Ularning g ‘ovakligi 90-98 foiz, o'rtacha zichligi juda kichik,
X
=0,026-0,0-58 W/(m.°C).
Bikr va yarim bikr yacheykali plastm assalar yetarli darajada
mustahkam, elas.tik va egiluvchan boMadi. Ular suvga,
kuchsiz kimyoviy
va biologik m ulytlarga chidamli. 100-150°S ko‘pchilik turlarining
yonuvchanligi va termik destruksiyasi kamchiligi hisoblanadi. Qalinligi
5-6 sm. ko‘pikplastlar 14-16 sm qalinlikdagi mineral paxta yoki
yacheykali betonlar singari issiqlik izolyatsiyasi ko‘rsatkichiga ega.
Yacheykali plastmassalar asosida tayyorlangan
uch qatlamli panellarning
1 m2 massasi 20-50 kg. kamayadi. Ko‘pikplast va poroplastlami qirqish,
kesish va beton, asbosement, metall, yog‘och, qog‘oz yuzalarga yelimlash
oson. Yacheykali plastmassalar plita, qobiq, yarim silindr shaklida devor,
tom qoplama, quvurlar va boshqa konstruksiyalaming issiqlik izolyatsiyasi
uchun ishlatiladi.
Penopoliuretanlar
— poliefir
polimerlari, diizotsianat, katalizator,
emulgator va suv aralashm asining kimyoviy reaksiyalari natijasida
ko‘pchitib hosil qilinadi. Poliuretan bikr va elastik holda tayyorlanadi.
Poliuretanning o ‘rtacha zichligi 50-60 kg/m3,
X =
0,02-0,04 W/(m.°C),
ishchi harorati -50°S dan + 110°S gacha, suv shimuvchanligi 2-5 foiz. Bikr
poliuretan kichik o‘rtacha zichlikka va yuqori mustahkamlikka ega boMib,
suv va
agressiv muhitlarga bardoshli, metall yuzalarga juda katta kuch
bilan yopishadigan samarali issiqlik izolyatsiyasi materialidir.
Bikr poliuretan plita uch qatlamli panellar, segmentlar,
qobiqlar
tayyorlashda, truboprovodlar uchun sovuq sharoitda ko‘pchiydigan
va qotadigan monolit issiqlik izolyatsiyasi qoplamalari hosil qilishda
ishlatiladi. Monolit qoplamalar tayyorlaganda yuzalarni gidroizolyatsiya
qilishga zarurat boMmaydi, chunki penopoliuretan
massasi juda katta
kuch bilan metall quvur tashqi qolipiga urungani sababli o‘ta zich qatlam
hosil boMadi. Penopoliuretan asosida ikki tomoni zanglamaydigan poMat
listlar bilan qoplangan, istalgan oMchamdagi panellar ishlab chiqariladi va
sanoat binolarida tom, devor issiqlik izolyatsiyasida ishlatiladi. U biologik
muhitlarga bardoshli boMgani uchun zamburugMar va mikroorganizmlar
ta’sir etishi ehtimoli boMgan joylarda ishlatiladi. Elastik panellar choklarini
germetizatsiyalash uchun ishlatiladi. Poliuretan
qurilishda ishlatilganda
yonuvchanligini hisobga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: