A sb est-m in eral to la li m astik alar
- noorganik bogMovchilar
asosida suv qo‘shib tayyorlanadi. Ular sanoat asbob-uskunalari va
truboprovodlaming issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
M ineral paxtali q orishm a
- mineral paxta, asbest, giltuproq
va portlandseinent asosida olinadi. Bu izolyatsiya m aterialining
quruq h o latdag rb ‘rtacha zichligi 400 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti 0,28 W/(m.°C) gacha boMadi.
14.8. Akustik materiallar
Hozirgi kunda shahar va boshqa aholi yashaydigan joylarda shovqin
darajasi ortib bormoqda. Sershovqinlik inson asab sistem asining
kasallanishiga olib keladi. Shovqinlarning inson organizmiga zararini
kamaytirish asosiy sotsial masalalardan hisoblanadi. Inson qulogM 16-
20000 Hz chastotali tovushlarni qabul qiladi, 1500-3000 Hz chastotali
tovushlar esa hayajon bilan eshitiladi.
Havodagi shovqinlar asosan shamolning turli predmetlarga urilishidan
hosil boMadi. Hosil boMgan shovqin binolar to ‘siq konstruksiyalariga
urilib, xona ichida turli chastotadagi shovqinlarni vujudga keltiradi.
Shovqin xonalardagi devor qoplamalari va boshqa predmetga yutiladi yoki
qaytariladi. Zarbiy shovqinlar to‘siq konstruksiyalarida tebranish, titratish,
zarb bilan urilish (kuchli shamol ta’sirida) va shu kabilar ta’sirida hosil
boMadi va tarqaladi.
Dostları ilə paylaş: