborotlarni yig’adi, qiziqqan 
sohada prognozlaydi va uning amaliyotda tadbiqini o’ylaydi. 
Tanqidiy fikr – bu bor yig’ilgan bilimlarni analiz va sintez qilib 
bilimlarni o’stirishdir. 
Bunda falsifikasiya yoki fallibilizm prinsiplari qo’l keladi. Fallibilizm 
prinsipiga asosan fan bo’lmagandan chegaralanadi, aniq va haqiqiy bilimni 
subyekt hohish bildirgan fikrdan ajratib berishga yordam beradi. 
Agar bunday jarayon ilmiy tadqiqotda faqat ilmiy tasdiqning haqiqatligi 
bo’yicha qaralsa, unda verifikasiya tushunchasi qo’l keladi. Verifikasiya – 
tanqidiy fikrlashning ilmiy ijoddagi kuchli vositasi hisoblanadi. 
Verifikasiya, to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni bevosita yoki bilvosita bo’lishi 
mumkin. 
Bevosita verifikasiyada ko’zatishda yoki eksperimentda fikrning 
haqiqiyligi to’g’ridan-to’g’ri tekshiriladi, bevosita verifikasiyada esa ilmiy 
gipotezalar va nazariyalar orasidagi formallogik munosabatlar aniqlanadi. 
Verifikasiya ham falsifikasiya ilmiy ijod metodologiyasining tanqidiy 
fikrlash asosini tashkil etadi. Ular izlanuvchini mustaqillikga va xulosa qilishda 



199 
javobgarlik hissi, o’zining pozisiyasini ishlab chiqarishga ijodiy diskussiya 
qilish, eshita bilish, quloq solish, chidash, o’zini-o’zi tanqid qilishga o’rgatadi. 
Xuddi shu yo’l bilan izlanuvchi yechilishi lozim bo’lgan problemani ko’p 
bilsa, ilmiy izlanish samarali bo’ladi.
Odatda problema tushunchasi, bilib olinmagan narsa bilan bog’lanadi, 
binobarin problemaga, inson bilib olmagan va bilishi lozim bo’lgan hodisa deb 
dastlabki ta’rif berish mumkin. Bunda muhim bir narsa borki u ham bo’lsa 
lozimiylik momentidir, ya’ni tadqiqot prosessini yo’naltiradigan moment. 
Muammo o’zining mohiyati bo’yicha garchi g’aroyib tuyulsada, 
shunchaki bilmaslik emas, balki, bilmaslik haqidagi bilimlardir. 
Har qanday fan muayyan problemani o’rtaga qo’yish uchun zarur va 
yetarli asoslarga ega bo’lish darajasiga o’sib yetmog’i lozim. 
Muammoning qo’yilishi, uni ham hal qilish yo’llarining qandaydir 
dastlabki, hattoki nomukammal bilimni albatta o’z ichiga oladi. Muammoni 
to’g’ri qo’yish, yangi sharoit tug’ilganda qondirishi mumkin bo’lgan ehtiyojni 
aniqlay bilish, bu yangi bilimga erishishga qarab boriladigan yo’lning teng 
yarmini bosib o’tish demakdir. 
Muammoni qo’yish, uni hal qilish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirib 
ko’rish uchun obyektiv haqiqatligi aniqlangan bilim fakt bo’lishi zarur. 
Muammolarni hal qilishda, ilmiy fikr yuritishdagi ijodiy yondashish 
quyidagi: tushuntirish, oddiylik, yaxlitlik (saqlanishi), mos qyelishlik va 
ko’zatilishi mumkin bo’lishi prinsiplari strukturaviy elementlarni o’z ichiga 
oladi.
Bunday fikrlash prinsiplari o’z o’rnida ilmiy ijodda metodologik oriyentir 
rolini o’ynaydi. 
Ilmiy ijoddagi izlanish bundan boshqa effektivligi, mobelliligi, 
simultantligi, prediktorligi bilan ajralib turishi talab etiladi. 



200 
Agar ilmiy ijod effektivligi, deganda izlanishi kerak bo’lgan obyektning 
har 
tomonlama 
ma’lum bo’lmagan bog’liqlikni ko’rish tushunilsa, 
mobelliligida, uning boshqa izlanishlarga o’tish xususiyati tushuniladi. 
Simultantligi, obyekt izlanishidagi har tomonlama qamrab olish, 
prediktorligi esa obyektning kelgusidagi holatini bo’rttirib ko’rish tushuniladi. 
Bularning hammasi yoshi, bo’lg’usi izlanuvchining yetuk ijodkor bo’lib 
yetishishiga yordam beradi, ta’minlaydi. 
Ilmiy izlanish strukturasi va mavzusini tanlash metodikasi albatta, 
magistraturada magistrantlar ilmiy ma’ro’zalar, ilmiy maqolalar, ilmiy 
munozaralar (og’zaki ilmiy seminar va anjumanlarda) ilmiy mavzudagi 
referatlar, qisqacha xabar annotasiyalar bilan birga, eng asosiysi magistrlik 
dissertasiyalarini bajaradilar. Bularning hammasi magistrant - talabalarning 
dastlabki ilmiy ijodiy ishlari hisoblanadi. Bajarish vaqtida ular har tomonlama 
ilmiy tarbiya oladilar, kichik olim sifatida namoyon bo’ladilar.
Magistr darajasiga ega bo’lgan mutaxassis ilmiy-tadqiqot uslubiyati va 
ilmiy axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha zamonaviy 
axborot texnologiyalarni biladigan o’tkir zehnli, chuqur ilmli, yuqori kasbli 
mutaxassislik madaniyati sohibi bo’lmog’i kerak.
Ilmiy izlanishning maqsadi – obyektning va hodislarni ularning bog’liqlik 
strukturasini, bir-biriga munosabatini, fandagi ishlab chiqilgan prinsip va bilish 
usullari bilan, har tomonlama haqiqiy o’rganish, shu bilan birga insoniyatga 
foydali bo’lgan, amaliyotga qo’llaniladigan natijalarni olishdir. 
Har qanday ilmiy izlanishda, izlanish obyekti va predmeti bo’ladi. 
Izlanish obyektiga material yoki ideal sistema kiradi. Predmetiga esa, shu 
sistema strukturasi, ichki va tashqi qonuniy bog’liqligi, rivojlanish 
qonuniyatlari, har xil xususiyatlari, sifati va h.k. kiradi. 



201 
Ilmiy izlanish umumiy ishlab chiqarish turiga va halq xo’jaligiga 
qanchalik muhimligiga, maqsadli bo’lishi bilan birga mablag’ manbaiga va 
izlanish muddatiga qarab turlanadi. 
Umumiy ishlab chiqarish bo’yicha: yangi texnologik jarayonlarni, 
mashina va konstruksiyalarni yaratishga, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga, mehnat sharoitini yaxshilash va inson shaxsini rivojlantirishga va 
h.k. bo’linadi. 
Maqsadli bo’lishi bilan ilmiy izlanish fundamental, amaliy va ishlab 
chiqarishga qo’llaniladiganlarga bo’linadi. 
Fundamental izlanish- kashfiyot ochish va yangi hodisalarni yangi 
izlanish prinsiplarini yaratish uchun yo’naltirilgan bo’ladi.Bunda noaniqlik 
darajasi katta bo’ladi. 
Amaliy izlanish-insoniyat faoliyati uchun tabiat qonunlarini ishlatish 
usullarini, yangi bo’lgan ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan jihozlarni, 
qurilmalarni yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Bu izlanish o’z o’rnida: ilmiy-izlanishli va tajriba konstruktorlik ishlariga 
bo’linadi. 
Ilmiy izlanish, fundamental ilmiy natijalaridan kelib chiqqan holda, 
obyektga ta’sir qiluvchi, yangi texnologiyani va texnikani axtarishga yo’nalgan 
bo’ladi. 
Ilmiy izlanish ishlari natijasida yangi texnologiya, tajriba qurilmasi, 
asbob-uskunalar va h.k. yaratiladi. 
Fundamental va amaliy izlanish natijasida yangi ilmiy axborot paydo 
bo’ladi. 
Tajriba-konstruktorlik ishlarida konstruktiv tavsiflarni tanlash bajariladi
chunki bunda jihozlar konstruksiyasini mantiqiy asosini tashkil qilishi kerak. 
Ishlab chiqarishga bevosita ishlatiladigan natijalar-ishlab chiqilmalar deb 
ataladi. 



202 
Ilmiy izlanishlar o’zining muhimligi darajasi bo’yicha:
1.
Muhim ishlarga, fan va texnika qo’mitasi buyurtmasi, qarori dastur 
bo’yicha bajariladigan; 
2.
Tarmoq vazirligi yoki boshqarmalari rejasi bilan bajariladigan 
ishlarga; 
3.
Ilmiy izlanish tashkilotlari tashabbusi va rejasi bo’yicha bajariladigan 
ishlarga bo’linadi. 
Mablag’ manbai bo’yicha: davlat byudjeti, xo’jalik shartnomasi asosida 
bajariladigan va to’lovsiz ilmiy izlanish ishlariga bo’linadi. 
Har qanday ilmiy izlanishni ma’lum bir yo’nalishda ko’rish mumkin. 
Ilmiy yo’nalish deb, shunday fan yoki kompleks fanlarga aytiladiki, 
qaysikim, shu oblastda izlanish olib borilsa. 
Shundan kelib chiqqan holda: ilmiy yo’nalishlar quyidagi yo’nalishlarga 
bo’linishi mumkin: texnikaviy, biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, fizikaviy-
texnikaviy, tarixiy va h.k. Bularni yanada har biri bo’yicha detallashtirish 
mumkin. 
Ilmiy izlanish strukturaviy birligiga - kompleks muammolar, mavzular va 
ilmiy savollar kiradi. 
Kompleks muammoga - bir qancha muammolar bir butun maqsadga 
yo’naltirilgani tushunilsa, muammosida murakkab nazariy va amaliy
topshiriqlar tushuniladi, chunki hayotda ularni yechishga to’g’ri keladi. 
Muammoning tarkibiy qismiga ilmiy ishlar mavzusi kiradi. 
Izlanish vaqtida shu mavzu bo’yicha bir muncha natijalar-javob tariqasida 
olinadi. 
Bir qancha mavzular natijasi esa muammoning yechimini berishi 
mumkin. 



203 
Ilmiy savollar esa bir muncha, mavzudan kichiqroq ilmiy topshiriq 
hisoblanadi, ularning javoblari mavzular javobi bo’ladi, chunki ular aniq ilmiy 
topshiriqlar bo’yicha bo’ladi. 
Ilmiy 
izlanish 
yo’nalishini tanlashda, avvalambor, mavzuning 
dolzarbligini aniqlash kerak. Bunda shu mavzu bo’yicha hozirga qadar nimalar 
qilingan, qanday muammoda turganligi aniqlansa, keyingi bajariladigan ishlar 
samarasi oshadi. Ayniqsa, mavzularni tanlashda kollektivning shu vaqtgacha 
bajargan ilmiy izlanish ishlaridan ham foydalanish, nazariy va amaliy ishlarning 
kelgusidagi tadbiqini ko’zlash, shu vaqtgacha yig’ilgan moddiy texnik bazasini 
ishlata bilish, bu ilmiy izlanish yo’nalishini to’g’ri tanlanganligidan xabar 
beradi. 
Ilmiy yo’nalishni tanlashda olingan axborotlar tahliliga o’zaro bo’ladigan 
munozara va fikrlarga keng yo’l berish kerak. Chunki, faqat shunday holda 
ilmiy yo’nalish to’g’ri tanlanadi va uni keyingi rejalashtirilishi ancha 
osonlashadi. Amaliy ilmiy izlanishlarni tanlashda, buyurtma beradigan tashkilot 
bilan munosabatning konkretligiga, olinadigan topshiriqning aniqligiga e’tibor 
berish kerak. Ish davomida ilmiy yo’nalishda o’zgartirish kiritish, 
qo’shimchalar bo’lishini ham ko’zda tutish kerak bo’ladi. 
Ilmiy izlanish yo’nalishini tanlashda oldindan iqtisodiy samaradorligini 
aniqlash muhim rol o’ynaydi. Bunda, albatta iqtisodiy kriteriyalar, ularning 
samaradorligini hisoblab chiqish kerak. Iqtisodiy kriteriya ko’rsatgichlariga: 
iqtisodiy samaradorligi, ya’ni qancha iqtisodiy samaradorligi ko’p bo’lsa, 
shuncha halq xo’jaligidagi samaradorligi ham ko’p bo’ladi, umumiy sarf 
harajat, sarf harajatning qoplanish muddati va h.k. kiradi. 
Ilmiy izlanish ishlari turlariga qarab, bajarilish bosqichi har xil bo’lsada, 
ular ketma-ketlik xususiyatiga ega. Shuning uchun barcha ilmiy izlanish 
ishlariga qo’yidagi taxminiy ketma-ketlikdagi bajarilish bosqichlarini keltirish 
mumkin: 



204 
1.
Ilmiy izlanish nomini aniqlash 
2.
Texnikaviy-iqtisodiy asoslash. 
3.
Ilmiy izlanish bosqichi, ya’ni nazariy va amaliy axborotlar bilan 
tanishib, maqsad va vazifa yanada aniqlashtiriladi. 
4.
Eksperimental izlanish bajariladi va uning modeli (matematik) 
yaratiladi. 
5.
Olingan natijalarning umumiy tahlili qilinadi va modellarning 
gipotezalari aniqlanadi. 
6.
Ilmiy va ishlab chiqarish xulosalari qilinadi. 
7.
Ilmiy texnikaviy hisobot yoziladi. 
8.
Amaliyotga tadbiq etiladi. 
Ilmiy izlanish mavzusini nomini aniqlash muammoning mohiyati, 
tushunchasi va vazifasi aniqlanadi. Buning natijasida texnikaviy-iqtisodiy 
tasdiqlashni bajarish uchun boshlang’ich yo’llanma beriladi. 
Texnikaviy-iqtisodiy tasdiqlashda esa ushbu mavzu nima uchun 
bajarilayotganligi, dolzarbligi, qisqacha adabiy tahlil tariqasida shungacha 
olingan natijalar, kutiladigan natijalarning qayerda tadbiq etilishi, iqtisodiy 
samaradorligini va boshqa ko’rsatgichlar aniqlanadi. Texnikaviy-iqtisodiy 
tasdiqlashda tanlangan mavzuning bajarilishi maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. 
Faqat shundan so’ng, bajarilinadigan ishlarning maqsad va vazifasi 
aniqlashtiriladi. 
Nazariy izlanish etapida, izlanish predmetining fizikaviy tushunchasi va 
mohiyati aniqlanadi, shu bilan birga matematik modellari tuzilib, boshlang’ich 
natijalar tahlil qilinadi. 
Albatta, nazariy izlanish etapi, amaliy eksperimental izlanish bilan 
chambarchas bog’liqlikda olib borilsa, ilmiy izlanish samaradorligi ancha 
oshadi, sifati yaxshilanadi. 



205 
Eksperimental izlanishda, eksperiment-tajriba uslubi va dasturi tanlanadi 
yoki to’ziladi va shu dastur bo’yicha tajribalar o’tkaziladi. 
Nazariy va amaliy izlanishdan so’ng olingan natijalarning umumiy tahlili 
o’tkaziladi va oldindan qilingan gipotezalar bilan taqqoslanadi. 
Ilmiy ish xulosalari to’ziladi, ishlab chiqarish xulosalari bilan 
taqqoslanadi. Kerak bo’lganda yana tajribalar o’tkazilinadi va qo’shimcha 
izlanishlar olib boriladi. 
Shundan so’ng qilingan ishlar bo’yicha ilmiy texnikaviy hisobot to’ziladi. 
Ilmiy ishning navbatdagi bajarilish etapida olingan natijalarning 
amaliyotda tadbiq qilish va uning haqiqiy iqtisodiy-effektivligini aniqlash 
ishlari bajariladi. Bu etapdagi ishlarni bajarishda, tajriba konstruktorlik 
byurolarning, loyiha tashkilotlarining, tajriba zavod va ustaxonalarning 
ahamiyati katta bo’ladi. Ularning yordamidan samarali foydalanish kerak. 
Muvaffaqiyatli bajarilgan ishlar davlat nazoratidan o’tgandan so’ng keng 
qo’lamda xalq xo’jaligida tadbiq qilinadi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin