Penopolistirol
(EPS) polistirolga g‘ovak hosil qiluvchi komponentlar
qo‘shib tayyorlanadi. Uning o‘rtacha zichligi 25-40 kg/m3, yedirilishga
bardoshli, suv va
kimyoviy muhitlarga chidamli,
X
=0,05 W/(m.°S),
ishchi harorati 70°S gacha. Ponopolistirol uch qatlamli panellar, to ‘siq
konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
14.10-rasm. Penopoliuretan.
Penopolivinilxlorid
- bikr va elastik ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi.
Bikr polivinilxlorid -60°C dan +60°S haroratda
xossalarini qisman
o ‘zgartiradi. U, odatda, sarg‘ish rangda bo‘ladi, tarkibiga turli pigmentlar
kiritib, istalgan rangdagi buyum tayyorlanadi. Plitalar 500x750 mm,
qalinligi 35-70 mm. Uning o ‘rtacha zichligi 95-195 kg/m3,
X
= 0,06 W/
(m.°S), 24 soat ichidagi suv shimuvchanligi 0,3 foiz, ishchi harorati 70°S.
Ular
plitalar, qurilish konstruksiyalari, va
truboprovodlarning issiqlik
izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
M ipora
- karbamid-formaldegid polimeri tarkibiga ko‘pirtiruvchi
va qotiruvchi komponentlar kiritib olinadigan juda yengil material.
Uning o ‘rtacha zichligi 10-20 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanligi 0,026-
0,03 W /(m.°S), ishlatish harorati 110°S gacha. Gigroskopikligi va
mustahkamligining pastligi miporaning kamchiligi hisoblanadi.
Mipora
karkas konstruksiyalar, truboprovodlar va
sovitkichlarning issiqlik
izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
228
14.11-rasm. Mipora.
Karbamid smolasi, kukun toMdirgich,
qotiruvchi va gaz hosil
qiluvchi komponent aralashmasini sovuq holda ko‘pchitib, o‘ta yengil
yacheykali polimerbetonlar olinadi. Ularning o ‘rtacha zichligi 80-200 kg/
m3, siqilishdagi mustahkamligi 2 -8 MPa.
Fenolformaldegid penoplasti
ushbu polimer tarkibiga shisha tolasi yoki kauchuk hamda kauchuk va gaz
hosil qiluvchi alyuminiy kukuni kiritib tayyorlanadi. Tarkibiga kauchuk
qo‘shilgan fenol-formaldegid penoplastlaming ishchi harorati 200-250°S.
Dostları ilə paylaş: